A’zamjonov Axadjon A’zamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishda tasviriy va amaliy san’atning o‘rni: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1299
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori (DSc), Qambarov Abdumutal Axadjonovich, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Nasiba Abdullaevalar.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yangi o‘zbekistonda ma’naviy makon yaratishda tasviriy va amaliy san’atning o‘rnini ijimoiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
ma’rifatli jamiyat qurishning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy asoslari(ta’lim, madaniyat va san’at integratsiyasi) hamda uni rivojlantiruvchi tasviriy va amaliy san’at omilining ratsional ta’siri “kreativlik”, “novatorlik”, “motivatsion” kabi tushunchalarni deterministik xususiyatlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurish hamda tasviriy va amaliy san’atdagi modernistik tendensiyalar realizm, abstraksionizm, kubizm, konseptualizmni ekzistensial mohiyati o‘zgarishlar va dunyoqarashni shakllantirishga doir ustuvor vazifalar bilan institutsional integrallashishi mantiqiy dalillangan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishda tasviriy va amaliy san’atning tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish asosida “san’at orqali hayotga” g‘oyasiga “san’at orqali ma’rifatga” g‘oyasini integratsiyalashga ustuvorlik berishi ijtimoiy ongga singdirish mexanizmiga bog‘liqligi ochib berilgan;
tasviriy va amaliy san’atning ma’rifiy islohotlar jarayonida kuzatilayotgan differensiatsiya jarayonlarining istiqbollari hamda unga ta’sir ko‘rsatishda tasviriy va amaliy san’atning ma’naviy-ma’rifiy, ya’niy bilim berish, dunyoqarashni o‘stirish, tafakkurni teranlashtirishning ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishda tasviriy va amaliy san’atning o‘rni: ijimoiy-falsafiy tahlil” mavzusi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
ma’rifatli jamiyat qurishning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy asoslari(ta’lim, madaniyat va san’at integratsiyasi) hamda uni rivojlantiruvchi tasviriy va amaliy san’at omilining ratsional ta’siri(kreativlik, novatorlik, motivatsion)ni ijtimoiy ongda ma’naviy-ma’rifiy mezon va ko‘rsatkichlarni rivojlantirishining deterministik xarakteri bilan dialektik aloqadorligi ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AL-442201944-raqamli “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 9-iyundagidagi 04/11-7226-sonli Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishda tasviriy va amaliy san’atning tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurish hamda tasviriy va amaliy san’atdagi modernistik tendensiyalar (realizm, abstraksionizm, kubizm, konseptualizm)ni ekzistensial mohiyati, regulyativ, gnoseologik, aksiologik, kompensatorlik funksiyalarini ta’limiy-ma’rifiy islohotlar, o‘zgarishlar va dunyoqarashni shakllantirishga doir ustuvor vazifalar bilan institutsional integrallashishi mantiqiy dalillanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-yarim-yillik uchun ish rejasining 74-bandida keltirilgan “Voyaga etmagan qizlar bilan ishlashda “Oila - mahalla ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi samaradorligini oshirish” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 9-iyundagidagi 4-16-21-3173-sonli Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olishda gender identiklik omili nazariy asoslash, oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olishda gender identiklikni ta’minlashda ilg‘or xorijiy tajribalardan bugungi kunda ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishda tasviriy va amaliy san’atning tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish asosida “san’at orqali hayotga” g‘oyasiga “san’at orqali ma’rifatga” g‘oyasini integratsiyalashga ustuvorlik berish kabi ijtimoiy-ma’rifiy shart-sharoitlarni ijtimoiy ongga singdirish mexanizmlari ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AL-442201944-raqamli “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va mazkur loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 9-iyundagidagi 04/11-7226-sonli Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishda tasviriy va amaliy san’atning tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishga asos bo‘luvchi deterministik asoslar, ma’rifiy islohotlar jarayonida kuzatilayotgan differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining istiqbollari hamda unga ta’sir ko‘rsatishda tasviriy va amaliy san’atning badiiy-estetik va ma’naviy-ma’rifiy va estetik(bilim berish, forig‘lantirish, dunyoqarashni o‘stirish, tafakkurni teranlashtirish) imkoniyatlari asoslanganligiga oid ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston” teleradiokanalaida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 2025-yil 17-iyundagi 05-09-935-sonli Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ma’rifatli jamiyat qurishga asos bo‘luvchi deterministik asoslar, ma’rifiy islohotlar jarayonida kuzatilayotgan differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining istiqbollari hamda unga ta’sir ko‘rsatishda tasviriy va amaliy san’atning badiiy-estetik va ma’naviy-ma’rifiy va estetik imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan.