Xomidova Tursunoy Ergashboy qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farg‘ona viloyati ayollarida sut bezi saraton oldi holatlarining fiziologik xususiyatlari”, 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1199.
Ilmiy rahbar: Isroiljonov Saminjon, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD 03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Shokirjon Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori professor; Najimov Akmaljon Usmonjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati hududida yashovchi ayollarda sut bezining saraton oldi holatlari shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq gormonal, gematologik  hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini kompleks baholash, shuningdek, CA15-3 va CEA onkomarkerlarining diagnostik va prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyati hududidagi sut bezi saraton oldi holatlarida fertil va menopauza yoshidagi ayollarda gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning kompleks o‘zgarishlari aniqlanib, leykotsitoz hamda eritrotsit va gemoglobin miqdorining kamayishi ushbu patologiyaning erta diagnostik mezonlari sifatida ilmiy asoslangan;
sut bezi saraton oldi holatlaridagi fertil va menopauza yoshidagi ayollarda estrogen, prolaktin va follikula stimullovchi gormon miqdori ortganligi ammo, proGESteron miqdori esa kamayganligi aniqlangan;
CA15-3 onkomarker miqdori fertil va menopauza yoshdagi bemor ayollarda mos ravishda 1.6 va 1.9 marta hamda CEA darajasi esa 1.4 va 1.5 marta ortganligi aniqlangan;
fertil va menopauza yoshidagi ayollarda sut bezining epitelial va mezenximal to‘qimalari strukturaviy o‘zgarganligi hamda immunogistokimyoviy tekshiruv markerlaridagi dinamik siljishlarning saraton rivojlanishiga ta’siri asoslangan;
Farg‘ona viloyati hududidagi ayollarida sut bezi saraton oldi holatlaridagi asosiy xavf omillari so‘rovnoma asosida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Sut bezining saraton oldi holatlarining fiziologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sut bezining saratonoldi holatlarida periferik qondagi gematologik, biokimyoviy va gormonal ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini baholash hamda immunogistokimyoviy tekshiruv usullaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali patomorfologiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 30 noyabrdagi 02-28/29063-son ma’lumotnomasi). Natijada, sut bezining saratonoldi holatlaridagi ayollarning sog‘liq holatini baholash, kasallikning erta bosqichlarini monitoring qilish hamda sut bezi saratoni rivojlanish xavfini aniqlash imkonini bergan;
sut bezining saratonoldi holatlarida gormonal tekshiruvlar va o‘simta mikromuhiti xususiyatlarini tahlil qilish asosida olingan patomorfologik hamda immunogistokimyoviy natijalar Xorazm viloyati Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 30 noyabrdagi 02-28/29063-son ma’lumotnomasi). Natijada, sut bezining saratonoldi jarayonlarini tashxislashni takomillashtirish, onkologik xavfni baholash hamda kasallikning yoshga bog‘liq dinamikasini ilmiy asosda monitoring qilish imkonini bergan;
sut bezi saraton oldi holatlarining fiziologik xususiyatalari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Long island University va Vet Vittles LLC kompaniyasining hamkorlikdagi maqsadli “Saraton oldi holatlarida qon tarkibidagi hamda to‘qimalardagi o‘zgarishlarni aniqlash” mavzusidagi ilmiy loyihasida saraton hujayralarining rivojlanishini oldini olishda foydalanilgan (AQSh Vet Vittles LLC komaniyasining 2025 yil 19 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, qondagi va to‘qimalardagi saraton hujayralari hosil bo‘lishini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish