Saparniyazova Raxima Maxsetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (8-9-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4182
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Karimbergen Qadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 8–9-sinf o‘quvchilarini texnologiya fani mashg‘ulotlari jarayonida kasb tanlashga yo‘naltirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan mexanizmlar hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Texnologiya fani” ni o‘qitish jarayonida psixomotorik ta’sir ko‘rsatish omillariga (motivatsion, amaliy, faoliyatli) ustuvorlik berish hamda mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minoti va elektron dasturiy vositalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishda ularning kasbiy moyilligi ham qiziqishlarini aniqlashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish bosqichlari ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishda raqamli texnologiyalarga yo‘naltirilgan didaktik modelning maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklari tarkibining texnik obekt va texnologik jarayonlarga mosligi aniqlashtirilgan hamda elektron axborot ta’lim muhitida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
“Texnologiya fani”dan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning erkin kasb tanlashga bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishning interfaol metodlari (“Intellekt”, “FSMU”, “Kasblar olamiga sayohat, Men tanlagan kasb) va raqamli texnologiya (“Kasblar atlasi.uz”, “Profession”, SMART texnologiya)larni effektiv jihatdan samarali qo‘llash asosida tadbiq etish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirishda ularning kasb formulasini (kasb tiplari, kasblar bo‘limi, kasblar turkumi va kasblar guruhlari) tarkib toptirishda raqamli texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish darajasi nostandart topshiriq (testlar, boshqotirmalar, buyumlarning texnologik xaritalari, video topshiriq va h.k.)lar asosida baholangan hamda reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlar asosida natijalar aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
“Texnologiya fani”ni o‘qitish jarayonida psixomotor ta’sir omillariga (motivatsion, amaliy va faoliyatli) ustuvorlik berish, mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minoti va elektron dasturiy vositalardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning kasbiy moyilligi va qiziqishlarini aniqlashda raqamli texnologiyalarni bosqichma-bosqich qo‘llash mexanizmlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, 2025 yil 15 iyul, № 01/11/-10-463-son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalardan “Texnologiya” fani mazmunini transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni mazmuniga singdirilgan;
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishda raqamli texnologiyalarga yo‘naltirilgan didaktik modelning maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklari tarkibining texnik obekt va texnologik jarayonlarga mosligi aniqlashtirilgan hamda elektron axborot ta’lim muhitida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari “Texnikalıq dόretiwshilik hám konstrukciyalaw” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi, 491-son buyrug‘i, 491556 raqamli guvohnoma). Natijada, 8-9-sinf o‘quvchilarining kasb tanlashga yo‘llash tizimi takomillashtirishga erishilgan;
“Texnologiya fani”ning o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning erkin kasb tanlashga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun interfaol metodlar (“Intellekt”, “FSMU”, “Kasblar olamiga sayohat”, “Men tanlagan kasb”) va raqamli texnologiyalar (“Kasblar atlasi.uz”, “Profession”, SMART texnologiyalar)ning samarali qo‘llanilishi mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ushbu takliflar PZ-2014-0912150534 raqamli (“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari”, 2015–2017 yillar) amaliy loyiha doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, 2025 yil 15 iyul, № 01/11/-10-463-son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalardan “Texnologiya” fani mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni mazmuniga singdirilgan;
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashda ularning kasb formulasini (kasb tiplari, kasb bo‘limi, kasblar turkumi va kasblar guruhlari) tarkib toptirishda raqamli texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish darajasi nostandart topshiriq (testlar, boshqotirmalar, buyumlarning texnologik xaritalari, video topshiriq va h.k.) lar asosida baholangan hamda reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlar asosida natijalarni aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadqiqot natijalari asosida “O‘zbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasining funksional talablari, kontent mantiqiy asoslari, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha raqamli yondashuvlar shakllantirildi va ular 2025 yildan boshlab Vazirlikning axborot-kommunikatsiya platformalarida qo‘llanilgan (2025 yil 11 sentyabr, № 01/00-05/13-8491-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ushbu jarayonda ishlab chiqilgan raqamli echimlar (platforma funksionalligi, kontent mantiqiy tuzilishi va kasbga yo‘naltirish algoritmlari) real ta’lim va mehnat bozori sharoitlariga moslashtirilib, yoshlar uchun kasb tanlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirilgan.