Asadova Gavhar Teshabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gap tarkibida ikki valentli sintaksemalarning kognitiv xususiyatlari va qiyosiy-funksional tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4400
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kubeysinova Dametken Tursunbaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmalarida ishtirok etgan ikki valentli komponentlarning sintaktik maqomini aniqlash va ularni tillararo qiyosiy tahlil qilish hamda ular ifodalagan sintaksemalarning kognitiv xususiyatlarini tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintaktik sathda valentlik hodisasini aniqlashda funksional sintaktik aloqalar tizimi asosida ikki valentli birliklarning yadroviy  va noyadroviy predikativ, koordinativ va subordinativ, koordinativ va predikativ munosabatlar doirasida voqelanishi yunksion modellar asosida izchil dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida ikki valentli birliklarning gap tarkibidagi sintaktik maqomi komponent tahlil asosida aniqlanib, ularning sintaktik vazifasiga ko‘ra uyushiq yadro bo‘laklar (HNP1, HNP2), uyushiq tobe (HÑD), ikki bor predikatlanuvchi yadro (NP1P1) komponentlar hamda noyadroviy tobe predikativ 1 (ÑDP1) komponentlar o‘rnida faollashishuvi va morfologik xususiyatlari komponent modellar yordamida isbotlangan;
sodda gap qurilmasida ikki valentli komponentlarning protsessuallik, substansiallik va kvalifikativlik qamrovidagi differensial sintaktik-semantik belgilari sintaksem tahlil asosida aniqlangan hamda ularning boshqa sintaksemalar bilan SbObAg ↔ PrAcDr, SbQlt ↔ QlfQlt, SbId1 ↔ SbId2 kabi kombinator imkoniyatlari qiyosiy jihatdan ochib berilgan;
gap tarkibidagi ikki valentli birliklar hosil qilgan kategorial sintaksemalarning kognitiv modeli ishlab chiqilib, unda agentiv, kvantitativ, stativ, direktiv, egzistensial kabi freymlar aniqlanib, ular asosida kompyuter lingvistikasi va avtomat tarjimada sintaktik muqobillik aspektlariga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ikki valentli sintaksemalarning kognitiv xususiyatlari va qiyosiy-funksional jihatdan tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
sintaktik sathda valentlik hodisasini aniqlashda funksional sintaktik aloqalar tizimi asosida ikki valentli birliklarning yadroviy va noyadroviy predikativ, koordinativ va subordinativ, koordinativ va predikativ munosabatlar doirasida voqelanishi yunksion modellar asosida izchil dalillanishi bo‘yicha erishilgan natijalardan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturining Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetning 2025-yil 30-avgustdagi №04/11-15727 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu grant loyihasini yanada takomillashtirishga va sintaktik valentlik yordamida gaplarning kognitiv asosini tashkil etuvchi sintaksem freymlarni tizimlashtirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ikki valentli birliklarning gap tarkibidagi sintaktik maqomi aniqlanib, ularning sintaktik vazifasiga ko‘ra uyushiq yadro bo‘laklar (HNP1, HNP2), uyushiq tobe (HÑD), ikki bor predikatlanuvchi yadro (NP1P1) komponentlar hamda noyadroviy tobe predikativ 1 (ÑDP1) komponentlar o‘rnida faollashishuvi va morfologik xususiyatlarini komponent modellar yordamida ochib berishda erishilgan natijalardan 2024-2025-yillar davomida bajarilgan “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at” yaratishda va uning loyiha vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetning 2025-yil 30-avgustdagi №04/11-15728-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar grant loyihasidagi kontekstual tarjimani modellarini yanada takomillashtirishga va matn semantikasini to‘g‘ri shakllantirish va muqobil tarjimaga erishish, matn konseptini tushunish, kognitiv imkoniyatlarini ochib uchun asos bo‘lgan;
sodda gap qurilmasida ikki valentli komponentlarning protsessuallik, substansiallik va kvalifikativlik qamrovidagi differensial sintaktik-semantik belgilari sintaksem tahlil asosida aniqlangan hamda ularning boshqa sintaksemalar bilan SbObAg ↔ PrAcDr, SbQlt ↔ QlfQlt, SbId1↔ SbId2 kabi kombinator imkoniyatlari qiyosiy jihatdan ochib berilishiga oid tavsiya qilingan metod va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Resublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik liseyida 2024-2025-o‘quv yillar davomida yaratilgan “Speaking Practice” nomli o‘quv qo‘llanmasini hamda “English-Uzbek Vocabulary” lug‘atini yaratish vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik liseyining 2025-yil 04-noyabrdagi 04-11/3-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma va lug‘atni yanada takomillashtirishga va muqobil tarjimaga erishish, mashqlarni tushunish, matnning kognitiv imkoniyatlarini ochib berishga hamda o‘quvchilarning ingliz tilini ona tili bilan qiyoslab o‘rganishida samaraga erishilgan;
gap tarkibidagi ikki valentli birliklar hosil qilgan kategorial sintaksemalarning kognitiv modeli ishlab chiqilib, unda agentiv, kvantitativ, stativ, direktiv, egzistensial kabi freymlar aniqlanib, ular asosida kompyuter lingvistikasi va avtomat tarjimada sintaktik muqobillik aspektlariga qaratilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati tele- va radioeshittirish kompaniyasining 2025-yil 15-sentyabr kuni “Samarqand” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi hamda 2025-yil 16-sentyabr kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-sentyabrdagi №01-07/325-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-ma’rifiy ahamiyatiga ega rasmiy va norasmiy matnlarning ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanishi haqida ma’lumotlar berilgan va keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish