Kendjaeva Kamila Shamuxtarovnanig
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik polineyropatiya bilan og‘rigan bemolarda vitamin V12 etishmovchiliging klinik ahamiyati», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3490.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori,professor; Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet 2 tur bilan og‘rigan bemorlarda vitamin B12 etishmovchiligining klinik ahamiyatini, uning diabetik polineyropatiyaning rivojlanishi va og‘irlik darajasiga qo‘shgan hissasini baholash, shuningdek glikemiyani nazorat qiluvchi terapiya fonida vitamin B12 etishmovchiligini monitoring qilish va korreksiyalash maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitamin B12 etishmovchiligi diabetik polineyropatiyada periferik nervlarning yaqqolroq neyrofiziologik buzilishlarga olib kelishi, ya’ni nerv impul`sini o‘tkazish tezligining pasayishi va M-javob amplitudasining kamayishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
diabetik polineyropatiya bilan og‘rigan bemorlarda vitamin B12 etishmovchiligini korreksiya qilish natijasida stimulyasion elektroneyromiografiya ko‘rsatkichlarining ishonchli yaxshilanishi va periferik nervlar funksional holatining qisman tiklanishi isbotlangan;
qon zardobidagi vitamin B12 darajasi bilan diabetik polineyropatiyaning klinik va neyrofiziologik namoyon bo‘lishlarining og‘irlik darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik o‘rnatilib, uni diagnostik va prognostik marker sifatida qo‘llash mumkinligi asoslangan;
diabetik polineyropatiyani erta diagnostika qilish va davolash samaradorligini monitoring qilish algoritmiga vitamin B12 darajasini aniqlash hamda stimulyasion elektroneyromiografiyani kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diabetik polineyropatiya bilan og‘rigan bemorlarda vitamin V12 etishmovchiligining klinik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: vitamin B12 etishmovchiligi diabetik polineyropatiyada periferik nervlarning yaqqolroq neyrofiziologik buzilishlarga olib kelishi, ya’ni nerv impul`sini o‘tkazish tezligining pasayishi va M-javob amplitudasining kamayishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 2-son bilan tasdiqlangan «Metformin qabul qilayotgan qandli diabet 2 tur bemorlarida vitamin B12 etishmovchiligi va qo‘shimcha vitamin B12 qabul qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.03.2025 yildagi 21-n-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.03.2025 yildagi 55-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vitamin B12 etishmovchiligini erta aniqlash orqali diabetik polineyropatiya asoratlari (yaralar, infeksiyalar, amputatsiyalar) chastotasini 20–30% ga kamaytirish, shoshilinch tibbiy yordamga murojaatlar sonini qisqartirish, bemorlarning davolashga bo‘lgan moyilligini oshirish hamda mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar orasida nogironlik darajasini pasaytirishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun yiliga sarflanadigan 7440000–9800000 so‘m miqdorida mablag‘lar Vitamin B12 etishmovchiligini erta diagnostika qilish va korreksiyalash orqali diabetik polineyropatiya asoratlarini oldini olish, qo‘shimcha nevrlogik konsultatsiyalar, tekshiruvlar va qimmat simptomatik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiya bilan og‘rigan bemorlarda vitamin B12 etishmovchiligini korreksiya qilish natijasida stimulyasion elektroneyromiografiya ko‘rsatkichlarining ishonchli yaxshilanishi va periferik nervlar funksional holatining qisman tiklanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 2-son bilan tasdiqlangan «Metformin qabul qilayotgan qandli diabet 2 tur bemorlarida vitamin B12 etishmovchiligi va qo‘shimcha vitamin B12 qabul qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.03.2025 yildagi 21-n-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.03.2025 yildagi 55-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: EQ-5D va SF-36 shkalalari bo‘yicha HRQoL ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi, vaqtinchalik va doimiy mehnatga layoqatsizlikning kamayishi, mehnatga layoqatsizlik varaqalari davomiyligining qisqarishi va bemorlarning tibbiy yordamdan qoniqish darajasining oshishida namoyon bo‘ladi. Hayot sifati umumiy o‘sishi bir bemorga yiliga 0,05–0,1 QALY ni tashkil etadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun yiliga sarflanadigan 7440000–9800000 so‘m miqdorida mablag‘lar Vitamin B12 etishmovchiligini erta diagnostika qilish va korreksiyalash orqali diabetik polineyropatiya asoratlarini oldini olish, qo‘shimcha nevrlogik konsultatsiyalar, tekshiruvlar va qimmat simptomatik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qon zardobidagi vitamin B12 darajasi bilan diabetik polineyropatiyaning klinik va neyrofiziologik namoyon bo‘lishlarining og‘irlik darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik o‘rnatilib, uni diagnostik va prognostik marker sifatida qo‘llash mumkinligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 2-son bilan tasdiqlangan «Metformin qabul qilayotgan qandli diabet 2 tur bemorlarida vitamin B12 etishmovchiligi va qo‘shimcha vitamin B12 qabul qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.03.2025 yildagi 21-n-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.03.2025 yildagi 55-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf guruhlarini shakllantirish, diagnostika va davolashda personallashtirilgan yondashuvni ta’minlash, polineyropatiya progressiyasining oldini olish va og‘ir asoratlar chastotasini kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun yiliga sarflanadigan 7440000–9800000 so‘m miqdorida mablag‘lar Vitamin B12 etishmovchiligini erta diagnostika qilish va korreksiyalash orqali diabetik polineyropatiya asoratlarini oldini olish, qo‘shimcha nevrlogik konsultatsiyalar, tekshiruvlar va qimmat simptomatik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiyani erta diagnostika qilish va davolash samaradorligini monitoring qilish algoritmiga vitamin B12 darajasini aniqlash hamda stimulyasion elektroneyromiografiyani kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 2-son bilan tasdiqlangan «Metformin qabul qilayotgan qandli diabet 2 tur bemorlarida vitamin B12 etishmovchiligi va qo‘shimcha vitamin B12 qabul qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 14.03.2025 yildagi 21-n-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.03.2025 yildagi 55-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ijobiy terapevtik ta’sirni erta aniqlash imkoniyati, klinik nazorat aniqligining oshishi va diabetik polineyropatiya progressiyasining oldini olish orqali bemorlar nogironligini kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun yiliga sarflanadigan 7440000–9800000 so‘m miqdorida mablag‘lar Vitamin B12 etishmovchiligini erta diagnostika qilish va korreksiyalash orqali diabetik polineyropatiya asoratlarini oldini olish, qo‘shimcha nevrlogik konsultatsiyalar, tekshiruvlar va qimmat simptomatik preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.