Nasritdinova Madina Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9329.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD. 03/2025.27.12.Ped.32.01
Rasmiy opponentlar: Mirkarimova Mahliyo Madaminjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Malikova Sevara Samatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sifatida artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, kommunikativ-integrativ, refleksiv, emotsional-irodaviy komponentlari pedagogik-psixologik tadqiqotlani o‘rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihatining empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirishning obektiv (uzlyuksizlik, hamkirlik, innovatsion boshqaruv) va subektiv (ijodiy qobiliyat, o‘z-o‘zini ifoda etishga intilish, kognitiv pedagogik ijodga moyillik) omillari mazkur jarayon mantig‘ini tashkil etuvchi pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning produktivlik darajasini identifikatsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish tashkiliy-faoliyatli bloki Kreativ artpedagogik labaratoriya, Muammoli ta’lim, loyiha, ijodiy kvest, “Uch I”, Artpedagogik xarita, artmetodlar artpedagogik jarayonni intensiv loyihalashda ijodiy yondashuv darajasi validligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi ijodiy ta’limga (Creative Learning), loyihaviy ta’limga (Project-Based Learning (PBL)), tajriba orqali o‘qitishga (Experiential Learning), hamkorlikda ta’lim olishga (Collaborative Learning) asoslangan yondashuvlarning kompleks ta’siri validligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligining komponentlari (motivatsion, kognitiv, refleksiv, badiiy-ijodiy, aksiologik, faoliyatli, kommunikativ, innovatsion) tuzilmasi pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o‘rganish va tahlil qilish hamda individual yondashuvlar barqarorligini empirik tahlil qilish asosida takomillashtirilgan tavsiyalaridan Farg‘ona davlat universitetining “Establishment of American drama club at Fergana state university” S-UZ800-21-GR-3140 xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 29-oktyabrdagi 04/6326-sonli ma’lumotnomasi). Natijada artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish modelini baholovchi-natijaviy bo‘limi badiiy-ijodiy, faoliyatli, kognitiv mezonlarning yuqori - badiiy-ijodiy daraja, o‘rta - evristik daraja, quyi - adaptiv darajalarini hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik parametlari, pedagog faoliyatining tartiblangan algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan tavsiyalar “Artpedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-185-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligining rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezon, daraja va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan.
artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirishning klasterlik algoritmik bosqichlari, pedagog kompetensiyasining funksional aloqadorligini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan takliflar “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Pirovardida artpedagogik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirish hamda mashg‘ulotlarda faolligini oshirish tizimi samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari pedagog faoliyatiga doir komponentlarning gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyiliga ko‘ra takomillashtirilgan “EMI” (English as a Medium of Instruction) nomli xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 11-noyabrdagi 04/6560- sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Kreativ pedagogika va Muzey pedagogikasi fanlari asosida badiiy-ijodiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimi takomillashtirilgan.