Rahmonova Feruza Bahromjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1324 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Abumalikov Abdulatif Abidjanovich
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti professori, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor Abduraxmonova Manzura Manofovna, O‘zbek-Finlyandiya pedagogika universiteti rektori, falsafa fanlari doktori (DSc), professori  Negmatova Shaxzoda Shuxratovna.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
  xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy, pedagogik-psixologik va sotsiologik omillarini aniqlashtirish orqali jamiyatda tazyiq va zo‘ravonliklarga murosasizlik muhiti ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
  gender tenglikni ta’minlashda o‘zbek xalqining milliy mentalitet xususiyatlarini hisobga olish, jamiyatdagi mavjud odatlar, ayollar uchun eskidan qolib kelayotgan turli cheklovlar yo‘qotish, turli ijtimoiy stereotiplarga murosasizlik muhitini yaratishning tarziq va zo‘ravonliklarni bartaraf etishdagi ahamiyati asoslangan;
  oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi kurashda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning oila va jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ta’limiy-tarbiyaviy va profilaktik vazifalari ochib berilgan;
  xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ayol ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini hayotga tatbiq etish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishning oilaviy zo‘ravonliklarni kamaytirishdagi samaradorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlariga oid taklif va xulosalaridan Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishiga oid targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora tadbirlar 25-bandi Ta’lim muassasalarida va mahallalarda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ijtimoiy so‘rovnoma Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 17 maydagi 02/02/1095 sonli dalolatnomasi). Natijada ijtimoiy hayotdagi noaniq o‘zgarishlar manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olishga olib kelishi sababli adolatli ijtimoiy siyosatni tashkil etuvchi jamoaviy nazorat, demokratik boshqaruv, kabi falsafiy paradigmalarning dinamik xarakterini ochib berishga  xizmat qilgan;
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish joriy etish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son, 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son  Farmoni  asosida Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasining Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishga doir o‘tkazilgan “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari” nomli qo‘llanmasini o‘rganishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari Rejasini ishlab chiqishda foydalanildi. (Farg‘ona viloyati intelektual mulk himoya markazining 2022-yil 13 apreldagi 12/1-5-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy javobgarlik muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini hosil qilish, jamiyatni tashkil etuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi sotsial kataklizmlar (bo‘hronlar)ni oqilona hal etishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimi hamda ma’naviy –mar’ifiy ishlar samaradorligini oshirishda oila va xotin-qizlarning faoliyatini shakllantirishning zamonaviy innovatsion usullarini joriy etishga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar Farg‘ona viloyat kengashining “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda oila va xotin-qizlarning faoliyati vazifalari” nomli bir haftalik seminar-trening Dasturi va tarqatma materiallarini tayyorlashda samarali foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar Farg‘ona viloyat kengashining 2024-yil 11 apreldagi 04-13/424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va talaba-yoshlarda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida sifatli ta’limning o‘rni va ijtimoiy ahamiyatiga doir bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda atributiv kategoriyalar (huquqiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy ishtirok, ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy birdamlik)ni rivojlantirishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimida xotin-qizlarni taziyq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning  ijtimoiy ta’sir etuvchi, murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ta’sir mexanizmlarini ishlab chiqish va yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishning zamonaviy innovatsion usullarini joriy etishga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashining “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda yoshlar ittifoqining faoliyati vazifalari” nomli uchrashuv ssenariysini ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 11-mart  martdagi 04-13/424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va talaba-yoshlarda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida sifatli ta’limning o‘rni va ijtimoiy ahamiyatiga doir bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda atributiv kategoriyalar (huquqiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy ishtirok, ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy birdamlik)ni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish