Azamjonova Xurshidaxon Nozimjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tizimli tillarda “ona” leksik-semantik maydoni verbalizatorlarining kognitiv va lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1974.
Ilmiy rahbar: Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Akmal Xamidjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ashurov Shahobidin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.        
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “ona” leksik-semantik maydoni verbalizatorlarining kognitiv va lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
semantik maydon tushunchasi kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan konseptual birlik sifatida qayta talqin qilinib, uning fonemik, morfemik, leksik, frazemik, sentensemik va tekstemik kabi tarkibiy mexanizmlari ilmiy asosda ochib berilgan;
ingliz va o’zbek madaniyatida “ona” semantik maydoni verbalizatorlarining leksik, funksional-semantik, makro-, mikro-, nisbat, shaxs, o‘rin, kvazio-, inkor, nominativ, grammatik, transformatsion kabi maydonlar bilan aloqalari aniqlanib, uning ingliz tilidagi mother, mum, mummy, mom; o’zbek tilidagi ona, volida, volidai muhtarama, oyi, ena, nana, aya kabi uzual va okkazional ekvivalentlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “ona” semantik maydonini ifodalovchi morfologik-leksik, sintaktik, frazeologik, sentensemik hamda matn darajasidagi vositalari ochib berilgan;
 ingliz va o‘zbek tillarida “ona” semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining sotsiolingvistik, psixolingvistik, kognitiv, lingvokulturologik va lingvopragmatik xususiyatlari umumlashtirilgan holda tahlil qilingan hamda ikki tilga xos milliy-madaniy tafakkur va konseptual dunyoqarashdagi leksik-grammatik farqlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o’zbek tillarida “ona” leksik-semantik maydoni verbalizatorlarining kognitiv va lingvokulturologik tadqiqi mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o’zbek madaniyatida “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklari va uning asosiy xususiyatlarini asoslash bilan bir qatorda, “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarini tashkil etuvchi omillar, “ona” leksemasining uzual va okkazional ekvivalentlariga asosan leksik-semantik maydoni (ingliz tilida mother, mum, mummy, mom kabi sinonimlari, o’zbek tilida ona, volida, volidai muhtarama, oyi, ena, nana, aya) shakllantirilganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan va ilmiy natijalardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan  (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi №01/4-3934-son maʼlumotnomasi). Natijada, til va  adabiyotga oid materiallar mazmunan boyitildi hamda ilmiylik darajasi oshirilgan;
ingliz va o’zbek tillarida “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining xususiyatlari, uning kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy va madaniy kontekstual ma’nolar anglatishi, nutqiy akt va kommunikativ strategiyalar kesimida qo’llanilishi, shuningdek ularning til va muloqotdagi funksiyalari yordamida maqsadga yo’naltirilishi hamda lingvokognitiv va lingvokulturologik talqinlari asosida tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 04-apreldagi  №04/1212-son maʼlumotnomasi). Natijada “ona” leksik-semantik maydoni verbalizatorlarining struktural-semantik, kommunikativ-funksional jihatlari doirasida uning makromaydoni ochib berilgan hamda ularning ikki til doirasida qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqotning muayyan tavsiyalarini shakllantirishga erishilgan;
ingliz va o’zbek tillarida “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining lingvokulturologik jihatlari, unga ko’ra olamning lisoniy manzarasida “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining izomorfik va allomorfik jihatlari, ularni taqozo etuvchi omillar hamda “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining turli tillarga tarjima qilinishida yuzaga keladigan translotologik aspektlar tahlili (O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”, Isajon Sulton “Onaizorim”, Guljahon Mardonova “Quyoshim-enam” asarlari misolida) kabi ilmiy xulosalar va natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining She’riyat kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlarning “Onajonim she’riyat” to‘garagi faoliyatida, mahorat darslarida hamda innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 5-maydagi  №01-03-207-son maʼlumotnomasi). Natijada, olamning lisoniy manzarasida “ona” leksik-semantik maydoni verbalizatorlarining izomorfik va allomorfik jihatlari hamda ularning turli tillarga tarjima qilinishida yuzaga keladigan translotologik aspektlar sifatida ilmiy ta’minotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz va o’zbek tillarida “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining sotsiolingvistik va psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish hamda kognitiv va lingvokulturologik talqinlarining ilmiy ta’minotida, ularning lingvopragmatik xususiyatlari, unga ko’ra pragmatikaning asosiy elementlari – deyksis, presuppozisiya va implikatura doirasida “ona” leksik-semantik maydonini voqelantiruvchi til birliklarining kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy va madaniy kontekstual ma’nolar anglatishi, nutqiy akt va kommunikativ strategiyalar kesimida qo’llanilishi, shuningdek ularning til va muloqotdagi funksiyalari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan 2025-yil yanvar va mart oylaridagi sonlarida “Ta’lim va taraqqiyot”,  “Fan ufqlari” nomli eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 14-martdagi №05-09-314-son maʼlumotnomasi). Natijada, muloqot jarayonida “ona” leksemasining namoyon bo‘lish shakllari, ushbu tushunchaning interferensiya jarayonida yuzaga keladigan holatlar aloqa-aralashuvining yuzaga chiqishida ona shaxsiga munosabat, ushbu leksemaning leksik, paremiologik birliklarda ifodalanishi bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish