Nashirova Dilnoza Burievnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarda yo‘nalma harakat fe'llarining semantik tipologiyasi va o‘zaro tarjimasi” 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/Fil3120
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Radjabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Tojieva Gulbahor Nomozovna; filologiya fanlari doktori, professor Narmuradov Zayniddin Radjabovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi yo‘nalma harakat fe’llarining semantik xususiyatlarini qiyoslash, leksikografik talqinini ochib berish, o‘zaro chogʻishtirish orqali ularning umumiy hamda farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘nalma harakat fe’llari semik tarkibi atash, ifoda va vazifa semalaridan tarkib topishi, bunda ularning vazifa semasi o‘zgarmas, atash va ifoda semalari sezilarli darajada farqli ekanligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida yo‘nalma harakat fe’llari harakat fe’llari sirasiga kiritilishi ularning leksik semantik guruhi tarkibidagi unsurlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilarini o‘rganish natijasida chiqarilgan xulosalarga asoslanishi orqali ochib berilgan;
fe’llarda, xususan, yo‘nalma harakat fe’llarida til birliklarining o‘zaro mantiqiy mosligi talab qilganligi uchun sintagmatik munosabatlar mavjudligi, ammo fe’llardagi ma’no munosabatlarini butun va qism nuqtayi nazaridan tashkil etish imkonsizligi tufayli ierarxik munosabatlar mavjud emasligi isbotlangan;
yo‘nalma harakat fe’llarining berilishi ingliz tilidagi izohli lug‘atlarda barcha ma’lumotlarni qamrab olishi, o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda fe’llarning grammatik ko‘rsatkichlari va etimologik ma’lumotlari berilmasligi bilan o‘ziga xoslik hosil qilishi shu tillardagi lug‘atlar tahlili vositasida ochib berilgan;
inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlarda yo‘nalma harakat fe’llariga oid ma’lumotlar leksema, uning transkripsiyasi, grammatik ko‘rsatkichlari, tarjima ekvivalenti kabi ma’lumotlardan tashqari jonli nutqda yuzaga chiquvchi pragmatik xususiyatlarni ifodalovchi ma’lumotlarni ham qamrab olishi lozimligi nutqiy parchalar vositasida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz hamda o‘zbek tillarida yo‘nalma harakat fe’llarining semantik xususiyatlari, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqinini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yo‘nalma harakat fe’llarining berilishi ingliz tilidagi izohli lug‘atlarda barcha ma’lumotlarni qamrab olishi, o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda fe’llarning grammatik ko‘rsatkichlari va etimologik ma’lumotlari berilmasligi bilan o‘ziga xoslik hosil qilishi shu tillardagi lug‘atlar tahlili vositasida ochib berilganligi va inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlarda yo‘nalma harakat fe’llariga oid ma’lumotlar leksema, uning transkripsiyasi, grammatik ko‘rsatkichlari, tarjima ekvivalenti kabi ma’lumotlardan tashqari jonli nutqda yuzaga chiquvchi pragmatik xususiyatlarni ifodalovchi ma’lumotlarni ham qamrab olishi lozimligi isbotlanganiga doir qarashlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi № 01/4-2781 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mavhum otlarning o‘zaro tarjimasi, ularning lugʻatlarda berilishiga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘zbek va ingliz tillarida yo‘nalma harakat fe’llari harakat fe’llari sirasiga kiritilishi ularning leksik semantik guruhi tarkibidagi unsurlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilarini o‘rganish natijasida chiqarilgan xulosalarga asoslanishi orqali ochib berilganligi, shuningdek, yo‘nalma harakat fe’llarining berilishi ingliz tilidagi izohli lug‘atlarda barcha ma’lumotlarni qamrab olishi, o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda fe’llarning grammatik ko‘rsatkichlari va etimologik ma’lumotlari berilmasligi bilan o‘ziga xoslik hosil qilishi shu tillardagi lug‘atlar tahlili vositasida dalillanganligiga oid ma’lumotlardan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 12-yanvardagi № 04/98 raqamli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan;
fe’llarda, xususan, yo‘nalma harakat fe’llarida til birliklarining o‘zaro mantiqiy mosligi talab qilganligi uchun sintagmatik munosabatlar mavjudligi, ammo fe’llardagi ma’no munosabatlarini butun va qism nuqtai nazaridan tashkil etish imkonsizligi tufayli ierarxik munosabatlar mavjud emasligi isbotlanganligiga doir ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Oltin voha” radiosining “Ochiq muloqot” radioeshittirishida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-dekabr 17-05/284-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan.