Egamberdieva Muqaddas Gupronqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish
metodikasini takomillashtirish” 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD-Ped8513
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shirbacheeva Gulchehra Shakirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05
Rasmiy opponentlar: Abidova Nilufar Zakirovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Berdialieva Gulasal Abduqunduzovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari fikrlash qobiliyatlarini ijodiy obrazlarga improvizatsiyalash, voqea-syujetlarni o‘z-o‘zini namoyon etish funksiyalariga yo‘naltirishni dinamik baholash asosida aniqlangan;
multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish modeli nutqiy faollik va lug‘at boyligini shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, innovatsion yondashuvlarga mos uyg‘unlashtirish, hamkorlikda o‘qitishni raqamli resurslar mazmuniga implementatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
multimedia vositasi asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasi yosh xususiyatlarini individuallashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan syujetli vositalarga konsolidatsiyalash (birlashtirish), ta’lim mazmunini “Kichik faylasuf”, “Hissiy hikoya qilish”, “Raqamli texnologiya bilan ijod”, “Rasmli konstruksiya” metodlarga simulyasion (video) modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish samaradorligini nutqiy faolligini integrativ, rolli va syujetli texnologiyalarni qo‘llash muhimligi tufayli ta’lim jarayonini bosqichli (motivatsiya, tushintirish, amaliy faoliyatli, taxlil va baholash) tashkil etish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari fikrlash qobiliyatlarini ijodiy obrazlarga improvizatsiyalash, voqea-syujetlarni o‘z-o‘zini namoyon etish funksiyalariga yo‘naltirishni dinamik baholashga oid takliflar “Bolalarning nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6006/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, multimedia asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish modeli nutqiy faollik va lug‘at boyligini shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, innovatsion yondashuvlarga mos uyg‘unlashtirish, hamkorlikda o‘qitishni raqamli resurslar mazmuniga implementatsiyalashga oid tavsiyalar “Bolalarning nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6006/04-sonli dalolatnomasi). Natijada bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan;
multimedia vositasi asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasi yosh xususiyatlarini individuallashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan syujetli vositalarga konsolidatsiyalash (birlashtirish), ta’lim mazmunini “Kichik faylasuf”, “Hissiy hikoya qilish”, “Raqamli texnologiya bilan ijod”, “Rasmli konstruksiya” metodlarga simulyasion (video) modellashtirishga oid takliflar “Bolalarning nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6006/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, multimedia asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan ;
multimedia vositalari asosida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish samaradorligini nutqiy faolligini integrativ, rolli va syujetli texnologiyalarni qo‘llash muhimligi tufayli ta’lim jarayonini bosqichli (motivatsiya, tushintirish, amaliy faoliyatli, taxlil va baholash) tashkil etish asosida oshirilishiga oida tavsiyalar “Bolalarning nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6006/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish metodikasining samaradorligini aniqlashga maqbul sharoit yaratilgan.