Vaxidov Fazliddin Raufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga professional kadrlar tayyorlash tarixi (1990-2022-yy.) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Xaknazarov Xudoyberdi Dilmurodovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, professor Tojiboev Muzaffar.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1990-2022-yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga professional kadrlar tayyorlash tizimi tarixini o‘rganish, uning evolyusiyasi hamda sohadagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik arafasida va Sovet Ittifoqi tugatilganidan keyingi davrda harbiy kadrlarning migratsiyasi natijasida O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida ijtimoiy beqarorlik holatlari (ommaviy tartibsizliklar, mitinglar, etnik ziddiyatlar, kadrlar qo‘nimsizligi) kuzatilgani, sohadagi kadrlar muammosi MDH mamlakatlarida xizmat o‘tayotgan ofiser-kadrlar va harbiy bilim yurtlari bitiruvchilari hisobiga hal etilgani ilmiy dalillangan;
jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga kadrlar tayyorlash jarayoni “o‘tish davri” (1990-1994-yy), “tiklanish davri” (1994-2005-yy), “barqarorlik davri” (2005-2016-yy) hamda “tub islohotlar va modernizatsiya davri” (2017-yildan) yaxlit tizim asosida ko‘rsatib berilgan;
kadrlar tayyorlashda oliy harbiy ta’lim muassasalari – Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “maxsus o‘rta milisiya maktabi”, “oliy milisiya maktabi”, “Toshkent oliy maktabi” sifatida, Jamoat xavfsizligi universiteti esa “Oliy kurslar”, “oliy harbiy-texnika bilim yurti” va “harbiy-texnik institut” kabi bosqichlarda rivojlangani tarixiy manbalar asosida ochib berilgan;
zamonaviy urush va tahdidlardan kelib chiqqan holda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga kadrlar tayyorlashda o‘quv-uslubiy jarayonlar tobora takomillashtirib borilayotgani, oliy harbiy ta’lim muassasalari tizimiga yangi ta’lim turlari (oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish) va shakllari (sirtqi, kechki, masofaviy, dual) joriy etilgani asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida kadrlarning boshqa mamlakatlarga ketishi natijasida O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida muammolar (ommaviy tartibsizliklar, mitinglar, etnik mojarolar, kadrlar qo‘nimsizligi) kuzatilgani, sohadagi kadrlar muammosi MDH mamlakatlarida xizmat o‘tayotgan ofiser-kadrlar va harbiy bilim yurtlari bitiruvchilari hisobiga hal etilganiga oid ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tarixini o‘rganish va muzey fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yil 11-iyundagi 5323/B-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Milliy gvardiya tizimiga kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liq ma’lumotlarni kitob-albomlar va muzey fondlariga kiritilishiga hamda yoshlarni mazkur ma’lumotlardan xabardor bo‘lishlariga xizmat qildi.
jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga kadrlar tayyorlash jarayoni “o‘tish davri” (1990-1994-yillar), “tiklanish davri” (1994-2005-yillar), “barqarorlik davri” (2005-2016-yillar) hamda “tub islohotlar va modernizatsiya davri” (2017-yildan) kabi bosqichlarda amalga oshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qurolli Kuchlarning 30-yilligi munosabati bilan chop etilgan kitoblarda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 12-iyundagi 10/1207-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida uzlyuksiz ta’lim tizimi yaratilgani va professional ta’limda yangi yondashuvlar amalga oshirilgani yuzasidan muhim manbaviy va uslubiy asos yaratildi;
kadrlar tayyorlashda oliy harbiy ta’lim muassasalari – Ichki ishlar vazirligi akademiyasi “maxsus o‘rta milisiya maktabi”, “oliy milisiya maktabi”, “Toshkent oliy maktabi”, Jamoat xavfsizligi universiteti “Oliy kurslar”, “oliy harbiy-texnika bilim yurti” va “harbiy-texnik institut” kabi bosqichlarda rivojlangani to‘g‘isidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi: o‘tmishi va buguni” kitob-albomini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yil 11-iyundagi 5323/B-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Milliy gvardiya tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati va zamonaviy o‘zgarishlarga doir ma’lumotlarni o‘rganish va tuzilmalarga etkazishga erishildi.