Ziyatova Go‘zal Zarifbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Inslunrezistentlikni laborator monitoringidagi organizm himoya tizimlarining biokimyoviy markerlarining roli», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1077.
Ilmiy rahbar: Xadjimetov Abdug‘afor Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qaxxor Mirzaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Dalimova Surayyo Nigmanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlik mavjud bemorlarda organizmning insulinga chidamlilik asosida insulinrezistentlik sharoitida biokimyoviy markerlarning ahamiyatini baholash hamda ushbu holatni laborator monitoringini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizlik bilan insulinrezistentligi bo‘lgan bemorlar guruhlarida insulinrezistentlik diagnostikasi, erkin yog‘ kislotalari, trigliseridlar, adipokinlar, yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar (IL-18 va TNFα), atsilkarnitin ishlab chiqarilishi so‘lak va qondagi gormonal nomutanosiblik bilan bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
insulinrezistentlik mavjud bemorlarning qon zardobidagi IL-18 va TNFα miqdorining o‘zgarishi ushbu patologiyaning rivojlanishida rezistentligi asosidagi surunkali yallig‘lanish jarayonining sezgir belgisi ekanligi isbotlangan; 
semizlik bilan bog‘liq insulinrezistentlikda qon plazma trigliseridlarning yuqori darajasi jigarda (glyukoza ishlab chiqarishni bloklash), skelet mushaklarida (glyukoza o‘zlashtirilishini rag‘batlantirish) va yog‘ to‘qimasida (lipolizni bostirish) insulin ta’sirining buzilishi bilan bevosita bog‘liqligi ilmiy asoslanib, qon oqimiga erkin yog‘ kislotasining chiqarilishi ko‘payishi, yog‘ kislotalari bilan zo‘riqishining oshishi, yog‘ kislotalarining eterifikatsiyasi va trigliseridlarning to‘planishi adipotsitlar sekresiya va yallig‘lanishning, shuningdek, jigarda steatoz kelib chiqishining asosiy sabablari ekanligi isbotlangan;
diabet bo‘lmagan va semizlik mavjud odamlarda AYoJK jigar, skelet mushaklari va yog‘ to‘qimalarida insulin rezistentlik bilan namoyon bo‘ladigan  poliorganli kasalliklar qon plazmasidagi erkin yog‘ kislotasi va trigliserid tarkibiga turli organlarning insulinga sezuvchanligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asoslanib, insulinga sezuvchanlik belgisi sifatida ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rni isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inslunrezistentlikni laborator monitoringidagi organizm himoya tizimlarining biokimyoviy markerlarining roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
binichi ilmiy yangilik: semizlik bilan insulinrezistentligi bo‘lgan bemorlar guruhlarida insulinrezistentlik diagnostikasi, erkin yog‘ kislotalari, trigliseridlar, adipokinlar, yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar (IL-18 va TNFα), atsilkarnitin ishlab chiqarilishi so‘lak va qondagi gormonal nomutanosiblik bilan bog‘liqligi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda 01-r/7-son bilan tasdiqlangan “Insulinrezistentlikni rivojlanishida yog‘lar almashinuvi va yog‘ to‘qimalarining darajasini baholash” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.09.2024 yildagi 430-son hamda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: turli xil metabolik kasalliklarni aniqlaydigan va kasallikning dastlabki bosqichlarida maqsadli to‘g‘ri davolanishni amalga oshiradigan, shuningdek kasallikning va asoratlar rivojlanishining oldini oladigan zamonaviy ishlab chiqilgan diagnostika yondashuvlarini joriy etish, bu metabolik sindrom rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga diagnostik yondashuvni optimallashtirish va individuallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik: og‘iz suyuqligi va qon zardobidagi biokimyoviy markerlarni laborator baholash orqali insulinrezistentlik bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida 7,8 million so‘m iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: insulinrezistentlik mavjud bemorlarning qon zardobidagi IL-18 va TNFα miqdorining o‘zgarishi ushbu patologiyaning rivojlanishida rezistentligi asosidagi surunkali yallig‘lanish jarayonining sezgir belgisi ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda 01-r/7-son bilan tasdiqlangan “Insulinrezistentlikni rivojlanishida yog‘lar almashinuvi va yog‘ to‘qimalarining darajasini baholash” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.09.2024 yildagi 430-son hamda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: turli xil metabolik kasalliklarni aniqlaydigan va kasallikning dastlabki bosqichlarida maqsadli to‘g‘ri davolanishni amalga oshiradigan, shuningdek kasallikning va asoratlar rivojlanishining oldini oladigan zamonaviy ishlab chiqilgan diagnostika yondashuvlarini joriy etish, bu metabolik sindrom rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga diagnostik yondashuvni optimallashtirish va individuallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik: og‘iz suyuqligi va qon zardobidagi biokimyoviy markerlarni laborator baholash orqali insulinrezistentlik bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida 7,8 million so‘m iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: diabet bo‘lmagan va semizlik mavjud odamlarda AYoJK jigar, skelet mushaklari va yog‘ to‘qimalarida insulin rezistentlik bilan namoyon bo‘ladigan  poliorganli kasalliklar qon plazmasidagi erkin yog‘ kislotasi va trigliserid tarkibiga turli organlarning insulinga sezuvchanligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asoslanib, insulinga sezuvchanlik belgisi sifatida ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda 01-r/7-son bilan tasdiqlangan “Insulinrezistentlikni rivojlanishida yog‘lar almashinuvi va yog‘ to‘qimalarining darajasini baholash” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.09.2024 yildagi 430-son hamda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: turli xil metabolik kasalliklarni aniqlaydigan va kasallikning dastlabki bosqichlarida maqsadli to‘g‘ri davolanishni amalga oshiradigan, shuningdek kasallikning va asoratlar rivojlanishining oldini oladigan zamonaviy ishlab chiqilgan diagnostika yondashuvlarini joriy etish, bu metabolik sindrom rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga diagnostik yondashuvni optimallashtirish va individuallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik: og‘iz suyuqligi va qon zardobidagi biokimyoviy markerlarni laborator baholash orqali insulinrezistentlik bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida 7,8 million so‘m iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabet bo‘lmagan va semizlik mavjud odamlarda AYoJK jigar, skelet mushaklari va yog‘ to‘qimalarida insulin rezistentlik bilan namoyon bo‘ladigan  poliorganli kasalliklar qon plazmasidagi erkin yog‘ kislotasi va trigliserid tarkibiga turli organlarning insulinga sezuvchanligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asoslanib, insulinga sezuvchanlik belgisi sifatida ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda 01-r/7-son bilan tasdiqlangan “Insulinrezistentlikni rivojlanishida yog‘lar almashinuvi va yog‘ to‘qimalarining darajasini baholash” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 12.09.2024 yildagi 430-son hamda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: turli xil metabolik kasalliklarni aniqlaydigan va kasallikning dastlabki bosqichlarida maqsadli to‘g‘ri davolanishni amalga oshiradigan, shuningdek kasallikning va asoratlar rivojlanishining oldini oladigan zamonaviy ishlab chiqilgan diagnostika yondashuvlarini joriy etish, bu metabolik sindrom rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga diagnostik yondashuvni optimallashtirish va individuallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik: og‘iz suyuqligi va qon zardobidagi biokimyoviy markerlarni laborator baholash orqali insulinrezistentlik bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida 7,8 million so‘m iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish