Tishabaev Alisher Maxamatdjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi (1991–2019-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar772.
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich – tarix fanlari doktori, Bobojonova Dilorom Bobojonovna – tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat  universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991−2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi jismoniy tarbiya, sportning rivojlanish jarayonlarini tarixiylik aspektida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
istiqlol yillari mobaynida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya, sportni taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining birinchi navbatda yoshlarni jismonan va ruhan etuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgani, bu soha aynan to‘rt asosiy yo‘nalishlarda rivojlantirilgani, ya’ni u ommaviy, bolalar, xotin-qizlar hamda yuqori natijalar sportidan iborat ekanligi ochib berilgan;
respublika viloyatlarida faoliyat ko‘rsatgan ta’lim muassasalarini sohaga doir malakali mutaxassis sportchi kadrlar bilan ta’minlashdagi o‘zgarishlar, yutuqlar bilan birga, o‘quvchilar va maktablar soni ortishi barobarida kadrlar etishmovchilishi sezilganligi, Andijon va Farg‘ona viloyatlariga qarashli chekka tumanlarning boshlang‘ich sinflarida 1991−1998-yillar mobaynida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tanqisligi, bu holat tufayli nomutaxassislarning dars mashg‘ulotlari o‘tkazishi oqibatida kichik yoshdagi o‘quvchilarni fandan bilim olishidagi mavjud “to‘siq” bo‘lganligi aniqlangan;
mamlakat sportchilarning yuqori natijalar sporti bo‘lgan xalqaro Olimpiya o‘yinlari hamda o‘tkazilgan jahon, Osiyo chempionatlari va o‘yinlari, xalqaro sport musobaqalarda ishtirok etishi natijasida jahondagi nufuzli arenalarda yuksak mukofot − chempionlikni qo‘lga kiritishi tufayli dunyoga mashhur bo‘lganligi, bu boradagi amaliy sa’y-harakatlarning tobora milliy iftixor ramziga aylanib borganligi, Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonliklar ilk marotaba 1994-yildan e’tiboran qatnashishni qo‘lga kiritganligi, bu yutuqlar va muvaffaqiyatlar evolyusiyasining yildan-yilga o‘sib borish dinamikasi asoslangan;
aholi o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan milliy, harakatli o‘yinlarni xalq salomatligini muntazam ravishda muhofaza qilishdagi o‘rnining ortib borganligi, shu maqsad yo‘lida joylarda mahalliy sport musobaqalarining doimiy ravishda tashkil etilgani, o‘tkazilishining an’anaga aylanganligi, g‘oliblarni hukumat va homiylar tomonidan muntazam rag‘batlantirilganligi, bu mazmundagi sport o‘yinlarini uyushtirilishi, ayniqsa, qishloq aholisi orasida turli xil yuqumli kasalliklarga chalinish xavfini oldini olganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasidagi jismoniy tarbiya, sportni rivojlanishi tarixini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
istiqlol yillari mobaynida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya, sportni taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining birinchi navbatda yoshlarni jismonan va ruhan etuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgani, bu soha aynan to‘rt asosiy yo‘nalishlarda rivojlantirilgani, ya’ni u ommaviy, bolalar, xotin-qizlar hamda yuqori natijalar sportidan iborat ekanligiga doir tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2022-yil 15-avgustdagi 02-06-1317-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallarning telekanalga taqdim etilishi teletomoshabinlarda mamlakat sporti sohasida amalga oshirilgan islohotlarning chuqurroq anglashiga ko‘mak bergan;
respublika viloyatlarida faoliyat ko‘rsatgan ta’lim muassasalarini sohaga doir malakali mutaxassis sportchi kadrlar bilan ta’minlashdagi o‘zgarishlar, yutuqlar bilan birga, o‘quvchilar va maktablar soni ortishi barobarida kadrlar etishmovchilishi sezilganligi, Andijon va Farg‘ona viloyatlariga qarashli chekka tumanlarning boshlang‘ich sinflarida 1991−1998-yillar mobaynida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tanqisligi, bu holat tufayli nomutaxassislarning dars mashg‘ulotlari o‘tkazishi oqibatida kichik yoshdagi o‘quvchilarni fandan bilim olishidagi mavjud “to‘siq”  bo‘lganligiga oid tadqiqot xulosalaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Fargona vodiysi sporti” nomli ekspozisiyasini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 25-fevraldagi 04-05/750-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga taqdim etilgan materiallar jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha korgazmalarni yangi materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
mamlakat sportchilarning yuqori natijalar sporti bo‘lgan xalqaro Olimpiya o‘yinlari hamda o‘tkazilgan jahon, Osiyo chempionatlari va o‘yinlari, xalqaro sport musobaqalarda ishtirok etishi natijasida jahondagi nufuzli arenalarda yuksak mukofot − chempionlikni qo‘lga kiritishi tufayli dunyoga mashhur bo‘lganligi, bu boradagi amaliy say-harakatlarning tobora milliy iftixor ramziga aylanib borganligi, Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonliklar ilk marotaba 1994-yildan e’tiboran qatnashishni qo‘lga kiritganligi, bu yutuqlar va muvaffaqiyatlar evolyusiyasining yildan-yilga o‘sib borish dinamikasiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2022-yil 15-avgustdagi 02-06-1317-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning o‘zbek sporti chempionlari bo‘yicha bilimlari yanada takomillashgan;
aholi o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan milliy, harakatli o‘yinlarni xalq salomatligini muntazam ravishda muhofaza qilishdagi o‘rnining ortib borganligi, shu maqsad yo‘lida joylarda mahalliy sport musobaqalarining doimiy ravishda tashkil etilgani, o‘tkazilishining an’anaga aylanganligi, g‘oliblarni hukumat va homiylar tomonidan muntazam rag‘batlantirilganligi, bu mazmundagi sport o‘yinlarini uyushtirilishi, ayniqsa, qishloq aholisi orasida turli xil yuqumli kasalliklarga chalinish xavfini oldini olganligiga doir natijalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Fargona vodiysi sporti” nomli ekspozisiyasini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 25-fevraldagi 04-05/750-son ma’lumotnomasi). Tadqim taqdim etilgan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda sport yulduzlari bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish