Yaxshiev Elbek Tolipovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida yuqori tezlik temir yo‘l magistrallari uchun dispers-armaturalangan temirbeton oraliq qurilmasi tavsiflarini asoslash», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T969.

Ilmiy rahbar: Ishanxodjaev Abduraxman Asimovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Ruzieva Mafura Vasikovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «O‘zog‘irsanoatloyiha instituti» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: temirbeton dispers-armaturalangan oraliq qurilmalarini O‘zbekistonning quruq iqlim sharoitidagi yuqori tezlik temir yo‘l magistrallari tarmog‘ida qo‘llash imkoniyatlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston Respublikasida ekspluatatsiya qilinadigan temirbeton oraliq qurilmalarining buzilmasdan ishlash ehtimoli bilan bog‘liq bog‘lanishlarning regression matematik modeli yaratilgan;

yuqori tezlik temir yo‘l magistrallarida dispers-armaturalangan oraliq qurilmalarning konstruktiv xususiyatlari fibrabetonni qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;

temirbeton dispers-armaturalangan oraliq qurilmalarning dinamik tavsiflari hamda ularning o‘ziga xos konstruktiv xususiyatlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Talgo 250” poezddan tushadigan yuklanish miqdorini hisobga olgan holda aniqlangan;

O‘zbekiston sharoitida L=66 metrli qutisimon dispers-armaturalangan temirbeton oraliq qurilmaning ko‘prik va estakada inshootlarini loyihalash va qurish usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston sharoitida yuqori tezlik temir yo‘l magistrallari uchun dispers-armaturalangan temirbeton oraliq qurilmasi tavsiflarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

temirbeton oraliq qurilmalarining buzilmasdan ishlash ehtimoli bilan bog‘liq bog‘lanishlarning regression matematik modeli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi “Toshkent-Samarqand” temir yo‘l uchastkasidagi ko‘prik inshootlarini loyihalashda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 1 apreldagi N/1682-19-son ma’lumotnomasi). Natijada  oraliq qurilma plitasining dinamik mustahkamligini 30%gacha, doimiy yukdan tushadigan konstruksiyaning umumiy og‘irligini 15%gacha kamaytirish imkonini bergan;

yuqori tezlik temir yo‘l magistrallarida dispers-armaturalangan oraliq qurilmalarda fibrabetonni qo‘llash hisobiga ishlab chiqilgan konstruktiv echimlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi “Toshkent-Samarqand” temir yo‘l uchastkasidagi ko‘prik inshootlarini loyihalashda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 1 apreldagi N/1682-19-son ma’lumotnomasi). Natijada konstruksiyaning geometrik parametrli hisobiy echimlari devor qalinligini 40%gacha, oraliq qurilma uzunligini 10%gacha oshirish imkonini bergan;

L=66 metrli qutisimon dispers-armaturalangan temirbeton oraliq qurilmaning ko‘prik va estakada inshootlarini loyihalash va qurish usuli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarufidagi “Toshkent-Samarqand” temir yo‘l uchastkasidagi ko‘prik inshootlarini loyihalashda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 1 apreldagi N/1682-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida L=66 metrli qutisimon dispers-armaturalangan temirbeton oraliq qurilmaning oddiy zo‘riqtirilgan temir beton oraliq qurilmaga nisbatan tannarxini 17%gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish