Jalilov Sherali Nekboevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mochevino-formal`degid smolasini modifikatsiyalash asosida issiqlikka chidamli yuqori mustahkamlikka ega elimlovchi-bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratish”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/T1023.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: “Yog‘och-plastik kompozision plita materiallari tayyorlash uchun elim olish usuli” (№IAP 8319), “Yog‘och materiallarini ishlab chiqarish uchun karbamid-formal`degid qatroni va polivinilxlorid asosidagi yopishtiruvchi kompozisiya” (№IAP 8320), “Yog‘och-plastik kompozision plita materiallari tayyorlash uchun elim olish usuli” (№ IAP 8380), “Yog‘och materiallarini ishlab chiqarish uchun karbamid-formal`degid qatroni va epixlorgidrin bilan gossipol asosidagi elimlovchi tarkib” (№ IAP 8381).
II. Tadqiqotning maqsadi: polifunsional ta’sirga ega organik modifikatorlar asosida mochevina-formal`degid smolasini modifikatsiyalash, yuqori samarali elimlovchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish va shu elimlovchilar asosida adgeziyasi yuqori, mustahkam ekspluatatsion muddati uzaytirilgan, mexanik ta’sirlarga barqaror yog‘och-plastik kompozision plita materiallarini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mochevina-formal`degid smolasini Na2CO3, epixlorgidrin, polivinilxlorid (PVX), gossipol smolasi va melamin bilan modifikatsiyalab olingan elimlovchi bog‘lovchilarning kimyoviy tuzulishi va xossalari aniqlangan;
modifikatsiyalangan elimlovchi bog‘lovchi polimer kompozisiyalarning termik barqarorligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan modifikatsiyalangan mochevina-formal`degid smolasi asosida qurilish konstruksiyalari va ularning qismlari uchun yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan ikki komponentli elimlovchi bog‘lovchi polimer kompozisiyasi tarkiblari ishlab chiqilgan;
mochevina-formal`degid smolasini modifikatsiyalovchi organik reagentlar bilan olingan kompozisiyaning jelatinlanish vaqti 120-130 sekunddan 70-80 sekundgacha sezilarli darajada kamayib, tarkibidagi xlor ionlarining miqdori 0,8% dan 13,6% gacha ortishi va qotish vaqti esa 2,5-3,5 daqiqadan 1-1,5 daqiqagacha kamayganligi aniqlangan;
epixlorgidrin, melamin, gossipol va polivinilxlorid asosida mochevino-formaldegid smolasini modifikatsiyalab olingan kompozisiyaning qotish jarayonini o‘rganish orqali modifikatorlarning maqbul nisbati va ularni modifikatsiyalash sharoitlari aniqlangan; 
kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlaydigan, modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchilar asosida kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni presslashning maqbul texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan polimer elimlovchi bog‘lovchilar va sellyuloza yog‘och tolali to‘ldiruvchilar asosida mustahkam, issiqlikka bardoshli, xizmat qilish vaqtining uzayganligi bilan farq qiluvchi kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mochevino-formal`degid smolasini modifikatsiyalash asosida issiqlikka chidamli yuqori mustahkamlikka ega elimlovchi-bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida mochevina-formal`degid smolasi asosida polifunsional xususiyatga ega bo‘lgan polivinilxlorid, melamin, gossipol, epixlorgidrin va suvni o‘z ichiga olgan, elimlash qobiliyati yuqori bo‘lgan polimer kompozisiyali modifikatsiyalangan elimlovchilar olish texnologiyasi “Navoiyazot” AJ da amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJ ning 2026-yil 6-apreldagi 02-1917-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kompozisiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali yuqori sifatli, suvga, issiqlikka, ichki va tashqi bosimga chidamli, ekologik xavfsiz elimlovchi-bog‘lovchilarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
mochevina-formal`degid smolasini turli modifikatorlar bilan modifikatsiyalangan elimlovchi bog‘lovchi kompozisiyalarini olish texnologiyasi “Navoiyazot” AJ da amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJ ning 2026-yil 6-apreldagi 02-1917-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori elimlash xossalariga ega, qotish vaqtini 31-37% ga kamayganligi, dastlabki elimlovchi kompozisiyalardan elimlash xossasi 2,5 barobar yuqori bo‘lgan mochevina-formal`degid smolali polimer kompozisiyalarni olish imkonini bergan;
ekspluatatsion va texnik xususiyatlari yaxshilangan elimlovchi bog‘lovchilar asosida kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini olish uchun elimlovchi bog‘lovchilarni ishlab chiqarish texnologiyasi “Navoiyazot” AJ da amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJ ning 2026-yil 6-apreldagi 02-1917-sonli ma’lumotnomasi).. Natijada an’anaviy usulda olingan yog‘och plita materiallariga qaraganda 1,8-2,0 barobar samaraliroq bo‘lgan yangi kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni olish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish