Xo‘janiyazova Barno Xushnudovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro tuproq-iqlim sharoitiga mos kartoshka navlarini in vitro va in vivo sharoitida baholash», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B998.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.V.08.09.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Nigora Aktamovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Toxirov Baxtiyor Baxshilloevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqot maqsadi. Buxoro tuproq-iqlim sharoitiga mos, stress sharoitlarga bardoshli kartoshka navlarini in vitro va in vivo sharoitida baholashning agrobiotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitida kartoshka navlari va seleksiya genotiplarining in vitro regeneratsiya xususiyati, abiotik stresslarga chidamlilik va fiziologik-biokimyoviy javob reaksiyalariga ko‘ra moslashuvchanligi isbotlangan;
ilk bor ISSR markerlar yordamida in vitro sharoitda o‘stirilgan kartoshka namunalarining genetik barqarorligi va polimorfizm darajasi baholangan hamda Buxoro viloyati sharoitida seleksiya uchun eng istiqbolli genotiplar (C-46, C-73, C-55, C-17) aniqlangan;
stress (sho‘rlanish, qurg‘oqchilik va issiqlik) omillar ta’sirida kartoshka navlarining RWC, MSI, xlorofill miqdori va antioksidant fermentlar (SOD, CAT, POD) faolligi bo‘yicha javob reaksiyalari ilk marotaba Innovator, Sante navlari va C-46 va C-73 liniyalarida asoslangan;
Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitida biotik hamda abiotik stresslarga chidamli kartoshkaning Sante, Innovator navlari va C-46 liniyasining In vivo sharoitida yuqori hosildorligi (36,5–37,8 t/ga) hamda sifat ko‘rsatkichlarini (kraxmal 16,8–18,2%) namoyon etishiga ko‘ra istiqbolliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro tuproq-iqlim sharoitiga mos kartoshkaning o‘sish va rivojlanishini o‘rganish, fizologik-biokimyoviy hamda tugunagining sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Buxuro viloyati tuproq-iqlim sharoitida C-46, C-73, C-55 va C-17 biotexnologik kartoshka genotiplari ertangi ekish muddatlari viloyatning G‘ijduvon tumanidagi “Kamronbek Muhammadali” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar maydonda, “Odilbek Oybek” fermer xo‘jaligida 4 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-02-694-son ma’lumotnomasi). Natijada, bahorgi muddatda etishtirilganda C-17 biotexnologik kartoshka genotipidan gektar birligida o‘rtacha 40-45 t/ga, C-46, C-73 va C-55 genotiplaridan 35-40 t/ga hosil olish imkonini bergan;
kartoshkaning C-46, C-73, C-55 va C-17 biotexnologik genotiplari in vitro va in vivo sharoitda biologik xususiyatlari asosida Buxoro tuproq iqlim sharoitiga mos bo‘lgan mikrokloal ko‘paytirilgan namunalarining patogensiz ko‘chatlari hamda tuganaklari Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-02-694-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshkaning C-46, C-73, C-55 va C-17 biotexnologik genotiplari Buxoro tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lib, ertangi ekish muddatlarida yuqori hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish