Hodjaeva  Odinaxon  Yusupovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan  korreksion-reabilitasion ishlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8404.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ismanova Arofat Abdulxamidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarda korreksion-reabilitatsion ishlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, tashkiliy-metodik aspektlari milliy va xorijiy ilg‘or tendensiyalarda ilgari surilgan insonparvarlik, ijtimoiy mobillik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlarni samarali tashkil etish modeli tarbiyalanuvchilarda mavjud ijtimoiy passivlik hamda akademik bo‘shliqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksion-reabilitasion usullarni bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlarni rivojlantirish metodikasi duduqlanishni bartaraf etishda nafasni rivojlantirishga qaratilgan “O‘yin texnologiyalari”,  “Art terapiya texnologiya”( rasm chizish terapiyasi, raqs va harakat terapiyasi, loyiha yasash (kollaj va applikatsiya), loy yoki plastilin bilan ishlash terapiyasi,  rang terapiyasi (Koloroterapiya), teatr terapiyasi, musiqa terapiyasi, qum terapiyasi) texnologiyalari, “Korreksion-reabilitasion texnologiyalar”(logopedik massaj, artikulyasion gimnastika, fonopedik texnologiya, logoritmika, biofeedback texnologiyasi,  tovush terapiyasi (Sound Therapy),  duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlaridan foydalanish texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga  bosqichma-bosqich qo‘llash asosida  takomillashtirilgan;
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha variativ, intellektual ijodiy va korreksion rivojlantiruvchi, vizual xarakterdagi mashg‘ulotlarni loyihalashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarda korreksion-reabilitasion ishlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga  oid tadqiqot natijalari asosida:
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, tashkiliy-metodik aspektlari milliy va xorijiy ilg‘or tendensiyalarda ilgari surilgan insonparvarlik, ijtimoiy mobillik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milli pedagogika universitetining 2025 yil 25 iyuldagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari defektologiya yo‘nalishi talabalari uchun “Maxsus pedagogika (Logopediya)”, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini metodik bilimlarini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlarni samarali tashkil etish modeli tarbiyalanuvchilarda mavjud ijtimoiy passivlik hamda akademik bo‘shliqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksion-reabilitasion usullarni bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milli pedagogika universitetining 2025 yil 25 iyuldagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarda nutqiy  qobiliyatini rivojlantirish ishlarini amalga oshirishga sharoit yaratilgan;
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlarni rivojlantirish metodikasi duduqlanishni bartaraf etishda nafasni rivojlantirishga qaratilgan “O‘yin texnologiyalari”,  “Art terapiya texnologiya”( rasm chizish terapiyasi, raqs va harakat terapiyasi, loyiha yasash (kollaj va applikatsiya), loy yoki plastilin bilan ishlash terapiyasi,  rang terapiyasi (Koloroterapiya), teatr terapiyasi, musiqa terapiyasi, qum terapiyasi) texnologiyalari, “Korreksion-reabilitasion texnologiyalar”(logopedik massaj, artikulyasion gimnastika, fonopedik texnologiya, logoritmika, biofeedback texnologiyasi,  tovush terapiyasi (Sound Therapy),  duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlaridan foydalanish texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga  bosqichma-bosqich qo‘llash asosida  takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milli pedagogika universitetining 2025 yil 25 iyuldagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda korreksion-reablitatsion metodlardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
nutqida nuqsoni  bo‘lgan tarbiyalanuvchilar  bilan olib boriladigan korreksion-reabilitatsion ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha variativ, intellektual ijodiy va korreksion rivojlantiruvchi, vizual xarakterdagi mashg‘ulotlarni loyihalashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha pedagogik ishlab chiqilgan tavsiyalar PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milli pedagogika universitetining 2025 yil 25 iyuldagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi).Natijada nutqida  nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarda korreksion-reabilitasion ishlar samaradorligini oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish