Meliev Xudodyor Toshqobil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Maishiy xizmatlar sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand shahri misolida)”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4361
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Sharifov Shuhrat Saidaxmedovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Qarshi davlat texnika universiteti iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ergashev Raxmatilla Xidirovich; “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nasimov Dilmurod Abdulloevich
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
innovatsion iqtisodiyoti sharoitida maishiy xizmat koʻrsatishni sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy xizmatlar sifat darajasini kompleks baholashda mijoz qoniqishi (mqi), kutilmalari (xki), xizmatlar sifat nazorati (sni), tezligi (xkti), xodim malakasi (xmi) va xizmatlar diversifikatsiyasi (xdi)ni qamrab oluvchi integrallashgan indekslar tizimi takomillashtirilib, ilmiy asoslandi;
maishiy xizmatlar sifatini raqamli texnologiyalar, modulli boshqaruv tizimi, iqtisodiy rag‘batlantirish vositalari va iste’molchilar bilan o‘zaro hamkorlik strategiyalarini integratsiya qilish natijasida tashkiliy-iqtisodiy mexanizm takomillashtirilgan;
respublika hududlarida maishiy xizmat ko‘rsatishni unumdorlik, natijadorlik, rentabellik va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish hamda xarajatlarni optimallashtirishga yo‘naltirilgan “Maishiy xizmatlar klasteri” modeli ishlab chiqilib, uning samaradorlikni ta’minlanishi asoslangan;
“O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi ustuvor maqsadlaridan kelib chiqib, Samarqand viloyatida maishiy xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib, maishiy xizmatlar hajmini oshirish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va parametrlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maishiy xizmatlar sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy xizmatlar sifat darajasini kompleks baholashda mijoz qoniqishi (mqi), kutilmalari (xki), xizmatlar sifat nazorati (sni), tezligi (xkti), xodim malakasi (xmi) va xizmatlar diversifikatsiyasi (xdi)ni qamrab oluvchi integrallashgan indekslar tizimi takomillashtirilib, ilmiy asoslanganlik bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini amaliy natijalarini bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini 2025-yil 6-martdagi 04-08-2498-son ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy xizmatlar sifatini tizimli ravishda yaxshilash, xarajatlarni optimallashtirish, mijozlarning qoniqishini maksimal darajaga ko‘tarish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
maishiy xizmatlar sifatini raqamli texnologiyalar, modulli boshqaruv tizimi, iqtisodiy rag‘batlantirish vositalari va iste’molchilar bilan o‘zaro hamkorlik strategiyalarini integratsiya qilish natijasida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PQ-10-son “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ustuvor maqsadlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini 2025-yil 6-martdagi 04-08-2498-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi, maishiy xizmatlar sifatini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va mijozlarning qoniqishini eng yuqori darajaga ko‘tarishga olib kelgan.
respublika hududlarida maishiy xizmat ko‘rsatishni unumdorlik, natijadorlik, rentabellik va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish hamda xarajatlarni optimallashtirishga yo‘naltirilgan “Maishiy xizmatlar klasteri” modeli ishlab chiqilib, uning samaradorlikni ta’minlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning istiqbolli maqsadlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini 2025-yil 6-martdagi 04-08-2498-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif, respublika hududlari bo‘yicha xizmatlar samarali taqsimlanishi, boshqarilishi, xodimlar, texnika va moliyaviy resurslar hududlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi hamda soha faoliyatini 10-15 foiz chegarasida rivojlantirish imkoniyati asoslanib berilgan.
“O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi ustuvor maqsadlaridan kelib chiqib, Samarqand viloyatida maishiy xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib, maishiy xizmatlar hajmini oshirish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmonida keltirilgan maqsadlarni amalga oshirishda qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini 2025-yil 6-martdagi 04-08-2498-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy xizmatlarni strategik rejalashtirish, xizmatlar hajmi va sifatini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va barqaror va prognozlangan rivojlanish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish