Umirqo‘lova Feruza Abdusamat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi radionuklidlarni magnetitli sorbentlar yordamida tozalash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6324.
Ilmiy rahbar: Babamuratov Bekzod Ergashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor; Shukurov Dilmurod Xursandovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: magnetit, sepiolit va epixlorgidrin asosida magnetitli sorbent sintez qilish hamda uning yordamida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi radionuklidlarni tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xil o‘simlik moylarining tabiiy radionuklidlar bilan zararlanganlik darajasi aniqlanib, ularning tarkibidagi kaliy-40 miqdori 35–50 %, stronsiy-90 miqdori 20–30 % va seziy-137 miqdori 15–35 % diapazonda ekani MKGB-01 radiometr-spektrometri yordamida aniqlangan;
magnetit, sepiolit va epixlxlorogidrin asosida MS-24-6 rusumli magnetitli sorbentning sintezi 120 °C haroratda zol–gel usulida amalga oshirilganda, jarayonning 78 % reaksiya unumiga ega ekani isbotlangan;
magnetit, sepiolit va epixlorgidrin asosida sintez qilingan MS-24-6 rusumli magnetitli sorbentning fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi IQ, TGA, DTA, SEM hamda rentgen-faza tahlillari kabi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
birinchi marta o‘simlik moyi tarkibidagi K-40, Sr-90 va Cs-137 radionuklidlarini MS-24-6 markali magnetitli sorbent yordamida tozalangan va 82 % gacha samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan;
o‘simlik moyi tarkibidagi radionuklidlarni MS-24-6 markali magnetitli sorbent yordamida tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magnetitli sorbentlar asosida oziq-ovqat mahsulotlaridagi radionuklidlarni tozalash texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oziq-ovqat mahsulotlarini radionuklidlardan tozalash texnologiyasi “O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi”ga qarashli “Denov chorvachilik omuxta-em” MChJ va “Surxonoziqovqatsanoati” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 17 martdagi KC-3/111-son ma’lumotnomasi). Natijada, magnetitli sorbentning o‘simlik moyi tarkibidagi radionuklidlarni samarali ravishda sorbsiyalash va ularni ajratib olish imkonini bergan;
sintez qilingan magnetitli sorbent paxta chigitidan olingan o‘simlik moyini kaliy-40, stronsiy-90 va seziy-137 radionuklidlaridan tozalash texnologiyasi “O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi” ga qarashli “Denov chorvachilik omuxta-em” MChJ va “Surxonoziqovqatsanoati” AJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 17 martdagi KC-3/111-son ma’lumotnomasi).  Natijada, korxonada o‘simlik moyidagi kaliy-40, stronsiy-90 va seziy-137 radionuklidlari 82% samaradorlik bilan tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish