Erjanova Venera Kuanıshbaevna 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3972 
Ilmiy rahbar: Saparov Turdibay Tolibaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori (DSc) dotsent;  Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning psixologik-pedagogik xususiyatlari klasterli-komponentli yondashuvning potensiallik darajasini interiorizatsiya va eksterioirzatsiya jarayonlari bilan etnopedagogik ta’sirchanlik mexanizmlarini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash mazmuni auditoriyadan tashqari mashgʻulotlarning pragmatiklik darajasini shaxsga yoʻnaltirilgan va madaniyatshunoslikka doir yondashuvlarga muvofiq bosqichma-bosqich maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash modelining amalga oshirish bloki auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar jarayonida muammoli-nuloqotli, ijtimoiy-loyihaviy, etnopedagogik texnologiyalarning aksiologik potensialini shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir darajasini maqbullashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari integral diagnostik parametrlarga muvofiq tarzda raqamli-dasturiy ta’minotning produktogenlik darajasini an’anaviy yondashuvlar bilan qiyoslash konstruktini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
    talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning psixologik-pedagogik xususiyatlarini klasterli-komponentli yondashuvning potensiallik darajasini interiorizatsiya va eksterioirzatsiya jarayonlari bilan etnopedagogik ta’sirchanlik mexanizmlarini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavisyalardan pedagogika yoʻnalishi uchun “Xalq pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishalb chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-763 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning xalq pedagogikasiga nisbatan qadriyatli munosabatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
    talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash mazmunini auditoriyadan tashqari mashgʻulotlarning pragmatiklik darajasini shaxsga yoʻnaltirilgan va madaniyatshunoslikka doir yondashuvlarga muvofiq bosqichma-bosqich maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy takliflardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829. “Talaba yoshlar ilimiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (2022-2024-yy.) amaliy loyihasining talabalarda ilmiy qadriyatlarga mas’uliyatli munosabatni tarkib toptirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 17-dekabrdagi 04/11-13247-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etishda milliy qadriyatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
    talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash modelining amalga oshirish blokini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar jarayonida muammoli-nuloqotli, ijtimoiy-loyihaviy, etnopedagogik texnologiyalarning aksiologik potensialini shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir darajasini maqbullashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika yoʻnalishi uchun “Xalq pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishalb chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-763 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning etnopedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
    talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini integral diagnostik parametrlarga muvofiq tarzda raqamli-dasturiy ta’minotning produktogenlik darajasini an’anaviy yondashuvlar bilan qiyoslash konstruktini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829. “Talaba yoshlar ilimiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (2022-2024-yy.) amaliy loyihasining talabalarni ilmiy faoliyatini amalga oshirishning aksiologik jihatlari qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 17-dekabrdagi 04/11-13247-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ilmiy-pedagogik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish