Elibaeva Lola Sulaymanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishning pedagogik  tizimi” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped.9053 
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.12.27.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar: Kurbonova Gulnoz Negmatovna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc); Aslonova Nozima Xakimovna, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan talablar o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim vositalarini o‘quv materiali mazmuniga moslashtirish, o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti, emotsional intellekti va mustaqil fikrlash salohiyatini uyg‘un rivojlantiruvchi milliy tarbiya usullari (nasihat, ibrat, urf-odatlar) va axloqiy sifatlarni rolli o‘yinlar ssenariylariga zamonaviy tendensiyalar asosida takomillashtirilgan;
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ularning real o‘quv imkoniyatlari mazmuni kognitiv (bilim), emotsional (his-tuyg‘u) va ijtimoiy (munosabat) qadriyatlarga ko‘ra integratsiyalangan mavzularni shaxsiy pozisiyani tarkib toptirish asosida interaktiv metodikalarga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirish tizimini takomillashtirish modeli psixodiagnostik metodikalar (Dembo-Rubinshteyn shkalasi, “Men kimman?” anketa-testlari, “O‘z-o‘zini baholash barometri”)ni “Men” konsepsiyalari bilan bog‘lab, darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar  mazmuniga axloqiy-ma’naviy mazmundagi tarbiyaviy mavzularni kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishda o‘zini-o‘zi baholash indikatorlar tizimini shakllantirish yondashuvi uslubiy jihatdan shaxsiy maqsad qo‘yish salohiyati rivojlanganligining inert (o‘zini baholash passiv, ko‘proq tashqi bahoga tayanadi), vaziyatli (jamoa fikri ta’siri kuchli, tashqi sharoitga moslashishda sezilarli tayanish), adekvat (shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri va real baholay olish) va refleksiv (o‘z xatti-harakatlari, qarorlari va natijalarini chuqur tahlil qila olish) darajalar kesimida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan talablar o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim vositalarini o‘quv materiali mazmuniga moslashtirish, o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti, emotsional intellekti va mustaqil fikrlash salohiyatini uyg‘un rivojlantiruvchi milliy tarbiya usullari (nasihat, ibrat, urf-odatlar) va axloqiy sifatlarini  rolli o‘yinlar ssenariylariga zamonaviy yondashuv elementlarini kiritishga oid taklif va tavsiyalaridan Buxoro davlat universitetining 2021-2022 yillarda bajarilgan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiya fanidan multimedia mahsulotlarini yaratish” nomli innovatsion loyihasining diagnostik materiallar qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 26-avgustdagi 01-04/4778-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishga doir pedagogik-psixologik faoliyat samaradorligini oshirishga va uning ilmiy-proektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirish) va amaliy (texnologik) jarayonlardagi o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ularning real o‘quv imkoniyatlari mazmuni kognitiv (bilim), emotsional (his-tuyg‘u) va ijtimoiy (munosabat) qadriyatlarga ko‘ra integratsiyalangan mavzularni shaxsiy pozisiyani tarkib toptirish asosida interaktiv metodikalarga tatbiq etisga oid taklif va tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘iga asosan berilgan 257-015 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari kengayishi va samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirish tizimini takomillashtirish modeli psixodiagnostik metodikalar (Dembo-Rubinshteyn shkalasi, “Men kimman?” anketa-testlari, “O‘z-o‘zini baholash barometri”)ni “Men” konsepsiyalari bilan bog‘lab, darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar  mazmuniga axloqiy-ma’naviy mazmundagi tarbiyaviy mavzularni kiritishga doir umumlashma va xulosalar “Obshhaya pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘iga asosan berilgan 55226-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda individual yondashuv asosida bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga faol jalb etilishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishda o‘zini-o‘zi baholash indikatorlar tizimini shakllantirish yondashuvi uslubiy jihatdan shaxsiy maqsad qo‘yish salohiyati rivojlanganligining inert (o‘zini baholash passiv, ko‘proq tashqi bahoga tayanadi), vaziyatli (jamoa fikri ta’siri kuchli, tashqi sharoitga moslashishda sezilarli tayanish), adekvat (shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri va real baholay olish) va refleksiv (o‘z xatti-harakatlari, qarorlari va natijalarini chuqur tahlil qila olish) darajalar kesimida takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-fevraldagi 0/11-6-149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar faolligini oshirishning indikatorlari asosida istiqbolli strategiyalarni belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish