Ablazov Elyorbek Erkinjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar mediamadaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari» mavzusidagi 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal895
Ilmiy rahbar: Iymanova Dilafruz Abdimannobovna tarix fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02
Rasmiy opponentlar: Absattorov Baxtiyor Mamarasulovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Yunusova Manzura Pazliddinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqodning maqsadi Yoshlar mediamadaniyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-falsafiy jihatarni tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mediamadaniyatning ijtimoiy, axloqiy, aksiologik dimensiyalari shaxsning jamiyatdagi roli, axloqiy me’yorlari, qadriyatlari va mo‘ljallarini aniqlash orqali jamiyat madaniyati, axloqiy qadriyatlar va raqamli tafakkurning bog‘liqligi, shaxs va jamiyat ongini shakllantirish, madaniy identitet va ma’naviy refleksiya jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar asoslab berilgan;
zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari va media vositalarining jamiyat ongiga ta’siri sinergetik va integratsion yondashuv asosida tahlil qilinib, mediamadaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi roli, ijtimoiy tizimlar bilan integratsiyasi jamiyatdagi axloqiy me’yorlarni mustahkamlash, uning jamiyat taraqqiyotidagi transformativ ahamiyati falsafiy kategoriyalar orqali ochib berilgan;
ta’lim jarayonida media vositalari va raqamli resurslarning sotsial-antropologik ahamiyati tahlil qilinib, mediamadaniyat inqirozini bartaraf etuvchi ijtimoiy-madaniy mexanizmlari yoshlarning tanqidiy fikrlashi, madaniy identifikatsiyasining ijtimoiy indikatorlari aniqlangan;
O‘zbekistonda milliy mediamadaniyatni shakllantirish, boshqarish va mediafalsafaning ijtimoiy integratsiyasini fanlararo yondashuv orqali aniqlanib, yoshlar intellektual salohiyatini va ma’naviy refleksiyasini rivojlantiruvchi innovatsion-falsafiy paradigmalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar mediamadaniyatini rivojlantirishni ta’minlashda mediamadaniyatning o‘rnini o‘rganish asosida:
O‘zbekistonda mediata’lim tizimning kommunikasiya va mediapedagogik texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish, shu bilan birga uning oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan on-line va off-line muloqot, o‘zaro tajriba almashish, motivasion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv, forumlar, milliy ta’lim platformasi, intellektual karta, veb kvest asosida ishlab chiqilgan madaniy indikatorlarini ochib berilgan xulosa va tavsiyalar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Elektron hukumat markazi faoliyatini tartibga soluvchi Nizomini ishlab chiqishda dissertasiyadagi natijalardan faodalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 6 yanvardagi 02/02-02-5 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida mediamadaniyatning rivojlanish omillari” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlanib, nashr etildi. Bu esa oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlarning nazariy boyitilishiga va o‘quv samaradorligining ortishiga xizmat qildi;
raqamli jamiyatda mediamadaniyatning shaxs ongiga ta’siri sinergetik yondashuv asosida tahlil qilinishi natijalari milliy axborot makonida ma’naviy-tarbiyaviy kontentni shakllantirishda qo‘llanildi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan konseptual tavsiyalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda nazariy asos sifatida xizmat qildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-yanvardagi 06-311-62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mediakontent orqali davlat siyosatining strategik yo‘nalishlarini yoshlar ongida tizimli ravishda ifoda etish, milliy identifikatsiya va ma’naviy refleksiya jarayonlarini mustahkamlash imkoniyati yaratildi;
mediafalsafaning ijtimoiy integratsiyasiga oid ishlab chiqilgan nazariy model asosida milliy mediamadaniyatni boshqarish va uning yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni aniqlashtirildi. Mazkur konsepsiya fanlararo yondashuv asosida o‘quv-uslubiy ta’minotga joriy qilinib, “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida mediamadaniyatning rivojlanish omillari” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlandi va nashr etildi (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 6-yanvardagi 02/02-02-5-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuni mediamadaniy kategoriyalar bilan boyitildi, yoshlarda raqamli tafakkur, ma’naviy refleksiya va aksiologik ongni uyg‘un rivojlantirishga xizmat qiluvchi uslubiy tizim shakllantirildi:
mediamadaniyat inqirozini bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-madaniy mexanizmlar (tanqidiy fikrlash, madaniy identifikatsiya, ma’naviy refleksiya) asosida ishlab chiqilgan takliflar umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish dasturiga kiritildi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan konseptual tavsiyalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Muloqot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda nazariy asos sifatida xizmat qildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-yanvardagi 06-311-62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida media resurslardan foydalanish faqat texnik vosita emas, balki axloqiy va qadriyaviy tarbiya muhiti sifatida qaralishi amaliyotga tatbiq etildi.