Xoldarov Muhiddin To‘g‘ilboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy qadriyat sifatida o‘rni”, 09.00.04 – Ijtomoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1083.
Ilmiy rahbar: Muxammadieva Oynisa Mustafakulovna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Atamurotov Sadulla – falsafa fanlari doktori, professor, Musaeva Nodira Maxmudovna – falsafa fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy qadriyat sifatida maqomini ilmiy asoslash hamda uni asrash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Yangi O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy qadriyat sifatidagi o‘rni, zamonaviy oila konsepsiyasining ijtimoiy-ontologik mazmuni falsafaning kategoriyaviy tahlil, tizimli yondashuv hamda dialektik metodlari vositasida ochib berilgan;
An’anaviy oila modelidan zamonaviy (urbanizatsiyalashgan, ikki daromadli, gender tenglikka asoslangan) oila modeliga o‘tish jarayonlarida sotsiologik monitoring asosida oilaviy qadriyatlarning o‘zgarishi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
Oilaning funksiyalari (tarbiya, ijtimoiy nazorat, emotsional qo‘llab-quvvatlash) raqamli muhitda (ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt, onlayn aloqa vositalari) qay darajada saqlanayotganligi yoki o‘zgarganligi raqamli antropologiya yondashuvi asosida o‘rganilib, oila ichidagi raqamli “shaxsiy makon” tushunchasi ilmiy jihatdan asoslangan;
Yangi O‘zbekiston jamiyatida oilaning ijtimoiy qadriyat sifatidagi transformatsiyasi tradisionalistik dunyoqarash va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik munosabatlar asosida kechayotgani, globallashuv sharoitida restoratsiya, modernizatsiya hamda barqarorlik tendensiyalarining ichki qarama-qarshiliklari ta’sirida eklektik tizim sifatida shakllanayotgani ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy qadriyat sifatidagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Yangi O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyati ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan kompleks tahlil qilinib, zamonaviy oila konsepsiyasining ijtimoiy-ontologik mazmuni falsafaning kategoriyaviy tahlil, tizimli yondashuv hamda dialektik metodlari vositasida ochib berilgan ilmiy xulosa takliflaridan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Kitob va kelajak” hamda “Ma’rifat chiroqlari” nomli ilmiy, ma'naviy-madaniy teleradiodasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 4-apreldagi 22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar teleko‘rsatuvlar ilmiy saviyasini oshirishga hamda tinglovchilarning oila va oilaviy munosabatlarga oid tushunchalarini yuksaltirishga, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan oila institutini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar borasidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi; 
An’anaviy oila modelidan zamonaviy (urbanizatsiyalashgan, ikki daromadli, gender tenglikka asoslangan) oila modeliga o‘tish jarayonlarida sotsiologik monitoring asosida oilaviy qadriyatlarning o‘zgarishi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan xulosalari va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan  O‘zbekiston  Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Agar” tok-shousi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 09-apreldagi 01-20/227-sonli ma’lumotomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan xulosa va takliflar ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka etkazilib, jamiyatda oilaviy qadriyatlarning transformatsiyasi, zamonaviy oila modelining mazmun-mohiyati hamda uning ijtimoiy ahamiyati yuzasidan ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, mazkur ilmiy natijalar asosida tayyorlangan ssenariy oilaviy munosabatlarning dolzarb muammolarini yoritish, ularni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish hamda keng auditoriyada muhokama qilish imkonini bergan.; 
Oilaning funksiyalari (tarbiya, ijtimoiy nazorat, emotsional qo‘llab-quvvatlash) raqamli muhitda (ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt, onlayn aloqa vositalari) qay darajada saqlanayotganligi yoki o‘zgarganligi raqamli antropologiya yondashuvi asosida o‘rganilib, oila ichidagi raqamli “shaxsiy makon” tushunchasi oid ilmiy jihatdan asoslangan xulosa va yangiliklaridan Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-2025-yillarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida ALM-202403110247 raqamli “Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiya, ma’rifiy adabiyot va media mahsulotlar majmuasini yaratish” maqsadli-amaliy loyihasida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 10-sentyabrdagi 10/567-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, mazkur ilmiy xulosa va yangiliklar yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish hamda oila institutining raqamli muhitdagi funksiyalarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekiston jamiyatida oilaning ijtimoiy qadriyat sifatidagi transformatsiyasi tradisionalistik dunyoqarash va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik munosabatlar asosida kechayotgani, globallashuv sharoitida restoratsiya, modernizatsiya hamda barqarorlik tendensiyalarining ichki qarama-qarshiliklari ta’sirida eklektik tizim sifatida shakllanayotgani ilmiy asoslangan xulosa va natijalari partiya nizom va dasturi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tarixiy, madaniy va ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda unumli foydalanilgan. (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 6-noyabrdagi 02/06-104-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida qo‘llanilib, partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy hamda ma’naviy-ma’rifiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish