G‘aniev Doniyor Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xorijiy tajribalar asosida o‘quvchilarning raqamli va algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish (Informatika va AT fani misolida)”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.PhD/Ped8316.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi pedagogika fanlari doktori, (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; To‘raev Ro‘ziboy Norovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari individual ehtiyojlarni o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z faoliyatini mustaqil baholash komponentlariga uyg‘unlashtirish, mustaqil ta’limni fikrlash, qaror qabul qilish, tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalariga  ustuvorlik berish orqali raqamli muhitga moslashtirishning samarali shart-sharoitlarini diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan; 
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni ta’lim kontekstida o‘qituvchi va talabaning kollaborativligida ishlovchi raqamli muhit talablariga moslashtirish, mustaqil bilim olish faolligini  oshirishda tarmoqlar integratsiyasini ta’minlash, amaliy va ijodiy faoliyatini raqamli differensiallash asosida takomillashtirilgan; 
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonini raqamlashtirishga oid strategik maqsadlarni ijtimoiy buyurtma talablariga mobilizatsiyalash, raqamli individuallashtirishni platformalarning vizual vositalariga integratsiyalash, mustaqil faoliyatga yo‘naltirishni to‘ydirilgan real bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi faollikni oshiruvchi raqamli muhitda  bahs munozara, kollaborativlik va ijodiy tahlil metodlarini qo‘llash, onlayn baholash tizimi (integrativ-amaliy-refleksiv-faoliyatli)ni ta’lim sifatini oshirishga undovchi vektorli baholash darajalariga mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari individual ehtiyojlarni o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z faoliyatini mustaqil baholash komponentlariga uyg‘unlashtirish, mustaqil ta’limni fikrlash, qaror qabul qilish, tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalariga  ustuvorlik berish orqali raqamli muhitga moslashtirishning samarali shart-sharoitlarini diagnostik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 14 iyundagi 11-05-3852/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati yaratilgan;
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni ta’lim kontekstida o‘qituvchi va talabaning kollaborativligida ishlovchi raqamli muhit talablariga moslashtirish, mustaqil bilim olish faolligini  oshirishda tarmoqlar integratsiyasini ta’minlash, amaliy va ijodiy faoliyatini raqamli differensiallash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 14 iyundagi 11-05-3852/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifatini oshirishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonini raqamlashtirishga oid strategik maqsadlarni ijtimoiy buyurtma talablariga mobilizatsiyalash, raqamli individuallashtirishni platformalarning vizual vositalariga integratsiyalash, mustaqil faoliyatga yo‘naltirishni to‘ydirilgan real bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 14 iyundagi 11-05-3852/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tExnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi faollikni oshiruvchi raqamli muhitda  bahs munozara, kollaborativlik va ijodiy tahlil metodlarini qo‘llash, onlayn baholash tizimi (integrativ-amaliy-refleksiv-faoliyatli)ni ta’lim sifatini oshirishga undovchi vektorli baholash darajalariga mosligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun multimediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 14 iyundagi 11-05-3852/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish