Irisov Sherzodning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “UPS-923A organik plastik sinsillyatorlarda radiatsiya keltirib chiqaradigan hodisalar”, 01.04.07 - Kondensirlangan holatlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/FM1420
Ilmiy rahbar: Esanov Zafar Utkirovich, fizika-matematika fanlari nomzodi (PhD), katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.13.01.
Rasmiy opponentlar:
Mussaeva Malika Anvarovna, fizika-matematika fanlari doktori, kata ilmiy hodim.
Abdukarimov Abdullaziz Abdubannaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi organik ssinsillyator UPS-923A ning γ- va elektron nurlanish ta’siridagi fotolyuminessent xususiyatlarini aniqlash, uning radiatsiyaga chidamliligini baholash hamda pTP (p-terfenil) va POPOP (difeniloksazolilbenzen) qo‘shimchalarining molekulyar tuzilishi bilan bog‘liq degradatsiya mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta kompleks spektroskopiya usullari yordamida keng spektral diapazonda (185-25000 nm) organik plastik ssinsillyator UPS-923A tarkibidagi lyuminessent qo‘shimchalar pTP va POPOP molekulalarining π-konyugatsiyalangan tizimlarining buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan oksidlovchi (C=O, O-H) va alifatik (C-H) funksional guruhlarning hosil bo‘lishi va identifikatsiyasi eksperimental jihatdan asoslangan;
past dozalarda γ-nurlanish (<106 rad) ta’sirida spektr siljituvchi qo‘shimcha POPOP molekulalaridagi oksazol halqalarining degradatsiyaga uchrashi isbotlangan, bu esa π-konyugatsiyaning buzilishiga olib keladi. Shuningdek, pTP nurlanishining qayta yutilish samaradorligining pasayishi spektral xususiyatlarning teskari o‘zgarishiga sabab bo‘lishi aniqlangan: POPOP emissiyasi zaiflashishi bilan bir paytda pTP lyuminesensiya intensivligining o‘sishi kuzatiladi;
UPS-923A plastik ssinsillyatorining radiatsion beqarorligi asosan POPOP spektr siljituvchi qo‘shimchasidagi oksazol halqalarining parchalanishi bilan bog‘liq. Radiatsion chidamlilikni oshirish uchun POPOP o‘rniga radiatsiyaga nisbatan yuqori barqarorlikka ega muqobilidan foydalanish taklif etilgan;
pTP qo‘shimchasi lyuminesensiyasining intensivligi ortishi lyuminesensiya markazlari konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan emas, balki pTP nurlanishining POPOP spektr siljituvchi qo‘shimchasi tomonidan qayta yutilish darajasining pasayishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Organik plastik ssinsillyatorlar UPS-923A da radiatsiya keltirib chiqaradigan hodisalarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pTP va POPOP molekulalarining π-tizimlarining radiatsiyaviy nuqsonlarida oksidlovchi va alifatik guruhlarning hosil bo‘lishi;
kichik dozalardagi γ-nurlanish (<106 rad) da POPOP oksazol halqalarining parchalanishi, bu spektral xususiyatlarning invers o‘zgarishiga va pTP lyuminessensiyasining o‘sishiga olib kelishi;
UPS-923A ning radiatsiyaviy beqarorligining asosiy mexanizmi - POPOP ning parchalanishi bo‘lib, spektr siljituvchi qo‘shimchani almashtirish orqali radiatsiyaga chidamlilikni oshirish usuli taklif etilgani;
pTP lyuminessensiyasining o‘sishi uning nurlanishini POPOP tomonidan qayta yutilishining pasayishi bilan bog‘liqligi Samarqand davlat universitetida “Galoqenid perovksit kvant nuqtalarni organik bo‘yoqlar bilan modifikatsiyalash, ularning optik xususiyatlarini sintez va o‘rganish” (2023-2025) amaliy loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat universitetining 2025-yil 28-noyabrdagi № 10-6289 xati). Ilmiy natijalardan foydalanish perovksit kvant nuqtalarini sintez qilish sharoitlarini optimallashtirish, polimer matrisaga organik bo‘yoqlar kiritish yo‘li bilan modifikatsiya qilish, polimer asosidagi kvant nuqtalar bilan faollashtirilgan nanostrukturalar xususiyatlarini nazorat qilish va yaxshilash usullarini ishlab chiqishga imkon bergan.