Boltabaeva Ozodaxon Yuldashalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr boshlarida Namanganda adabiy harakatchilik: namoyandalari, an’analari, yangilanishi”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil256.

Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar:Quranov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi  tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari, xususan, Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy, Suhayliy adabiy merosiga oid manbalarni o‘rganish, ularning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rnini belgilash, ijodidagi an’ana va yangilanish tamoyillarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy va Suhayliy ijodiy faoliyati misolida XX asr boshlarida Namanganda adabiy harakatchilik yuzaga kelishining adabiy-estetik omillari aniqlangan, shoirlarning badiiy ijodi va axloqiy qarashlaridagi uyg‘unlik fidoyilik, millatparvarlik, kurashchanlik xususiyatlarida namoyon bo‘lgani isbotlangan;     

ishqiy-irfoniy, axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi asarlarda ma’rifiy mazmun va badiiy shakl uyg‘unligi, aruz vazni, mumtoz qofiya hamda badiiy san’atlar qo‘llanishida individual uslubning namoyon bo‘lishi darajasi asoslangan;

shoirlar ijodida mumtoz adabiy an’analar tadriji, poetik shakl va poetik mazmundagi yangilanish tamoyillari aniqlangan;

Hayrat, Xilvatiy, Dog‘iy va Suhayliy asarlarining ishqiy, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy, hajviy xarakterdagi mavzu ko‘lami hamda janr xususiyatlari aniqlanib, poetik mahorat sirlari ochib berilgan;

fiqh ilmiga doir “Charog‘i maktab” (Xilvatiy), “Fiqhi Kaydoniy nazmi” (Ibrat) hamda qasida, sayohatnoma va mavludnoma janrlari takomilida muhim o‘rin tutgan “Qasidai ilm”, “Sayrul jibol”, “Mavludi sharif” (Xilvatiy) kabi asarlarning adabiy-ma’rifiy qimmati ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari, an’analari, yangilanishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:

Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy, Suhayliy kabi shoirlar faoliyati, adabiy merosining yaxlit holatda o‘rganilishi negizida mazkur ijodkorlar adabiy-estetik qarashlariga doir materiallardan O‘zbekiston Milliy universitetidagi F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” (2012–2016) fundamental loyihasida XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi manbalarini belgilashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 89-03-773-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan fundamental loyiha Namangan adabiy harakatchiligiga doir ushbu tadqiqotdan olingan lirik janrlar tabiati, XX asr avvali o‘zbek she’riyatining an’ana va yangilanish tamoyillari haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;

qo‘lyozma va toshbosma manbalarni o‘rganish natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida tashkil etilgan “O‘zbek  adabiyoti tarixi”, “Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti”, “O‘zbek va dunyo adabiyotida umumbashariy mavzular” nomli ekspozisiya taqdimotida foydalanilgan. Shuningdek, Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy va Suhayliy kabi shoirlar hayoti va adabiy merosiga oid muhim ma’lumotlar hamda tadqiqotchi tomonidan hammualliflikda nashr etilgan Xilvatiyning “Sayrul jibol”, “Charog‘i maktab” singari adabiy-badiiy nashrlari va “Sayrul jibol” (“Tog‘ sayri”) asarining toshbosma nusxasidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining o‘zbek adabiyoti tarixiga doir elektron katalogini tayyorlashda istifoda etilgan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 8 maydagi 3/1255-1385-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy materiallarning XX asr boshlari adabiy harakatchiligi qo‘lyozma va toshbosma manbalariga doir ilmiy asosi ta’minlangan;

shoirlar biografiyasi va adabiy merosiga oid  yangi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Namangan viloyati bo‘limi “Namangan tongi” badiiy-musiqali ko‘rsatuvida, shuningdek, Namangan viloyati teleradiokompaniyasi “Oltin zamin” radiosi orqali efirga uzatilayotgan “Nigoh” radiojurnali ssenariylarida foydalanilgan (Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 18 oktyabrdagi 08-02-832-son ma’lumotnomasi). Natijada Nodim, Hayrat va Xilvatiy ijodining o‘ziga xos qirralariga doir yangiliklar keng jamoatchilikka taqdim etilgan. Dog‘iy, Suhayliy kabi Namangan adiblari ijodidan keltirilgan namunalar radiojurnal fondidagi ma’lumotlarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish