Raximova Umida Ziyadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishni optimal tartibga solish” (Samarqand viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4395.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Farrux Do‘stmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Masharipova Fazilat Ahmedovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ilmiy nazariy va uslubiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm infratuzilmasini davlat, biznes, raqamli texnologiyalar va institutsional muhit o‘zaro integratsiyasi asosida innovatsion rivojlantirishni optimal tartibga solish mexanizmi taklif etilgan;
NARDL modelida asosiy o‘zgaruvchi sifatida turizm infratuzilmasi rivojlanish darajasi indeksi (TII - Tourism Infrastructure Index) asosida turizm sektori uchun ijobiy zarbalar (infratuzilma investisiyasining oshishi) va salbiy zarbalar (iqtisodiy inqiroz yoki talab pasayishi) ta’sirining dinamikasi ishlab chiqilgan;
turizm infratuzilmasining fazoviy bog‘liqlik, infratuzilmaning bevosita va bilvosita ta’siri va klasterlashning hududlararo fazoviy spillover omillari tizimlashtirilgan;
Samarqand viloyatida turizm xizmatlari rivojlanishining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishni optimal tartibga solish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm infratuzilmasini davlat, biznes, raqamli texnologiyalar va institutsional muhit o‘zaro integratsiyasi asosida innovatsion rivojlantirishni optimal tartibga solish mexanizmi bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8871-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida, turizm infratuzilmasining iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va raqamli komponentlarini integratsiyalashgan holda tartibga solish turizm samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
NARDL modelida asosiy o‘zgaruvchi sifatida turizm infratuzilmasi rivojlanish darajasi indeksi (TII - Tourism Infrastructure Index) asosida turizm sektori uchun ijobiy zarbalar (infratuzilma investisiyasining oshishi) va salbiy zarbalar (iqtisodiy inqiroz yoki talab pasayishi) ta’sirining dinamikasi bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8871-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida, Samarqand viloyati transport infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investisiyalar turistlar oqimini ijobiy jihatdan yuqori darajada rag‘batlantirish imkonini bergan;
turizm infratuzilmasining fazoviy bog‘liqlik, infratuzilmaning bevosita va bilvosita ta’siri va klasterlashning hududlararo fazoviy spillover omillari bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8871-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif turizm infratuzilmasining barqaror, kompleks va ilmiy asosda rivojlanishini ta’minlab, investisiyalarni oqilona yo‘naltirish, sohalararo muvozanatni saqlash hamda raqobatbardosh turizm siyosatini shakllantirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida turizm xizmatlari rivojlanishining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma ko‘rsatkichlarini 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 18-dekabrdagi 06-06/8871-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognoz qiymatlari mintaqada transport infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investisiyalar oshirilishi turistlar oqimini ijobiy va kuchliroq darajada rag‘batlantirib, raqamli va transport infratuzilmasining modernizatsiyasi kelajak istiqbolda turistlar oqimining barqaror o‘sishini ta’minlashga imkoniyat yaratgan.