Omonboeva Nursaule Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda izohli o‘quv lug‘atlardan foydalanish (ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili darslari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3608
Ilmiy rahbar: Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Mattiev Ilxom Begmatdo‘lovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda izohli o‘quv lug‘atlaridan foydalanishning usul va vositlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini (noma’lumni topish, qiyoslash va farqlash, mustaqil ishlay olish) rivojlantirishda o‘zbekcha-qozoqcha izohli o‘quv lug‘atlar (rasmli, illyustrativ, audio-vizual)idan amaliy foydalanish samaradorligi asoslangan;
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan izohli o‘quv lug‘atlarini tuzish, ularni raqamlashtirishning ta’limiy asoslari, (refleksiya, kreativlik, izlanuvchanlik, taqqoslay olish, hamkorlikda ishlash) ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati, o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini oshirish bilan bog‘liq semantik, stilistik va funksional darajalanish mezonlari aniqlangan;
yangi avlod izohli o‘quv lug‘atlarining mazmuni va mohiyatini boyitish, elektron o‘quv lug‘atlari, zamonaviy raqamli lug‘atlarni takomillashtirish (raqamli, ko‘rgazmali, rasmli) lug‘at so‘zlarini tanlash va foydalanish metodikasini, baholash tamoyillarini ishlab chiqish faktik materiallar asosida dalillangan;
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan (ikki tilli, qiyosiy, semantik, mavzuviy) illyustrativ izohli o‘quv lug‘atlarni yaratishning o‘ziga xos antroposentrik, pragmatik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda o‘zbekcha izohli o‘quv lug‘atlaridan foydalanish mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini (noma’lumni topish, qiyoslash va farqlash, mustaqil ishlay olish) rivojlantirishda o‘zbekcha-qozoqcha izohli o‘quv lug‘atlar (rasmli, illyustrativ, audio-vizual)idan amaliy foydalanish samaradorligini asoslashga doir taklif va xulosalaridan 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 6-fevraldagi № 04/1-459 -son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda lug‘at ustida ishlashga o‘rgatish bo‘yicha metodik ta’minot takomillashgan;
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan izohli o‘quv lug‘atlarini tuzish, ularni raqamlashtirishning ta’limiy asoslari, (refleksiya, kreativlik, izlanuvchanlik, taqqoslay olish, hamkorlikda ishlash) ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati, o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini oshirish bilan bog‘liq semantik, stilistik va funksional darajalanish mezonlariga doir taklif va xulosalaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025- yil 6-fevraldagi № 04/1-460-son ma’lumotnomasi). Natijada, izohli illyustrativ lug‘atlar orqali nutqiy kompetensiyani rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari qismi ishlab chiqilgan;
yangi avlod izohli o‘quv lug‘atlarining mazmuni va mohiyatini boyitish, elektron o‘quv lug‘atlari zamonaviy raqamli lug‘atlarni takomillashtirish (raqamli, ko‘rgazmali, rasmli) lug‘at so‘zlarini tanlash va foydalanish metodikasini, baholash tamoyillarini ishlab chiqish faktik materiallarga doir taklif va tavsiyalaridan foydalanilgan (Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 25-fevraldagi 01/11-6-164-son ma’lumotnomasi). Natijada, darsliklar bilan ishlashda izohli illyustrativ lug‘atlar orqali nutqiy kompetensiyani rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlaridan foydalanish qismi ishlab chiqilgan;
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan (ikki tilli, qiyosiy, semantik, mavzuviy) illyustrativ izohli o‘quv lug‘atlarni yaratishga o‘ziga xos antroposentrik, pragmatik jihatlariga doir taklif va tavsiyalaridan ko‘rsatuvlar sifatini oshirishda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-fevraldagi 02-10/201-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limga doir ko‘rsatuvlar ssenariylarining sifatini oshirishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.