Muminova Gulnozaxon Sulton qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3391.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatni rivojlantirish mohiyati pedagogik faoliyatning ijodiy tabiatini intuitiv echimlarning “murakkab tashqi o‘tish, sakrash” jarayoniga modifikatsiyalash,  ta’lim jarayonini innovatsion muhitiga  subektiv (bilim, ko‘nikma, ijodiy qobiliyat, motivatsiya) va obektiv (ijtimoiy, moddiy) shart-sharoitlar determinant ekanligini retrospektiv tahliliy baholash orqali asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari fenomenni shaxsning ichki psixik jarayonlariga muvofiqlashtirish, psixologik, motivatsion va kommunikativ omillarning ta’sirchanligini ijtimoiy ta’lim muhitiga bog‘liqligi pedagogik diagnostikalash asosida aniqlashtirilgan;
akmeologik yondashuvning bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalariga ekstrapolyasiyalash, autopsixologik kompetentlik tarkibiy komponentlarini akmeogramma tuzilmasiga kiritishga kompleks baholash asosida takomillashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish modeli shaxsning akmesini ijodiy fikrlash jarayonlari(intuitiv, tanqidiy, dizayn, radiant)ga va ijodiy tabiatiga uyg‘unlashtirish,  pedagogik-psixologik fanlar mazmunini innovatsion g‘oyalarga moslashtirish, pedagogik hamkorlikni “Ijodkorlik laboratoriyasi” platformasiga integratsiyalagan muhitni bosqichma bosqich joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatni rivojlantirish mohiyatini pedagogik faoliyatning ijodiy tabiatini intuitiv echimlarning “murakkab tashqi o‘tish, sakrash” jarayoniga modifikatsiyalash,  ta’lim jarayonini innovatsion muhitiga  subektiv (bilim, ko‘nikma, ijodiy qobiliyat, motivatsiya) va obektiv (ijtimoiy, moddiy) shart-sharoitlar determinant ekanligini retrospektiv tahliliy baholash orqali asoslashga doir takliflar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 8 iyuldagi 22-01-165/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari fenomenni shaxsning ichki psixik jarayonlariga muvofiqlashtirish, psixologik, motivatsion va kommunikativ omillarning ta’sirchanligini ijtimoiy ta’lim muhitiga bog‘liqligi pedagogik diagnostikalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 8 iyuldagi 22-01-165/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik diagnostikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
akmeologik yondashuvning bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalariga ekstrapolyasiyalash, autopsixologik kompetentlik tarkibiy komponentlarini akmeogramma tuzilmasiga kiritishga kompleks baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 8 iyuldagi 22-01-165/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish jarayonini texnologizatsiyalash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish modelini shaxsning akmesini ijodiy fikrlash jarayonlari(intuitiv, tanqidiy, dizayn, radiant)ga va ijodiy tabiatiga uyg‘unlashtirish, pedagogik-psixologik fanlar mazmunini innovatsion g‘oyalarga moslashtirish, pedagogik hamkorlikni “Ijodkorlik laboratoriyasi” platformasiga integratsiyalagan muhitni bosqichma bosqich joriy etish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 8 iyuldagi 22-01-165/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, axborot texnologiyalari vositasida pedagogik modelni amaliyotga joriy etishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish