Nurov Sarboz Azim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti suvlari iste’moli natijasida buyrakda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlar va biofaol qo‘shimchalar ta’sirini o‘rganish (Buxoro viloyati)” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4014.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: er osti suvlari iste’moli natijasida buyrakda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni va biofaol qo‘shimchalar ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor tajriba hayvonlarida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarning buyraklarga ta’siri bo‘yicha surunkali peroral suv yuklamasi eksperimental modeli ishlab chiqilgan;
yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarining salbiy ta’siri natijasida kelib chiqadigan buyrak to‘qimalarida distrofik, degenerativ va vaskulyar kabi morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishi isbotlangan;
birinchi bor korreksiya maqsadida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari bilan limon kislota va qushqo‘nmas o‘simligi doni qabul qilgan oq zotsiz kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlari korreksiya qilinmagan oq zotsiz kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlariga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgarganligi aniqlangan;
ilk bor “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish sihatgoxidan olingan suvni iste’mol qilgan kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlari markazlashtirilgan ichimlik suvini iste’mol qilgan kalamushlar buyraginin morfologik ko‘rsatkichlariga yaqinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Er osti suvlari iste’moli natijasida buyrakda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash biofaol qo‘shimchalar ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajriba hayvonlarida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarning buyraklarga ta’siri bo‘yicha surunkali peroral suv yuklamasi eksperimental modeli ishlab chiqilganligi Buxoro viloyat Jondor tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 27.05.2024- yil №1994-2-45-TB/2024-son) hamda Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 24.05.2024- yil 2919-2-41-TB/2024-son) amaliyotga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25- sentiyabrdagi 06/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvi iste’molida kasallanishning buyrakdagi patologik holat aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan buyrak tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: tajriba hayvonlarida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvining buyrakka ta’sirini o‘rganish uchun surunkali peroral suv yuklamasiga asoslangan eksperimental model` ilk bor ishlab chiqildi. Mazkur model` nefronning glomerulyar va tubulyar qismlaridagi morfologik o‘zgarishlarni tabiiy iste’mol sharoitiga yaqin holda ishonchli baholash imkonini berdi hamda yuqori minerallashgan ichimlik suvlarining morfologik ta’sirini aniqlash uchun ilmiy-metodik asos yaratdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarining salbiy ta’siri natijasida kelib chiqadigan buyrak to‘qimalarida distrofik, degenerativ va vaskulyar kabi morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishi isbotlanganligi Buxoro viloyat Jondor tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 27.0.5.2024 yil №1994-2-45-TB/2024-son) hamda Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 24.05.2024 yil 2919-2-41-TB/2024-son) amaliyotga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentabrdagi 06/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvi iste’molida kasallanishning buyrakdagi patologik holat aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarni tashhislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan buyrak tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarining uzoq muddatli ta’siri natijasida buyrak to‘qimasida distrofik, degenerativ va vaskulyar xarakterdagi morfologik o‘zgarishlar rivojlanishi eksperimental jihatdan isbotlandi. Ushbu o‘zgarishlar nefron tuzilmalarining struktur buzilishi bilan namoyon bo‘lib, yuqori minerallashgan suvlarning nefrotoksik ta’sirini morfologik mezonlar asosida baholash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: birinchi bor korreksiya maqsadida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari bilan limon kislota va qushqo‘nmas o‘simligi doni qabul qilgan oq zotsiz kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlari korreksiya qilinmagan oq zotsiz kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlariga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgarganligi aniqlanganligi Buxoro viloyat Jondor tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 27.0.5.2024 yil №1994-2-45-TB/2024-son) hamda Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 24.05.2024 yil 2919-2-41-TB/2024-son) amaliyotga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 25-sentabrdagi 06/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvi iste’molida kasallanishning buyrakdagi patologik holat aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarni tashhislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan buyrak tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvi ta’sirida limon kislotasi va qushqo‘nmas o‘simligi doni bilan o‘tkazilgan korreksiya natijasida oq zotsiz kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlari korreksiya qilinmagan guruhga nisbatan ishonchli ravishda ijobiy tomonga yaxshilangani aniqlandi. Bu holat qo‘llanilgan biokorreksiya usulining nefroprotektor samaradorligini morfologik mezonlar asosida tasdiqladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish sihatgoxidan olingan suvni iste’mol qilgan kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlari markazlashtirilgan ichimlik suvini iste’mol qilgan kalamushlar buyraginin morfologik ko‘rsatkichlariga yaqinligi isbotlanganligi Buxoro viloyat Jondor tibbiyot birlashmasida (buyruq 27.0.5.2024 yil №1994-2-45-TB/2024-son) hamda Buxoro viloyat Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida (buyruq 24.05.2024 yil 2919-2-41-TB/2024-son) amaliyotga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentabrdagi 06/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvi iste’molida kasallanishning buyrakdagi patologik holat aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan buyrak tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish sihatgohidan olingan er osti suvini iste’mol qilgan kalamushlar buyragining morfologik ko‘rsatkichlari markazlashtirilgan ichimlik suvi qabul qilgan guruh ko‘rsatkichlariga yaqin ekani aniqlanib, mazkur suvning nefrotoksik ta’siri kuzatilmasligi morfologik mezonlar asosida isbotlandi.