Jumaniyozova Sabohat Bekturdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antrop tamoyil namoyon bo‘lishining falsafiy metodologik jihatlari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1272.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna – falsafa fanlari doktori, professor, Niyazimbetov Marat Kudiyarovich – falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antrop tamoyilning inson-tabiat munosabatlari dinamikasi, jamiyat rivojlanishi istiqbollarini belgilash omili va ilmiy ratsionallikning metodologiyasi sifatidagi falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Antrop tamoyil inson ongining kognitiv bilimlar tizimiga tayangan holda innovatsion g‘oyalarni vujudga keltirish, murakkab ijtimoiy sharoitlarda qat’iy qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga qodir bo‘lgan dialektik jarayon sifatida, ontologik jihatdan inson faol aqlining ijtimoiy borliqda namoyon bo‘lish shakli, gnoseologik jihatdan bilim, tafakkur va amaliy faoliyatning o‘zaro birligini ta’minlovchi borliqni tushunish usuli ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilish mexanizmi sifatida metodologik ahamiyat kasb etishi asoslangan;
antrop tamoyilning shakllanish jarayoni ijtimoiy muhit, siyosiy tizim va insonning ichki ruhiy mohiyati o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanishi antropologik paradigmalar kesimida tahlil qilingan va inson mohiyatini talqin etishdagi ratsional va irratsional yondashuvlar o‘rtasidagi nazariy farqlar umumiy jihatlarning epistemologik jihatlari ochib berilgan;
antrop tamoyil tafakkur sinapslarining ko‘tarilishi, miyaning faollashishi, fikr teranligini ta’minlash metodologiyasi sifatida ijtimoiy muhitda shakllanishi va bu jarayonda bilimdan bosh omil sifatida foydalanishning afzalliklari ochib berilgan;
antrop tamoyilning ekstremal kommunikativizmga intilish sifatida pragmatik faoliyat doirasida namoyon bo‘lishi, mo‘’tadil kommunikativizm kommunikativ ratsionallikning konseptual modellari sifatida ratsionallik va intersubektivlik nazariyasi doirasida fikr, so‘z va amaliyot birligini ta’minlashi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antrop tamoyil namoyon bo‘lishining falsafiy metodologik jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Antrop tamoyil inson ongining kognitiv bilimlar tizimiga tayangan holda innovatsion g‘oyalarni vujudga keltirish, murakkab ijtimoiy sharoitlarda qat’iy qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga qodir bo‘lgan dialektik jarayon sifatida, ontologik jihatdan inson faol aqlining ijtimoiy borliqda namoyon bo‘lish shakli, gnoseologik jihatdan bilim, tafakkur va amaliy faoliyatning o‘zaro birligini ta’minlovchi borliqni tushunish usuli ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilish mexanizmi sifatida metodologik ahamiyat kasb etishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” yo‘nalishidagi metodologik yo‘riknoma asosida uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va ularni ommalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 7-apreldagi 10/177-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, markaz xodimlarining aholining psixologik holatini o‘rganish, ularning ma’naviy madaniyatini tushunish va ular bilan oqilona muloqot madaniyatini tashkil etishiga xizmat qilgan;
antrop tamoyil tafakkur sinapslarining ko‘tarilishi, miyaning faollashishi, fikr teranligini ta’minlash metodologiyasi sifatida ijtimoiy muhitda shakllanishi va bilim uning namoyon bo‘lishiga ta’sir qiluvchi bosh omil ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy faol yoshlar qatlamining staprtap loyihalarini tayyorlash, innovatsion g‘oyalarini zamonaviy kiber makondagi kiber xavflardan saqlanishda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil
26-maydagi 2-13-21-2838-sonli ma’lumotnoma). Natijalar, ijtimoiy faol yoshlarni rag‘batlantirish, ularning maqsadli faoliyatini tashkil etish va yangi avlod zaxira rahbar kadrlarini tayyorlashga xizmat qilgan;
antrop tamoyilning shakllanish jarayoni ijtimoiy muhit, siyosiy tizim va insonning ichki ruhiy mohiyati o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanishi antropologik paradigmalar kesimida tahlil qilingan va inson mohiyatini talqin etishdagi ratsional va irratsional yondashuvlar o‘rtasidagi nazariy farqlar umumiy jihatlarning epistemologik jihatlariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi faoliyatida ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 2-iyundagi 15-20/387-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, mo‘'tadil kommunikavitizm modellarining ilmiy faoliyatni tizimli tashkil qilishga xizmat qilgan;
antrop tamoyilning ekstremal kommunikativizmga intilish sifatida pragmatik faoliyat doirasida namoyon bo‘lishi, mo‘tadil kommunikativizm kommunikativ ratsionallikning konseptual modellari sifatida ratsionallik va intersub’ektivlik nazariyasi doirasida fikr so‘z va amaliyot birligini ta’minlashiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining fuqarolik jamiyati institutlarida ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash va jamiyatning ma’naviy-intellektual rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 4-iyundagi 02-02-04/623-sonli ma’lumot-nomasi). Natijalar, kognitiv bilimlarga tayangan holda innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, qatiy qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiruvchi va ularni rivojlantiruvchi dialektik jarayon sifatida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilgan.