Eshimova Sharofat Kenjaboevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koreys va o‘zbek tillarida metafora hodisasining lingvokognitiv tahlili” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3621
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Abbasova Dilfuza Karimbek qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koreys va o‘zbek tillarida metaforik hodisalarni o‘rganib tahlil qilib chiqish hamda ikkala tildagi materiallar asosida tavsiflab, ularning o‘ziga xos jihatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metafora hodisasi til muammosi sifatida talqin etilib, adabiyotdagi bezak turi sifatida emas, balki hamma joyda tarqalib tillarda bir-biriga bog‘langan fikrning konseptual tizimi sifatida qaralishidan kelib chiqib kognitiv va konseptual metaforalarning  bir-birini to‘ldiradigan va aslida bitta narsa ekanligi aniqlangan;
ikki so’zning ma’nosini bog‘laydigan metafora nafaqat tasviriy vosita, balki ikki tushunchaviy sohani birlashtiradigan ongning asosiy amaliyoti, voqe’likning o‘ziga xos konseptualizatsiyasi bo’lib, inson mushohadasi analogik imkoniyatlarining namoyon bo’lishi xususiyatlari ochib berilgan;
koreys va o‘zbek tillarida metaforalarning his-tuyg‘u, shakl, eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m hamda xulq-atvoriga ko‘ra turlaridan qaerda va qay holatda foydalanish kabi vazifalarni bajarishi dalillangan;
metaforalarning 3 ta asosiy turi oddiy metafora, sinesteziya, personifikatsiyaning jumlalarda va badiiy adabiyotda ishlatilishi tarjimada muqobillikdan (to‘liq yoki qisman) foydalanish va tavsiflash, tarjima qilishdagi eng samarali usullar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
metafora hodisasi til muammosi sifatida talqin etilib, so‘nggi yillarda olimlarning qiziqish mavzusiga aylanganligidan kelib chiqib kognitiv va konseptual metaforalarning bir-birini to‘ldiradigan va aslida bitta narsa ekanligi, koreys va o‘zbek tillaridagi metafora hodisasining o‘rganilish jarayonida o‘quvchi uchun matnning yoki badiiy adabiyotning o‘rganilayotgan tilda tushunarli bo‘lishi va tarjima qila olishi uchun qilingan tahlillar masalalari bo‘yicha olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025- yil 11-yanvardagi №68/02–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metaforalar tahliliga oid ko‘rsatilgan tavsiyalar koreys tili bo‘yicha “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Nazariy grammatika”, “Terminologiya tarjimasi” kabi fanlarning nazariy masalalarini boyitishga xizmat qilgan;
ikki so‘zning ma’nosini bog‘laydigan metafora tasviriy vosita emas, balki ikki tushunchaviy sohani birlashtiradigan va voqe’likni konseptuallashtirishda manba doiraning tuzilmasini shakllantirish imkonini beradigan ongning asosiy amaliyoti, voqe’likning o‘ziga xos konseptualizatsiyasi bo‘lib, inson mushohadasini analogik imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi xususiyatlari ochib berilgan o‘rinlardan 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7 - 690 - sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan  (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 25-martdagi 782/02-son ma’lumotnomasi). Natijada insonning borliqda va voqelikdagi kechinmalarini tilga ko‘chirishda metaforalardan foydalanishidagi roli va undan qo‘llanadigan asosiy vazifalari qaysi ob’ektlar doirasida amalga oshirilishi ochib berilgan;
koreys va o‘zbek tilidagi his-tuyg‘u, shakl, eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m hamda xulq-atvoriga ko‘ra metaforalarning xususiyatlari doirasidagi ilmiy tadqiqi bo‘yicha xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025- yil 28-martdagi №838/02–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida o‘zbek va koreys tillarida metaforik ma’noning vujudga kelish vositalaridan his-tuyg‘u, shakl, eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m va xulq-atvoriga ko‘ra tavsiflanishi bo‘yicha qaralishiga erishilgan. Bunday metaforalar boshqa madaniyatlarda paydo bo‘lishiga imkon beradigan narsa shundaki, birlamchi metaforalar tana his qilgan tajribaning universal korrelyasiyasi bilan yuzaga keladi. Aslida, inson zavqlanganda yoki baxtli bo‘lganda tana yuqoriga yo‘nalib faollashadi va aksincha g‘amga botgan yoki xafa bo‘lgan paytda pastga qarab ketib faollik sustlashadi, bular yoshlikdan his qilinadigan universal tajribalar bo‘lganligi sababli universal birlamchi metaforalar yuzaga keladi deb aytish mumkinligi asoslangan;
 metaforalarning 3 ta asosiy turi bo‘lmish oddiy metafora, sinesteziya,  personifikatsiyaning  shakl va mazmun  jihatdan bir-biriga o‘xshash hamda farqli jihatlari misollar bilan yoritilib,  metaforalarning  kundalik hayotda va badiiy  adabiyotlarda ifodalangan matnlar va jumlalarning alohida fazilatlari tahlilga tortilgan  o‘rinlaridan  Samarqand viloyat  teleradiokompaniyasi  tomonidan 2024-yil 
noyabr oyi davomida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-dekabrdagi №01-07/413-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarida ilgari surilgan muhim ilmiy-ijodiy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar teleradiokompaniyaning ko‘rsatuv va eshittirishlari mundarijasini boyitgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish