Mannopova Muazzamxon Sultonbekovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Meva-sabzavotchilik klasterlarini boshqarishda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”  ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3340
 Ilmiy rahbar: Xalmatjanova Gulchexra Djurabaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.07.02.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova  Nodira Jumaboy qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha  falsafa doktori, dotsent.  
Yetakchi  tashkilot:  Namangan  davlat  universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy  va  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda meva-sabzavotchilik klasterlarini boshqarishning tashkiliy jihatlarini  takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilik korxonalarida mahsulot turlarini kengaytirish zarurati, yangi hududiy bozorlarni, savdo kanallarini egallash, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish yoki to‘ldirish maqsadida yangi texnologiyalarni xarid qilish hamda sinergetik ta’sirdan foyda olish uchun qo‘shimcha aktivlarni sotib olish kabi munosabatlarni birlashtirish va boshqarish orqali meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining firmalararo hamkorlik o‘rnatish motivlari asoslangan;  
hududlarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan xom-ashyoni etishtirishdan uni qayta ishlash, tayyor mahsulot va iste’molchilargacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi hududiy meva-sabzavot mahsulotlarini  qayta  ishlash  korxonalari  klasterini  tashkil etish asoslangan;
boshqaruv jarayonlarini baholashda iste’molchilar bilan munosabatlar majmui hamda yuqori iste’mol qiymati uning raqobatda ustunligini ta’minlashda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini klasterlash tizimida  ichlab chiqarish va iste’molchi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimi takomillashtirilgan;
ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmi, eksport qilingan meva -sabzavot mahsulotlari qiymati, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida bandlar soni, qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmida kichik biznes ulushining o‘zgarishi kabi omillarning korrelyasion-regression tahlili asosida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining  2029-yilga qadar prognoz   ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotchilik klasterlarini boshqarishda  tashkiliy-iqtisodiy  mexanizmlarini  takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
meva-sabzavotchilik  korxonalarida  mahsulot  turlarini  kengaytirish  zarurati, yangi  hududiy  bozorlarni, savdo kanallarini egallash, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish yoki to‘ldirish maqsadida yangi texnologiyalarni xarid qilish hamda sinergetik ta’sirdan foyda olish uchun qo‘shimcha aktivlarni sotib olish  kabi  munosabatlarni  birlashtirish  va  boshqarish  orqali meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining firmalararo hamkorlik o‘rnatish motivlari asoslangan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tabiiy, iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy shart-sharoitlarni birlashtirish asosida hududiy  klasterining samarali rivojlanish tizimi va maqsadli tarkibi aniqligi  9-11 foizga ortgan;  
hududlarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan xom-ashyoni etishtirishdan uni qayta ishlash, tayyor mahsulot va iste’molchilargacha qo‘shilgan  qiymat zanjirini yaratuvchi hududiy meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari klasterini tashkil etish asoslangan.Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’mol bozorida ishlaydigan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining boshqaruv samaradorligi va raqobatbardoshligini baholash aniqligi 2 barobarga ortgan; 
boshqaruv  jarayonlarini baholashda iste’molchilar bilan munosabatlar majmui hamda yuqori iste’mol qiymati uning raqobatda ustunligini ta’minlashda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini klasterlash tizimida  ichlab chiqarish va iste’molchi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimi takomillashtirilgan. Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy, mintaqaviy, mahalliy darajadagi tashkiliy va iqtisodiy boshqaruv vositalarini ilmiy yondashuvlar va tamoyillarni birlashtirish orqali meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqaruv samaradorligi ortishi dalillangan
ishlab chiqarilgan meva-sabzavot  mahsulotlari hajmi, eksport qilingan meva- sabzavot  mahsulotlari qiymati, qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘ida  bandlar soni, qishloq xo‘jaligi  mahsuloti  hajmida  kichik  biznes  ulushining o‘zgarishi kabi omillarning  korrelyasion-regression  tahlili  asosida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari  ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro darajada umumiy sifat yuqori bo‘lgan chiziqsiz modelga asoslangan, Farg‘ona viloyatidagi klasterlashtirish jarayonida to‘liq qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 2029-yilgacha  bo‘lgan ko‘p omilli bog‘lanishlar asosidagi tahlillar negizida ko‘rsatilgan omillar samaradorligini oshirgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 2029-yilgacha bo‘lgan tafovut oralig‘i 0,26 foiz diapazonga teng  maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish