Sharipov Bobur Salimovichning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Resiprokli qurilmalarning semantik va sintaktik derivatsiyasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil2704.
Ilmiy rahbar: Turniyazov Behzod Nigmatovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxro Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Hurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi birinchi marotaba oʻzbek tili materiallari asosida resiprokli gaplar, murakkab resiprokli qurilmalar, resiprokli matnlarning derivatsion xususiyatlarini, ularning hosila strukturalarini semantik va sintaktik jihatdan tahlil qilishdan iborat bo‘lib, resiproklik ma’nosiga ega bo‘lgan mikro- va makrosintaktik qurilmalarning derivatsion mexanizmlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tadqiqotda o‘zbek tilining agglyutinativ formasi e’tiborga olingan holda resiprokli qurilmalarning tipologiyasini aniqlash ko‘zda tutilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilmiy adabiyotlarda resiproklik haqida turli qarashlar mavjud, lekin ular keng qamrovli, tizimli yondashuvni ta’min etmaydi, shu sababli ushbu tadqiqotda resiproklik hodisasining umumiy nazariy asoslari chuqurroq o‘rganilgan; turli tilshunoslik maktablarining resiproklik haqidagi qarashlari qiyosiy tahlil qilingan; resiproklikni ifodalashning universal va tillarga xos jihatlari aniqlangan; o‘zbek tilida resiproklikni ifodalashning aniq xususiyatlari tizimlashtirilib, tilshunoslikda resiprokli derivatsiya hosilasi voqelanishining mohiyati yoritilgan, o‘zbek tilshunosligida “resiprokli derivatsiya” tushunchasi iste’molga kiritilgan va uning mohiyati ochib berilgan; o‘zbek tilida resiproklik hosil qilishning asosiy model va mexanizmlari ishlab chiqilgan; resiprok ma’noni ifodalovchi qo‘shimchalarning morfologik xususiyatlari o‘rganilgan va resiprokli derivatsion jarayonning o‘zbek tili qonuniyatlariga mosligi tekshirilgan;
resiprokli qurilmalar sintaktik derivatsiyasi xususidagi ilmiy nazariya o‘zbek tili materiallari asosida ilk bor yoritilgan; ushbu tadqiqotda ilk bor o‘zbek tilining real til materiallari asosida resiprokli qurilmalarning sintaktik derivatsiyasi nazariy jihatdan tahlil qilingan; bu yangilik quyidagi aspektlarda namoyon bo‘lgan: yangi nazariy model yaratilgan; o‘zbek tilida resiprok ma’noning sintaktik rejada voqelanishi mexanizmlari tizimlashtirilgan, jumladan, “bir-biriga” kabi so‘zlar va ularning turli fe’llar bilan birikishi orqali yangi resiprok ma’no hosilalari yuzaga chiqishi aniqlangan; sintaktik strukturalarning transformatsiyasi orqali resiprok ma’no beruvchi qurilmalarning boshqa sintaktik modelga aylanishi (masalan, oddiy gapdan resiprokal gapga o‘tishi) tahlil etib chiqilgan va ushbu jarayonning qoidalariga izoh berilgan; leksik-sintaktik interaksiyada resiprok ma’noning leksik va sintaktik vositalar bilan birgalikda ishtirok etgan holda ifodalanishi o‘rganilgan; derivatsiyaning resiprokli derivatsiya degan turining mavjudligi aniqlangan;
resiproklikning tilshunoslikda o‘zaro harakatlarni ifodalovchi muhim lingvistik hodisa sifatida o‘zbek va boshqa turkiy tillarda qadimdan mavjud bo‘lganligi hamda ichki til xususiyatlari asosida shakllanganligi aniqlangan; resiproklik tilning grammatik tuzilishi tarkibiga xos bo‘lib, uning affikslar, sintaktik qurilma va lug‘aviy birliklar orqali ifodalanishi isbotlangan; resiproklik hosilalarining quyidagi turlarga bo‘linishi aniqlangan: oddiy resiprok shakllar, murakkab sintaktik resiprok qurilmalar, tarkibiy resiprok hosilalar; resiproklikning harakat bajarilishida o‘zaro munosabatini ifodalovchi grammatik ma’no ifodalovchi vosita ekanligi dalillangan; resiproklikning turkiy tillar tarkibida asosiy lingvistik hodisalardan biri ekanligi hamda o‘zaro aloqani ifodalash uchun muhim vosita hisoblanishi isbotlangan; mazkur hodisaning ekstralingvistik va intralingvistik kommunikativ jarayonlarida muhim rol o‘ynashi faktik til materiallari misolida tahlil etilgan;
resiprok qurilmalarning o‘zbek tilida o‘z semantik va sintaktik tuzilishiga ega bo‘lgan murakkab grammatik shakllar ekanligi yoritilgan; ularning asosiy xususiyatlari til va nutqda o‘zaro munosabatlarni ifodalashga qaratilganligi izohlangan; resiprok qurilmalarning semantik tarkibi ikki yoki undan ortiq subektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifodalashi va bu tilning umumiy semantik tizimiga xos bo‘lib, resiprok ifodasida quyidagi xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan: o‘zaro ta’sir etish munosabati, subekt va predikat rolining o‘zaro almashuvchanligi, sintaktik o‘zgarishlar; til va nutqda resiprok qurilmalarning qo‘llanilishi davomida quyidagi formal-sintaktik o‘zgarishlar kuzatilgan: sintaktik qurilmalarning kengayishi, grammatik shakllarning almashinishi, tarkibiy operatorlarning qo‘llanilishi, ma’nolari va turlari; resiprok ma’no turlarining o‘zaro ta’sir va munosabatlarni ifodalashga xizmat qilishi aniqlangan; resiproklikning sintaktik va semantik xususiyatlari til va nutq tizimida o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular dixotomiyada bir-birini to‘ldirishi o‘z echimini topgan; gap va uning resiprokli derivatsiyasi, murakkab sintaktik qurilma va uning resiprokli derivatsiyasi, distantli va kontaktli resiproklik, sotsiativ va komitativ kabi tushunchalar resiprokning bir turi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Resiprokli qurilmalar semantik va sintaktik derivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ilmiy adabiyotlarda resiproklik haqida turli qarashlar mavjudligi, lekin ular keng qamrovli, tizimli yondashuvni ta’min etmaganligi, shu sababli ushbu tadqiqotda resiproklik hodisasining umumiy nazariy asoslari chuqurroq o‘rganilganligi, turli tilshunoslik maktablarining resiproklik haqidagi qarashlari qiyosiy tahlil qilinganligi, resiproklikni ifodalashning universal va tillarga xos jihatlari aniqlanganligi, o‘zbek tilida resiproklikni ifodalashning aniq xususiyatlari tizimlashtirilib, tilshunoslikda resiprokli derivatsiya hosilasi voqelanishining mohiyati yoritilganligi, o‘zbek tilshunosligida “resiprokli derivatsiya” tushunchasi iste’molga kiritilganligi va uning mohiyati ochib berilganligi, o‘zbek tilida resiproklik hosil qilishning asosiy model va mexanizmlari ishlab chiqilganligi, resiprok ma’noni ifodalovchi qo‘shimchalarning morfologik xususiyatlari o‘rganilganligi va resiprokli derivatsion jarayonning o‘zbek tili qonuniyatlariga mosligi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotlarda o‘quv materiali sifatida foydalanish uchun onlayn kurslar tarkibiga kiritilgan (Qarshi davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorining 2025-yil iyul oyining
18-sanasidagi 04/3314-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ushbu tadqiqot natijalari tahlil qilingan va xulosalar asosida onlayn o‘quv kurslarining mazmuni boyitilgan hamda amaliyotga joriy qilingan;
resiprokli qurilmalar sintaktik derivatsiyasi xususidagi ilmiy nazariya o‘zbek tili materiallari asosida ilk bor yoritilganligi, ushbu tadqiqotda ilk bor o‘zbek tilining real til materiallari asosida resiprokli qurilmalarning sintaktik derivatsiyasi nazariy jihatdan tahlil qilinganligi, bu yangilik yangi nazariy model yaratilganligi, o‘zbek tilida resiprok ma’noning sintaktik rejada voqelanishi mexanizmlari tizimlashtirilganligi, jumladan, “bir-biriga” kabi so‘zlar va ularning turli fe’llar bilan birikishi orqali yangi resiprok ma’no hosilalari yuzaga chiqishi aniqlanganligi, sintaktik strukturalarning transformatsiyasi orqali resiprok ma’no beruvchi qurilmalarning boshqa sintaktik modelga aylanishi (masalan, oddiy gapdan resiprokal gapga o‘tishi) tahlil etib chiqilganligi va ushbu jarayonning qoidalariga izoh berilganligi, leksik-sintaktik interaksiyada resiprok ma’noning leksik va sintaktik vositalar bilan birgalikda ishtirok etgan holda ifodalanishi o‘rganilganligi, derivatsiyaning resiprokli derivatsiya degan turining mavjudligi aniqlanganligi haqidagi xulosalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 22-apreldagi 226/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada folklor janridagi resiprokli qurilmalar tahlil etilib, loyihaning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
resiproklikning tilshunoslikda o‘zaro harakatlarni ifodalovchi muhim lingvistik hodisa sifatida o‘zbek va boshqa turkiy tillarda qadimdan mavjud bo‘lganligi hamda ichki til xususiyatlari asosida shakllanganligi aniqlanganligi, resiproklik tilning grammatik tuzilishi tarkibiga xos bo‘lib, uning affikslar, sintaktik qurilma va lug‘aviy birliklar orqali ifodalanishi isbotlanganligi, resiproklik hosilalarining oddiy resiprok shakllar, murakkab sintaktik resiprok qurilmalar, tarkibiy resiprok hosilalardan iborat ekanligi, resiproklikning harakat bajarilishida o‘zaro munosabatini ifodalovchi grammatik ma’no ifodalovchi vosita ekanligining dalillanganligi, resiproklikning turkiy tillar tarkibida asosiy lingvistik hodisalardan biri ekanligi hamda o‘zaro aloqani ifodalash uchun muhim vosita hisoblanishining isbotlanganligi, mazkur hodisaning ekstralingvistik va intralingvistik kommunikativ jarayonlarida muhim rol o‘ynashi faktik til materiallari misolida tahlil etilganligi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokanalining “Kun mavzusi” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil avgust oyining 5-sanasidagi 01-07/277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan;
resiprok qurilmalarning o‘zbek tilida o‘z semantik va sintaktik tuzilishiga ega bo‘lgan murakkab grammatik shakllar ekanligi, ularning asosiy xususiyatlari til va nutqda o‘zaro munosabatlarni ifodalashga qaratilganligi, resiprok qurilmalarning semantik tarkibi ikki yoki undan ortiq subektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifodalashi va bu tilning umumiy semantik tizimiga xos bo‘lib, resiprok ifodasida o‘zaro ta’sir etish munosabati, subekt va predikat rolining o‘zaro almashuvchanligi, sintaktik o‘zgarishlarga uchrashi, til va nutqda resiprok qurilmalarning qo‘llanilishi davomida sintaktik qurilmalarning kengayishi, grammatik shakllarning almashinishi, tarkibiy operatorlarning qo‘llanilishi, resiprok ma’no turlarining o‘zaro ta’sir va munosabatlarni ifodalashga xizmat qilishi, resiprok sintaktik va semantik xususiyatlarining til va nutq tizimida o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular dixotomiyada bir-birini to‘ldirishi o‘z echimini topganligi, gap va uning resiprokli derivatsiyasi, murakkab sintaktik qurilma va uning resiprokli derivatsiyasi, distantli va kontaktli resiproklik, sotsiativ va komitativ kabi tushunchalar resiprokning bir turi ekanligi haqidagi xulosalardan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2025-yil avgust oyining 5-sanasidagi 2310/02-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro ta’lim dasturi mukammallashgan.