Abdirazakov Akbar Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasoslarning ish rejimi o‘zgarishi jarayonlarida gidrodinamik parametrlarni aniqlash va zo‘riqishlarni kamaytirish usullarini takomillashtirish”.
05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6045
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Urishev Bobaraim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uralov Baxtiyor Raxmatullaevich, texnika fanlari doktori, professor. Nosirov Faxriddin Jaylovovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Nasos stansiyalar ish rejimlari o‘zgarishida gidrodinamik parametrlarni hisoblash va zo‘riqishlarni kamaytirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos stansiyalarda ish rejimlari o‘zgarishidagi gidromexanik parametrlarni hisoblash uslubiyoti nasos qurilmasidagi oqim harakatida parraklar tizimi aylanish qonuniyatlari ustuvorligini, agregat aylanish qismi (ishchi g‘ildirak + suv massasi + rotor) ning inersiyasini hisobga olib takomillashtirilgan;
nasoslarni ishga tushirish jarayonida bajarilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalarini inobatga olib gidrodinamik bosim pulsatsiyasining maksimal qiymatini hisoblashning empirik tenglamasi taklif etilgan;
nasoslarni ishga tushirish jarayonida gidrodinamik bosim pulsatsiyasini kamaytirish uchun oqimga kiritiladigan siqilgan havoning optimal miqdori nasos naporiga bog‘liqligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
nasoslarni ishdan to‘xtatish jarayonida gidrodinamik zo‘riqishlarni kamaytirish maqsadida so‘rish quvuridagi suv darvozasini qisman yopish orqali val aylanishlari chastotasini kamaytirish usuli taklif etilgan va mazkur jarayonda nasos parametrlarni aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nasoslarning ish rejimi o‘zgarishi jarayonlarida gidrodinamik parametrlarni aniqlash va zo‘riqishlarni kamaytirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos stansiyalaridagi bosimli quvurlarga nasoslarni to‘xtatish jarayonlarida yuzaga keladigan gidrodinamik zo‘riqishlar, titrash qiymatlarini pasaytirish usullaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tarkibidagi 6-nasos stansiyasida joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 04/20-6620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nasos stansiyasining bosimli quvurlarini ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish hisobiga har bir metr bosimli quvur uchun 528 ming so‘m tejalgan.
nasos stansiyalaridagi bosimli quvurlarga nasoslarni ishga tushirish jarayonlarida yuzaga keladigan gidrodinamik zo‘riqishlar, titrash qiymatlarini pasaytirish usullaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining “Do‘stlik- 1,2,3” nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17-dekabrdagi 04/20-6620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nasos stansiyasining har bir metr bosimli quvurni ta’mirlash xarajatlarida 217 000 so‘m tejalgan.