Teshaev Muhsin Xudoyberdievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qattiq jismlardan tashkil topgan dissipativ mexanik sistemaning tebranishlari nazariyasi va hisoblash usullarini rivojlantirish», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi va 01.02.01–Nazariy mexanika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2018.2.DSc/FM115.

Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018.T/FM.61.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Korshunova Natal`ya Aleksandrovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlonov To‘lqin, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Sharofiddin, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: garmonik (yoki statsionar bo‘lmagan) yuklanishlar ta’siridagi yig‘ilgan massali, nuqtaviy tayanchli yupqa devorli plastina va qobiqlardan tashkil topgan dissipativ mexanik sistemalar tebranishlari nazariyasini boshqarishni hisobga olgan holda analitik va sonli tahlil qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qattiq jismlardan hosil qilingan qovushqoq-elastik mexanik sistemalar  dinamikasi masalalarining (passiv va aktiv boshqarish) nazariyasi sistemaga yig‘ilgan massalar, nuqtaviy bog‘lanishlar qo‘yilganda har xil chegaraviy shartlarini hisobga olgan holda umumlashtirilgan;

mexanik sistemaning turg‘unligini hisobga olgan holda servobog‘lanish reaksiya kuchlari strukturasini qidirish algoritmini qovushqoq-elastik  mexanik tizimlarga qo‘llab energiya intensivligini  aktiv boshqarish uslubi ishlab chiqilgan;

mexanik sistemaning qovushqoq-elastikligini hisobga olgan holda qattiq va deformatsiyalanuvchan jismlardan hosil qilingan qovushqoq-elastik mexanik sistemaning energiyaning eng katta so‘ndirish qobiliyatini ta’minlovchi parametrlarini  aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;

mexanik sistemaning qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini ifodalovchi parametrlarni va geometrik o‘lchamlarni tanlash hisobiga rezonans tebranma harakatlar amplitudasini kamaytirish uslublari ishlab chiqilgan;

elektromexanik raqamli kuzatuvchi sistema qurish orqali aktiv boshqarish maqsadini amalga oshirish uslubi ishlab chiqilgan;

muayyan oraliqda mexanik sistemaning qovushqoq-elastikligini hisobga olgan holda ikkinchi global formaning o‘zgarmaslik effekti sistema geometrik va fizik-mexanik parametrlarining ba’zi qiymatlarida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 Qattiq jismlardan tashkil topgan dissipativ mexanik sistemalar tebranishlari nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari, algoritm va dasturlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:

mexanik sistemani tashkil etuvchi elementlar turli fizik-mexanik xarakterli materiallardan tashkil topganligini (dissipativ bir jinslimas sistema) ta’minlash usuli 294G12-370/25-56M1 kompressor gaz qayta haydash qurilmasining amplitudasini pasaytirish uchun qurilmani o‘rnatish jarayoniga joriy etilgan («O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 14 avgustdagi 02-10-1702/6364-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi inshootning mustahkamlik zaxirasini 1,5 martaga oshirish imkonini bergan;

dissipativ bir jinslimas mexanik sistemalar rezonans amplitudasini pasaytirish usuli  rotorining vibroko‘chishlari ko‘lami chastotaning ishchi diapazoni 66,25, ...,92,75 c-1 va 60 mkm dan katta bo‘lmaganda  294G12-370/25-56M1 kompressor gaz qayta uzatish agregati rezonans amplitudasi va shovqinini kamaytirish uchun dinamik hisob ishlariga joriy etilgan («O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 14 avgustdagi 02-10-1702/6364-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi gaz qayta haydash agregati rezonans amplitudasini 1,6 martaga kamaytirish imkonini bergan;

qattiq jismlardan tashkil topgan dissipativ bir jinslimas mexanik sistemalar dinamikasi masalalarini echishning usullari «Del`ta robot dinamikasini matematik, kompyuter va tabiiy modellashtirish» xorijiy grantida erkin va majburiy tebranishlarni sistemaning geometrik va fizik-mexanik parametrlariga, shuningdek chegaraviy shartlarga bog‘liq ravishda aniqlashda foydalanilgan (Moskva davlat oziq-ovqat universitetining 2018 yil 21 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi yuklama ostida va yuklamasiz manipulyatorning ushlab olishini sonli modellashtirish imkonini bergan;

energiya dissipatsiyasining intensiv bo‘lishi effekti va bu intensivlik sohasini aniqlash usuli F-4-23 raqamli «Elastiklik nazariyasining dinamik masalasi uch o‘lchamli bo‘lak-bo‘lak jinslardan iborat bo‘lgan uzluksiz yarim fazoda harakatlanuvchi yukdan hosil bo‘ladigan to‘lqinlarning tarqalishini tadqiq qilish» fundamental loyihada (2012-2016) uch o‘lchamli dissipativ bo‘lak-bo‘lak jinslardan iborat bo‘lgan uzluksiz yarim fazoda harakatlanuvchi yukdan hosil bo‘ladigan to‘lqinlarning dissipatsiyasi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 89-03-2516-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi uch o‘lchamli dissipativ bo‘lak-bo‘lak jinslardan iborat bo‘lgan uzluksiz yarim fazoda harakatlanuvchi yukdan hosil bo‘ladigan to‘lqinlarning dissipatsiyasi yuqori bo‘ladigan sohalarda to‘lqin  amplitudalarini intensiv so‘ndirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish