Abdimurotov Oybek Uralovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimi sharoitida geografik fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped993
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Rajabov Furkat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17
Rasmiy opponentlar: Amonov Xolmuhammad Normurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor, Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida kredit-modul tizimi sharoitida geografik fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilariga mustaqil ta’limni samarali tashkil etishning pedagogik zarurati kompetentli, integrativ, faoliyatga asoslangan va kompetensiyaviy yondashuv tamoyillariga motivatsion yo‘naltirilgan elementlar asosida assotsiativ tizimlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
mustaqil ta’limni tashkil etishning frontal, individual va guruhli shakllari hamda ularni rivojlantirish mexanizmlari pedagogik jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli va muammoli ta’lim texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan holda ratsional qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
geografik fanlarni o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi didaktik jarayonning amaliyotga yo‘naltirilgan, shaxsiylashtirilgan, hamkorlikka asoslangan tamoyillarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan loyiha ishlari va semestr topshiriqlarini pedagogik amaliyotga implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan.
mustaqil ta’lim olish jarayonida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish modeli mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, bosqichlari, usullari, vositalari va baholash mezonlarining o‘zaro tizimli integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
geografik fanlarni o‘qitishda talabalar mustaqil ta’limining sifati va samaradorligini baholashda motivatsion, kognitiv va faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlari shaxsning identivlik va psixologik muvozanatini rivojlantirish hamda uning ta’limiy faoliyatdagi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimi sharoitida geografik fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kompetentli, integrativ, faoliyatga asoslangan va kompetensiyaviy yondashuv tamoyillariga motivatsion yo‘naltirilgan elementlar asosida assotsiativ tizimlashtirish asosida aniqlashtirilgan kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilariga mustaqil ta’limni samarali tashkil etishning pedagogik zarurati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida aniqlashtirilgan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining fanga oid kompetensiyalarini hamda kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2020010829 sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-maydagi 04/11-5766-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni geografiya ta’limiga tatbiq etishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
pedagogik jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli va muammoli ta’lim texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan holda ratsional qo‘llash orqali takomillashtirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning frontal, individual va guruhli shakllari hamda ularni rivojlantirish mexanizmlari borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar “Geografiya o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan berilgan 747740-son nashr guvohnomasi). Natijada, geografiya ta’limining zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
didaktik jarayonning amaliyotga yo‘naltirilgan, shaxsiylashtirilgan, hamkorlikka asoslangan tamoyillarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan loyiha ishlari va semestr topshiriqlarini pedagogik amaliyotga implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan geografiyani o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar “Geografiya o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan berilgan 747740-son nashr guvohnomasi). Natijada, geografiya ta’limining zamonaviy pedagogik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, bosqichlari, usullari, vositalari va baholash mezonlarining o‘zaro tizimli integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan mustaqil ta’lim olish jarayonida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish modeli, kredit-modul tizimi sharoitida geografik fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasini loyihalash va qo‘llashning metodik tizimiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2020010829 sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-maydagi 04/11-5766-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etishning asosiy didaktik vositalari ilmiy modellashtirish usuli asosida boyishiga hamda geografiya ta’limining ommalashuvi va auditoriyasining kengayishiga xizmat qilgan.
shaxsning identivlik va psixologik muvozanatini rivojlantirish hamda uning ta’limiy faoliyatdagi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan geografiya fanini o‘qitishda talabalar mustaqil ta’limining sifati va samaradorligini baholashda motivatsion, kognitiv va faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlari hamda baholash usullariga oid taklif va tavsiyalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Agar” ko‘rsatuvining “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi O‘zbekiston ta’limida kerakmi?” mavzusida tayyorlangan soni ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 26-maydagi 15-20/351-son dalolatnomasi). Natijada, geografik fanlardan mustaqil ta’limni samarali baholash mezonlari va usullari bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.