Madaminov Baxtiyar Nurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rux sulfidi va rux selenidi kristallarining struktura va xossalariga elektron nurlanishining ta’siri”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2026.1.PhD/FM1111 
Ilmiy rahbar: Tashmetov Mannab Yusupovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.  Umarov Salim Xallokovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:     Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi ZnS va ZnSe kristallarining strukturaviy, morfologik, optik va mexanik xossalariga elektron nurlanish ta’sirining xarakterini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
birinchi marta 2 MeV energiyali elektronlar bilan 4.0×1017 elektron/cm2 gacha bo‘lgan flyuenslar diapazonida nurlantirilganda ZnS va ZnSe kristallarining strukturaviy hamda mikrostrukturaviy parametrlaridagi o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, ular panjara parametrining chiziqli kamayishi, o‘rtacha kristallitlar o‘lchamining chiziqli ortishi, dislokatsiyalar zichligi hamda mikrokuchlanishlarning kamayishi sifatida namoyon bo‘lgan va bu radiatsion-indusirlangan panjara relaksatsiyasi hamda nuqsonlarning qayta taqsimlanishini ko‘rsatadi;
birinchi marta ZnS va ZnSe kristallari 2 MeV energiyali elektronlar bilan 2.5×1017 elektron/cm2 gacha bo‘lgan flyuenslarda nurlantirilganda sirt notekislik parametrlari eksponensial qonun bo‘yicha kamayishi (79-87 % gacha) ko‘rsatilib, bu radiatsion-stimullangan nuqsonlar migratsiyasi va sirtga yaqin relefning tekislanishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
2 MeV energiyali elektronlar bilan 2.5×1017 elektron/cm2 gacha bo‘lgan flyuenslarda ZnS va ZnSe kristallarining optik hamda fonon xususiyatlarida (taqiqlangan zona kengligining chiziqli kamayishi, Urbax energiyasining ortishi, bo‘ylama optik (LO) modaning intensivligi kuchayishi va ko‘ndalang optik (TO) modaning intensivligi susayishi) o‘zgarishlar yuz berishi aniqlanib, bu radiatsion-indusirlangan nuqsonlar, lokalizatsiyalangan holatlar hamda nuqsonlar ta’sirida mahalliy polyarizatsiyaning kuchayishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilib berilgan;
ZnS va ZnSe kristallarning mikroqattiqliklari energiyasi 2 MeV bo‘lgan elektronlar bilan 2.5×1017 elektron/cm2 gacha flyuenslarda nurlantirilganda eksponensial ravishda ortishi (ZnS uchun – 0.542 dan 0.651 GPa gacha; ZnSe – uchun 0.347 dan 0.407 GPa gacha) aniqlanib, bu radiatsion mustahkamlanish bilan bog‘liqligi hamda dislokatsiyalar zichligi va mikrokuchlanishlarning kamayishi bilan korrelyasiyasi ko‘rsatib berilgan;
ZnS va ZnSe kristallarida radiatsion-indusirlangan nuqsonlar dinamikasining konseptual fizik modeli taklif etilib, unda tezlatilgan elektronlarning panjara atomlari bilan o‘zaro ta’siri, vakansiyalar va tugunlararo atomlarning generatsiyasi hamda migratsiyasi hisobga olingan bo‘lib, ular relaksatsiya va nuqsonlarning qayta taqsimlanishiga olib keladi hamda kuzatilgan strukturaviy, morfologik, optik, fonon va mexanik o‘zgarishlarga yagona fizik izoh beradi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektronlar bilan nurlantirishning rux sulfidi va rux selenidi kristallarining struktura va xossalariga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elektronlar bilan ZnS va ZnSe kristallarini nurlatishda strukturaviy hamda mikrostrukturaviy parametrlaridagi o‘zgarish qonuniyatlari, shuningdek, hajmiy monokristallar sirt morfologiyasidagi aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bakalavriat bosqichining “Qattiq jism fizikasi” fani hamda magistratura bosqichining “Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari” va “Qattiq jism nazariyasi” maxsus kurslari doirasida o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 12-fevraldagi №307-sonli xati), shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ham foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Applied Physics Letters 126, 10, 102103, 2025; Physica B: Condensed Matter 713, 417377, 2025; Applied Radiation and Isotopes 229, 112345, 2025; Journal of Physics: Condensed Matter 37, 48, 485702, 2025; Next Materials 10, 101527, 2026; Physica Scripta 100, 12, 125918, 2025). Olingan natijalardan foydalanish o‘quv fanlari mazmunini kristall panjaraning radiatsion-indusirlangan relaksatsiyasi va nuqsonlar tuzilmasining rivojlanishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar bilan boyitish, shuningdek, radiatsion-stimullangan nuqsonlar migratsiyasi mexanizmlari hamda sirtga yaqin relefning tekislanish jarayonlari haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish imkonini bergan;
elektron nurlanish sharoitida ZnS va ZnSe kristallarining optik hamda fonon xossalarida aniqlangan o‘zgarishlar, shuningdek, mikroqattiqlikning eksponensial ortishi xorijiy tadqiqotchilar nashrlarida o‘z aksini topgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Applied Physics Letters 126, 10, 102103, 2025; Physica B: Condensed Matter 713, 417377, 2025; Applied Radiation and Isotopes 229, 112345, 2025; Journal of Physics: Condensed Matter 37, 48, 485702, 2025; Next Materials 10, 101527, 2026; Physica Scripta 100, 12, 125918, 2025). Olingan natijalar keng taqiqlangan zonali yarimo‘tkazgichlarda nuqson-indusirlangan mustahkamlanish haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishga xizmat qilgan hamda radiatsiyaga chidamli materiallarni ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin;
ZnS va ZnSe kristallarida radiatsion-indusirlangan nuqsonlar dinamikasining taklif etilgan konseptual fizik modeli Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bakalavriat bosqichining “Qattiq jism fizikasi” fani hamda magistratura bosqichining “Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari” va “Qattiq jism nazariyasi” maxsus kurslari doirasida o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 12-fevraldagi №307-sonli xati), shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar nashrlarida o‘z aksini topgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Applied Physics Letters 126, 10, 102103, 2025; Physica B: Condensed Matter 713, 417377, 2025; Applied Radiation and Isotopes 229, 112345, 2025; Journal of Physics: Condensed Matter 37, 48, 485702, 2025; Next Materials 10, 101527, 2026; Physica Scripta 100, 12, 125918, 2025). Modeldan foydalanish eksperimental natijalarni tizimlashtirish hamda mazkur materiallarda struktura va xossalarning radiatsion-indusirlangan o‘zgarish mexanizmlari haqida yaxlit tasavvur shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish