Gadoev Dadaxon Xayrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Buxoro masjidlari tarixi (1920-1991)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar 608.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Komiljon Rahmatovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Mazkur dissertatsiyaning asosiy maqsadi Buxoroda 1920-yildan to 1991-yilgacha bo‘lgan davr mobaynidagi masjidlar faoliyatini birlamchi manbalar asosida ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BXSR Maorif nozirligi tomonidan tashkil etilgan Tarix va osori-atiqa anjumani faoliyati doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida Buxoro shahrining tarixiy-madaniy merosi, xususan, tarixiy yodgorliklar hamda diniy inshootlarni o‘rganish va hujjatlashtirish jarayoni tahlil qilinib, tadqiqot natijasida anjuman a’zosi Muso Saidjonov tomonidan Buxoro masjidlari bo‘yicha dastlabki katalog tuzilganligi aniqlanib, mazkur katalogda diniy va dunyoviy me’morchilik obidalari tizimli ravishda qayd etilgani hamda bu ish Buxoroning me’moriy merosini ilmiy asosda ro‘yxatga olish va saqlash yo‘lidagi dastlabki ilmiy urinishlardan biri bo‘lganligi manbalar asosida dalillangan;
BXSR Maorif xalq nozirligi huzurida “Avqof” nomli vaqf boshqarmasi tashkil etilgani, ushbu boshqarma diniy hamda madaniy-ma’rifiy vaqf mulklarini ro‘yxatga olish, boshqarish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga mas’ul bo‘lganligi, shuningdek, vaqf mulklari tarkibi ikki asosiy guruh - diniy vaqflar masjidlar, mozorlar, maqbaralar, xonaqohlar hamda madaniy-ma’rifiy vaqflar madrasa, maktab, kasalxona, hovuz, ko‘prik va yo‘l kabi inshootlarni o‘z ichiga olganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar ochiqlangan;
Sovet hukumatining noto‘g‘ri diniy siyosati tufayli Buxoroda ham ko‘plab masjidlar faoliyati tugatilib, ularning katta qismi buzib yuborilganligi, jumladan Buxoro shahridagi Mir Do‘stim masjidi klubga aylantirilganligi, Xazrati Mir qishlog‘idagi uch masjid g‘ishtlarini klub va qizil choyxona qurishga ishlatilganligi, shahar markazidagi uch yuz yillik tarixga ega Xudoyor otaliq masjidi yopilib mol-mulki sotilib, masjidning o‘zi omborxona sifatida ishlatilganligi, keyinchalik mazkur masjid otxonaga aylantirilganligi, Masjidi Kalon g‘alla omboriga, Mir Ibrohim masjidi shirkatchilar tasarrufiga, Mavlono Sharif masjidi esa shahar muhandislari idorasi ixtiyoriga, Arabon masjidining tahoratxonasi novvoyxona shirkatiga topshirilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar aniqlangan;
Sovet hukumati tomonidan olib borilgan sekulyarizatsiya va Ateistik siyosat tufayli islomiy muassasalarning ayniqsa masjidning jamiyat hayotidagi o‘rnini susaytirishga qaratilgan izchil va tizimli choralar bilan kechganligi, masjidlar diniy markaz sifatida emas balki mafkura va nazorat ostidagi obektga aylantirilganligi va ularning faoliyati cheklab qo‘yilganligi, shunga qaramay masjidlar to‘liq barham topmaganligi aksincha ular kuchli bosim sharaoitida ham moslashuvchanlikligi mahalliy ma’murlarning fidoyiligi va diniy an’analarining ichki kuchi tufayli faoliyatini davom ettirganligi aniq ma’lumotlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro masjidlari tarixi (1920-1991) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XX asr boshlarida sovet hokimiyatining ateistik siyosati natijasida buzib tashlangan masjidlar Buxoroning tarixiy-madaniy merosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi qayd etilib, Muso Saidjonov tomonidan Buxoro masjidlari bo‘yicha tuzilgan katalog ushbu masjidlarning joylashgan o‘rni hamda ularning nomlarini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlaridan “Ijtimoiy sheriklik doirasida qabristonlar, muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy, targʻibot-tashviqot tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish” nomli Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash granti doirasida amalga oshirilgan targʻibot materiallari (risola, maqolalar to‘plami)ni tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro merosi ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 23-apreldagi 7-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy-nazariy natijalar Buxorodagi masjidlarning o‘rnini aniqlash, ularning tarixiy qiyofasini tiklash, shuningdek, Buxoro me’moriy obidalariga doir bilimlarning boyishiga xizmat qilgan;
BXSR Maorif xalq nozirligi huzurida faoliyat yuritgan “Avqof” nomli vaqf boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, diniy-ma’rifiy muassasalar orasida masjidlarga mulk vaqf etish yetakchi o‘rinni egallaganligi, ta’sis etilgan vaqflarning qariyb 60 foizi masjidlar ulushiga to‘g‘ri kelganligi, shuningdek, O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan er-suv islohoti natijasida vaqf mulklarining tugatilgani, buning oqibatida masjidlar moddiy manbadan mahrum bo‘lib, ularning ko‘pchiligi o‘z faoliyatini to‘xtatganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan Mir Arab oliy madrasasining “Islom tarixi” fanini o‘qitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi 2023-yil 6-iyundagi 1678-ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar madrasada o‘qitish sifatini oshirish, hamda talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini oshirishga xizmat qilgan;
Sovet hukumatining noto‘g‘ri diniy siyosati tufayli Buxoroda ham ko‘plab masjidlar faoliyati tugatilib, ularning katta qismi buzib yuborilganligi, Buxoro shahridagi Mir Do‘stim masjidi klubga aylantirilganligi, Xazrati Mir qishlog‘idagi uch masjid g‘ishtlarini klub va qizil choyxona qurishga ishlatilganligi, shahar markazidagi uch yuz yillik tarixga ega Xudoyor otaliq masjidi yopilib mol-mulki sotilib, masjidning o‘zi omborxona sifatida ishlatilganligi, keyinchalik mazkur masjid otxonaga aylantirilganligi, Masjidi Kalon g‘alla omboriga aylantirilganligi, Mir Ibrohim masjidi shirkatchilar tasarrufiga, Mavlono Sharif masjidi esa shahar muhandislari idorasi ixtiyoriga, Arabon masjidining tahoratxonasi novvoyxona shirkatiga topshirilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 12-yanvardagi 06-31-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar teletomoshabinlarning yurtimiz me’moriy yodgorliklari haqidagi ta’savvurlarning kengayishiga xizmat qilgan.
Sovet hukumati tomonidan olib borilgan sekulyarizatsiya va Ateistik siyosat tufayli islomiy muassasalarning ayniqsa masjidning jamiyat hayotidagi o‘rnini susaytirishga qaratilgan izchil va tizimli choralar bilan kechganligi haqidagi ma’lumotlar, hamda masjidlar diniy markaz sifatida emas balki mafkura va nazorat ostidagi obektga aylantirilganligi haqidagi ma’lumotlaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 12-yanvardagi 06-31/63-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar teletomoshabinlarning o‘zlikni anglash, moddiy va ma’naviy merosimiz bilan bog‘liq bilimlarning oshishiga xizmat qilgan.