Raxmonov Dilshod Ilxomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adir erlarida eroziyaga qarshi suvtejamkor texnologiyalarning samaradorligini tadqiq qilish (Toshkent viloyati, zangiota tumani, zangiota-navro‘z massivi misolida)”.
06.01.02 - “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1696
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedjonov Dilmurod G‘ulomovich – Texnika fanlari doktori, (DSc), professor, Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnalogiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Adirli hududlarda irrigatsion eroziyani kamaytirish, tuproqning faol qatlamini saqlash va kuzgi bug‘doy etishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini Zangiota tumani “Zangiota-Navro‘z” massivi misolida ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuzgi bug‘doy etishtirishda irrigatsion eroziyaga moyil hududlarda tuproq yuvilishini oldini olish maqsadida maksimal “ekologik” suv sarfini ta’minlashga qaratilgan suv va resurs tejamkor sug‘orish texnologiyasining ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
dala relefi va Kk9 polimeri qo’llanilgan sharoitda kuzgi bug‘doy uchun maqbul sug‘orish tartibi, egatdagi “ekologik” suv sarfi 0,3 l/s va birinchi sug‘orish me’yori 450 m3/ga ekani aniqlangan;
relefning murakkablik koeffisienti 0,2-0,7, sug‘orish dalasining o‘rtacha nishabligi 0,07-0,12, Kk9 polimeri konsentratsiyasi 0,1-0,25 va ekin bilan bandlik darajasining mavsumiy suv iste’moli hamda hosildorlikka ta’siri ko‘p yillik to‘rt omilli baholangan;
kuzgi bug‘doyni etishtirishda takomillashtirilgan texnologiyaning maqbul parametr va mezonlari relef murakkabligi, sug‘orish dalasi nishabligi hamda ekin bilan bandlik sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.     Kuzgi bug‘doy o‘simligini etishtirishda irrigatsiya eroziyasiga qarshi kurashishda suv va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hududidagi “Umid” (19 gektar) va “Diyora fayz kelajak” (15 gektar) fermer xo‘jaliklarida hamda Zangiota tumanlari suv xo‘jaligi bo‘limida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 02/19-542-son ma’lumotnomasi asosida). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, joriy etilgan sug‘orish texnologiyalari hisobiga hosildorlik 8–11 s/ga ga oshirilgan, sug‘orishlar soni bittaga kamaytirilgan hamda suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan;
Irrigatsiya eroziyasiga qarshi kurashishda tuproqning aktiv qatlamining yuvilishini kamaytirish maqsadida Kk9 polimeri qo‘llanilib, uning matematik modeli ishlab chiqilgan hamda egatdagi suv sarfini optimallashtirish asoslangan. Ushbu texnologiya asosida “Kroshka” navli kuzgi bug‘doy etishtirishda yuqori natijalarga erishilib, mazkur ishlanmalar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 02/19-542-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada irrigatsiya eroziyasining oldi 30 % gacha olingan;. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish