Erkaboeva Saodatxon Yulbarsovnaning    
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7963. 
Ilmiy rahbar: Toshboeva Barnoxon Odiljonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD. 03/2025.27.12.Ped.32.01
Rasmiy opponentlar: Artikova Muxayyoxon Botiralievna, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Teshaboev Akromjon Yuldashevich, Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari «Raqamli pedagogik kompetentlik» konsepsiyasi muhitini aniqlashtirish, jarayonli-tashkiliy bosqichlarni idrok etish, tashkiliy-pedagogik, psixologik va metodik shart-sharoitlar tizimi refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan faollashtirish asosida aniqlashtirilgan;
chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasini modeli mustaqil tarzda rejalashtirish, amaliy faoliyat orqali sinab ko‘rish, refleksiv yondashuvlarni nazariya bilan amaliyotning birligi, tizimlilik, integrativlik, tahlil qilish tamoyillariga ustuvorligini ta’minlash, o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish imkoniyatlarini pedagogik, metodik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlanishi jarayonida chet tili o‘qituvchilarini elektron portfoliodan foydalanish metodikasini rivojlantirish kollaboratsiyasi imkoniyatlarini qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan obekt va subekt o‘rtasidagi raqamli o‘zaro ta’sir tizimiga muvofiqligini aniqlash, virtual ta’lim vositalari va texnologiyalar tuzilmasini joriy etish hamda analogiya metodi, muammoli ta’lim metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga oid metodik tayyorligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim jarayonini rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish kabi tashkiliy-pedagogik komponentlar uzviyligini kasbiy tayyorgarlik darajasining amaliy va mantiqiy mushohada elementlariga maqsadli integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari «Raqamli pedagogik kompetentlik» konsepsiyasi muhitini aniqlashtirish, jarayonli-tashkiliy bosqichlarni idrok etish, tashkiliy-pedagogik, psixologik va metodik shart-sharoitlar tizimi refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan faollashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar «The English Access Microscholarship Program» dasturi mazmuniga singdirilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil, 5-maydagi 06-88/3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning virtual muloqot va ta’lim resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari kengaydi. 
Chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasini modeli mustaqil tarzda rejalashtirish, amaliy faoliyat orqali sinab ko‘rish, refleksiv yondashuvlarni nazariya bilan amaliyotning birligi, tizimlilik, integrativlik, tahlil qilish tamoyillariga ustuvorligini ta’minlash, o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish imkoniyatlarini pedagogik, metodik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Xorijiy til (ingliz tili, rus tili)ni o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitishning samarali usullari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan 429 365 raqami bilan ro‘yxatga olingan). Natijada malaka oshirish kurslarida va mustaqil ta’lim jarayonida raqamli refleksiv baholash vositalaridan foydalanish orqali o‘qituvchilarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini diagnostika qilish hamda ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan; 
Uzlyuksiz kasbiy rivojlanishi jarayonida chet tili o‘qituvchilarini elektron portfoliodan foydalanish metodikasini rivojlantirish kollaboratsiyasi imkoniyatlarini qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan obekt va subekt o‘rtasidagi raqamli o‘zaro ta’sir tizimiga muvofiqligini aniqlash, virtual ta’lim vositalari va texnologiyalar tuzilmasini joriy etish hamda analogiya metodi, muammoli ta’lim metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Xorijiy til (ingliz tili, rus tili)ni o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitishning samarali usullari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11 noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan 429-365 raqami bilan ro‘yxatga olingan). Natijada o‘qituvchilarning xorijiy tildan metodik tizimini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
Chet tili o‘qituvchilarining uzlyuksiz kasbiy rivojlanishida elektron portfoliodan foydalanish metodikasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga oid metodik tayyorligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim jarayonini rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish kabi tashkiliy-pedagogik komponentlar uzviyligini kasbiy tayyorgarlik darajasining amaliy va mantiqiy mushohada elementlariga maqsadli integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar «O‘zbekiston» teleradiokanali «Madaniy-ma’rifiy eshittirishlar» dasturida fasilitatsion resurslar sifatida qo‘llandi («O‘zbekiston» davlat muassasasi teleradiokanalining 2025-yil 5-iyundagi 04/38-538-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron portfolio asosida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholashning adaptiv metodologiyasi va individual rivojlanish traektoriyalarini belgilovchi innovatsion baholash tizimi samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish