Jumaeva Yulduz Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni forsayt texnologiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7039.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini forsayt texnologiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy pedagogik yondashuvlar kontekstida forsayt texnologiyasining mazmun-mohiyati tarix ta’limi tizimida pedagogik jihatdan qayta interpretatsiya qilinib, u bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligida istiqbolni prognoz qilish mexanizmi, ta’lim jarayonini shart-sharoitlarga mos holda proaktiv loyihalash hamda o‘zgaruvchan professional muhitga reaktiv moslashuvchanlikni ta’minlovchi integrativ-tizimli metodologik yondashuv sifatida ochib berilgan;
forsayt texnologiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik modeli konseptual-metodologik yondashuv asosida takomillashtirilib, uning struktural-funksional tuzilmasi, komponentlararo integratsiyasi, o‘zaro funksional bog‘liqligi va pedagogik jarayonda bosqichma-bosqich rivojlanish mexanizmlari tizimlashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchisini forsayt texnologiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi zamonaviy ta’lim paradigmalari, prognostik-pedagogik yondashuv talablari, tarixiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish va istiqbolni modellashtirishga yo‘naltirilgan uslubiy vositalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining forsayt texnologiyasi asosida kasbiy rivojlanganlik darajalarini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizim “o‘tmish — bugun — kelajak” tamoyiliga asoslangan holda qayta tashkil etilib, rivojlanish dinamikasini hisobga oluvchi tahlil mexanizmlari bilan boyitildi hamda samaradorlikni kuchaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Forsayt texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tarix ta’limi tizimida pedagogik jihatdan qayta interpretatsiya qilinib, u bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligida istiqbolni prognoz qilish mexanizmi, ta’lim jarayonini shart-sharoitlarga mos holda proaktiv loyihalash hamda o‘zgaruvchan professional muhitga reaktiv moslashuvchanlikni ta’minlovchi integrativ-tizimli metodologik yondashuv sifatida ochib berilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar kontekstida forsayt texnologiyasining mazmun-mohiyatiga doir tavsiyalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar va biz”, “Virtual dunyo” nomli dasturlar senariylarini tayyorlashda (2026 yil yanvar va fevral oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026 yil 3 martdagi 05-09-356-son-son-son buyrug‘i bilan berilgan ma’lumotnomasi). Natijada, forsayt texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
konseptual-metodologik yondashuv asosida takomillashtirilib, uning struktural-funksional tuzilmasi, komponentlararo integratsiyasi, o‘zaro funksional bog‘liqligi va pedagogik jarayonda bosqichma-bosqich rivojlanish mexanizmlari tizimlashtirilgan forsayt texnologiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik modeliga doir xulosalari “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan, 724076-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada forsayt texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
zamonaviy ta’lim paradigmalari, prognostik-pedagogik yondashuv talablari, tarixiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish va istiqbolni modellashtirishga yo‘naltirilgan uslubiy vositalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak tarix o‘qituvchisini forsayt texnologiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasiga dor ilmiy taklif va xulosalardan tarix fani bo‘yicha elektron ta’lim resursini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-fevraldagi 02/01-01-50-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan elektron manba bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining forsayt texnologiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining forsayt texnologiyasi asosida kasbiy rivojlanganlik darajalarini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizim “o‘tmish — bugun — kelajak” tamoyiliga asoslangan holda qayta tashkil etilib, rivojlanish dinamikasini hisobga oluvchi tahlil mexanizmlari bilan boyitildi hamda samaradorlikni kuchaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalardan T.N.Qori – Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT 0-92997-sonli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (23-Fevral 2026-yil 85-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.