Mirzabaev Jamshid Irkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada turistik xizmatlar va mahsulotlar bozorini rivojlantirish” 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlar iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5690
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Po‘latov Muhiddin Egamberdievich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliev Iskandar Suyunovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Eshtaev Alisher Abdug‘anievich
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
mintaqada turistik xizmatlar va mahsulotlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“turistik xizmatlar” va “turistik mahsulot” tushunchalari bo‘yicha mavjud nazariy yondashuvlar, ilmiy manbalar va amaliy kuzatuvlar tahlili asosida, turizm sohasining funksional xususiyatlari, turist ehtiyojlarining dinamikasi hamda ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘zaro aloqalari qonuniyatlarini inobatga olgan holda, ushbu kategoriyalarning mazmun-mohiyatini to‘la qamrab oluvchi takomillashgan mualliflik ta’riflari ishlab chiqilgan;
turistik mahsulotlar va xizmatlar sifatiga ta’sir qiluvchi omillar tizimli tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatishning tezligi va aniqligi, xodimlarning kasbiy malakasi, xavfsizlik standartlariga rioya etilishi, xizmatning barqarorligi va ishonchliligi, sanitariya-gigiena me’yorlari, to‘lov xizmatlarining qulayligi hamda turistik axborotning ochiqligi va shaffofligidan iborat bosh komponentlar tavsiya qilingan;
mavsumiy cheklovlarni kamaytirish maqsadida yil davomida amal qiladigan turlarni tashkil etish, milliy an’analar va madaniy merosga asoslangan immersiv mahsulotlar yaratish kabilarni o‘z ichiga olgan, turistik bozorda talabning o‘zgaruvchanligi, turistlar ehtiyojlarining xilma-xilligi va hududiy resurslar salohiyatini chuqur tahlil qilish asosida turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy jihatdan asoslangan;
Samarqand viloyatida turistik xizmatlar hajmining 2010 – 2024-yillardagi dinamikasi asosida 2025 – 2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada turizm xizmatlari va mahsulotlari bozorini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“turistik xizmatlar” va “turistik mahsulot” tushunchalari bo‘yicha mavjud nazariy yondashuvlar, ilmiy manbalar va amaliy kuzatuvlar tahlili asosida, turizm sohasining funksional xususiyatlari, turist ehtiyojlarining dinamikasi hamda ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘zaro aloqalari qonuniyatlarini inobatga olgan holda, ushbu kategoriyalarning mazmun-mohiyatini to‘la qamrab oluvchi takomillashgan mualliflik ta’riflari 61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan “Xalqaro turizm” nomli darslikka kiritilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2025-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli qarori, 296-31/10 raqamli guvohnoma). Ushbu ta’riflar turizm sohasining funksional xususiyatlari, turist ehtiyojlarining dinamikasi va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini qamrab olgan holda, ta’lim jarayonida turizm kategoriyalarini aniq va zamonaviy talqinda o‘rgatish imkonini yaratgan;
turistik mahsulotlar va xizmatlar sifatiga ta’sir qiluvchi omillar tizimli tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatishning tezligi va aniqligi, xodimlarning kasbiy malakasi, xavfsizlik standartlariga rioya etilishi, xizmatning barqarorligi va ishonchliligi, sanitariya-gigiena me’yorlari, to‘lov xizmatlarining qulayligi hamda turistik axborotning ochiqligi va shaffofligidan iborat bosh komponentlar Samarqand viloyati turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasining 2026-yil 13-yanvardagi 03-17/310-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tarkibiy yo‘nalishlarni amaliyotga joriy etish natijasida xizmatlar sifatini nazorat qilish tizimi takomillashtirildi, turistlar qoniqish darajasi yuqoriladi, xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati muayyan standartlar asosida muvofiqlashtirildi hamda hududiy turistik mahsulotning raqobatbardoshlik imkoniyatlari kengaydi;
mavsumiy cheklovlarni kamaytirish maqsadida yil davomida amal qiladigan turlarni tashkil etish, milliy an’analar va madaniy merosga asoslangan immersiv mahsulotlar yaratish kabilarni o‘z ichiga olgan, turistik bozorda talabning o‘zgaruvchanligi, turistlar ehtiyojlarining xilma-xilligi va hududiy resurslar salohiyatini chuqur tahlil qilish asosida turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari Samarqand viloyati turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasining 2026-yil 13-yanvardagi 03-17/310-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur diversifikatsiya yondashuvlari hududda turistik taklifning barqarorligini ta’minlab, mavsumiylikka bog‘liq xavflarni kamaytirish, mahalliy turistik mahsulotning jozibadorligini oshirishga yordam bergan;
Samarqand viloyatida turistik xizmatlar hajmining 2010 – 2024-yillardagi dinamikasi asosida 2025 – 2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati turizm boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasining 2026-yil 13-yanvardagi 03-17/310-sonli ma’lumotnomasi). Prognozning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatida turistik xizmatlar xajmi polinimial model bo‘yicha 2029-yilga borib 2,0 barobarga oshishi bashorat qilingan.