Shukurov Ikrom Abdurashitovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa turizm sohasining barqaror rivojlanishini ekonometrik modellashtirish” (Samarqand viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4408.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Masharipova Xosiyat Matrasulovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa turizm sohasining barqaror rivojlanishini ekonometrik modellashtirish hamda o‘rta muddatli statistik prognozini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa turizmini barqaror rivojlantirishni (YaIM, investisiya, daromad), ijtimoiy (bandlik, xizmat sifati), ekologik (resurs holati, ekoyuklama) indikatorlarning integratsiyasi va ekonometrik yondashuv (Panel DATA, VAR, ARDL, Statsionarlik, Kointegratsiya) va vositalar (ADF, PP, Johansen testi, IRF, Forecast) asosida modellashtirishning konseptual modeli taklif etilgan;
Samarqand viloyati turistik xizmatlar hajmi endogen–ekzogen o‘zgaruvchilar va log–log elastiklik koeffisientlari ηreklama = 4,01; ηxorijiy turist ≈ 1,04 asosida kompleks baholanib, reklama, xorijiy turistlar soni, turpaketlar, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari hamda investisiyalarning nisbiy ta’sir kuchi darajasi asoslangan;
Samarqand viloyati turizm sohasini barqaror rivojlantirishda “Integrated Digital Tourism Database Model – IDTDM” raqamli modelini turizm obektlarini yagona platformasi asosida ETL-verifikatsiya, GIS-geokodlash, ARIMA/VAR prognozlash, KPI-panel nazorati va “Smart Tourism” xizmatlariga ulash mexanizmlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarga tayanish (data-driven) asosida modellashtirilgan;
turizm xizmatlari hajmini belgilovchi 2026-2030-yillar uchun Baseline, Accelerated va Conservative ssenariy prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa turizm sohasining barqaror rivojlanishini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa turizmini barqaror rivojlantirishni (YaIM, investisiya, daromad), ijtimoiy (bandlik, xizmat sifati), ekologik (resurs holati, ekoyuklama) indikatorlarning integratsiyasi va ekonometrik yondashuv (Panel DATA, VAR, ARDL, Statsionarlik, Kointegratsiya) va vositalar (ADF, PP, Johansen testi, IRF, Forecast) asosida modellashtirishning konseptual modeli bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8870-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida turizm siyosati, infratuzilma, marketing, investisiya oqimlari va tashrif buyuruvchilar xulq-atvori o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlikni aniqlab, mintaqaviy barqaror turizmni boshqarishda ko‘rsatkichlararo integratsiyani 30–40 foizga oshirish imkonini bergan;
Samarqand viloyati turistik xizmatlar hajmi endogen–ekzogen o‘zgaruvchilar va log–log elastiklik koeffisientlari ηreklama = 4,01;ηxorijiy turist ≈ 1,04 asosida kompleks baholanib, reklama, xorijiy turistlar soni, turpaketlar, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari hamda investisiyalarning nisbiy ta’sir kuchi darajasi bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8870-son ma’lumotnomasi). Natijada, reklama xarajatlarining elastiklik koeffisienti η=4,01 ekanligi aniqlanib, marketing investisiyalarining turizm daromadlariga juda yuqori sezuvchanlik bilan ta’sir qilishi ilmiy isbotlangan;
Samarqand viloyati turizm sohasini barqaror rivojlantirishda “Integrated Digital Tourism Database Model – IDTDM” raqamli modelini turizm obektlarini yagona platformasi asosida ETL-verifikatsiya, GIS-geokodlash, ARIMA/VAR prognozlash, KPI-panel nazorati va “Smart Tourism” xizmatlariga ulash mexanizmlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarga tayanish (data-driven) bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8870-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli model turizm obektlari bo‘yicha 120+ indikatorni yagona ma’lumotlar bazasiga integratsiyasi asosida axborotning aniqligi va to‘liqligi ta’minlanib, boshqaruv qarorlaridagi xatolikni 25–30 foizga qisqartirish imkonini bergan;
turizm xizmatlari hajmini belgilovchi 2026-2030-yillar uchun Baseline, Accelerated va Conservative ssenariy prognozlari bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8870-son ma’lumotnomasi). Natijada uchta senariy asosida samarali boshqaruv uchun strategik indikatorlar tizimi (marketing, infratuzilma, investisiya, bandlik, xizmat sifati) ishlab chiqilib, turizm siyosatining 2030-yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari optimallashtirilgan.