Avezova Dilnura Bayramovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning esse yozish malakasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9934.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mavlonova Klaraxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori (DSc),  professor; Kenjaeva Muxayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning esse yozish malakalarini rivojlantirishga oid ilmiy va metodik asoslarni tadqiq qilish,  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    o‘quvchilarning esse yozish malakasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yozma nutqini rivojlantirishni maqsad, pedagogik-psixologik xususiyatlarga moslashtirish, ta’lim resurslarini analitik-sintetik tipdagi mashqlarga va esse matni mazmuni talablariga integratsiyalashni diagnostik tahlil asosida aniqlashtirilgan;
    ona tili taʼlimida o‘quvchilarning esse yozish malakasini rivojlantirish modeli mustaqil fikrni bayon qilishning strategik vazifalarini mazmunli-jarayonli komponentiga funksional bog‘liqligini tashkil etuvchi algoritmni kiritish, mavzu mohiyatini grammatik savodxonlik mezonlariga modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
    ona tili darslarida esse yozish malakasini rivojlantirish metodikasi tayyorgarlik-yozish-taqdim etishdagi kognitiv jarayonni kolloborativ mazmunga moslashtirish, individuallashtirilgan taʼlimni matn yaxlitligi, savodxonlik, til birliklari uslubiyati (nutqning jo‘yaliligi)ga oid innovatsion didaktik resurslarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
    o‘quvchilarning esseni yozish malakasini rivojlantirish samaradorligi baholash mezonlarini aniqlash va tizimli belgilashda g‘oyaning to‘liq ochilishi, mantiqiylik va izchillikni til va uslub ko‘rsatkichlariga imitatsiyalash, darajali baholash shkalasini joriy etish va kompleks baholash usullarini qo‘llash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning esse yozish malakalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
            o‘quvchilarning esse yozish malakasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yozma nutqini rivojlantirishni maqsad, pedagogik-psixologik xususiyatlarga moslashtirish, ta’lim resurslarini analitik-sintetik tipdagi mashqlarga va esse matni mazmuni talablariga integratsiyalashni diagnostik tahlil asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-716 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ona tili ta’limida yozma ishlarni tashkil etish metodikasi qismining innovatsion yondashuvlar asosida boyishiga xizmat qilgan;
            ona tili ta’limida o‘quvchilarning esse yozish malakasini rivojlantirish modeli mustaqil fikrni bayon qilishning strategik vazifalarini mazmunli-jarayonli komponentiga funksional bog‘liqligini tashkil etuvchi algoritmni kiritish, mavzu mohiyatini grammatik savodxonlik mezonlariga modernizatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-716 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma mazmuni esse tuzilmasi, esse tahriri, esseni baholash mezoni, esse yozish yo‘riqnomasi bilan boyigan hamda o‘quvchilarda esse yozish va xatolar ustida ishlash ko‘nikmasining rivojlanishiga erishilgan;
            ona tili darslarida esse yozish malakasini rivojlantirish metodikasi tayyorgarlik-yozish-taqdim etishdagi kognitiv jarayonni kolloborativ mazmunga moslashtirish, individuallashtirilgan ta’limni matn yaxlitligi, savodxonlik, til birliklari uslubiyati (nutqning jo‘yaliligi)ga oid innovatsion didaktik resurslarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-716 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur loyiha mazmunida o‘quvchilarning esse yoza olish layoqatini oshirish, shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishi nuqtayi nazaridan boyishiga xizmat qilgan;
            o‘quvchilarning esseni yozish malakasini rivojlantirish samaradorligi baholash mezonlarini aniqlash va tizimli belgilashda g‘oyaning to‘liq ochilishi, mantiqiylik va izchillikni til va uslub ko‘rsatkichlariga imitatsiyalash, darajali baholash shkalasini joriy etish va kompleks baholash usullarini qo‘llash asosida oshirishga oid takliflar “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-716 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunining takomillashuviga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish