Aminov Farrux Farxadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5387. 
Ilmiy rahbar: Rajabbaev Sharof Rahimberdievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuhrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi doirasidagi Research and Commercialization Program (RCP) grant dasturida Technology Readiness Level asosidagi ko‘p bosqichli moliyalashtirish hamda grant resurslaridan foydalanish samaradorligini 30 foizga oshirish, xususiy sektor hamkorligini esa 15 foizga kengaytirish taklif etilgan;
mamlakatimiz milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi tarkibidagi Business Investmens in Research and Development Program (BIRD)da arizalarni baholashning ballik mezonlarini joriy etish va grant mablag‘larining maqsadli taqsimlanish samaradorligini 20 foizga oshirish, muvaffaqiyasiz loyihalar ulushini esa 15  foizga kamaytirish taklif etilgan;
davlat va xususiy sheriklar mablagʼlari hisobidan innovatsion loyihalarni qo‘shma moliyalashtirishda xususiy sheriklarning 30 foiz ulushli ishtirokini taʼminlash hamda investisiyalarni qaytarishning shaffof tuzilmasi tamoyili asosida “Matching Grans”ni qo‘llash taklif etilgan;
risklar, strategik ustuvorliklar va byudjetning 15 foizgacha cheklanganligini hisobga olgan holda loyihalar to‘plamini portfelli yondashuv asosida “yuqori salohiyat”, “takomillashtirishga muhtoj” va “past ustuvorlik” toifalariga ajratish hamda investisiyalarni eng yuqori qaytarimga ega loyihalar foydasiga qayta taqsimlash zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi doirasidagi Research and Commercialization Program (RCP) grant dasturida Technology Readiness Level asosidagi ko‘p bosqichli moliyalashtirish hamda grant resurslaridan foydalanish samaradorligini 30 foizga oshirish, xususiy sektor hamkorligini esa 15 foizga kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhining 2025-yil 24-iyundagi 24/462-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida innovatsion loyihalarni etuklik bosqichiga qarab tasniflanishi ta’minlangan, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmi joriy etilgan, past texnologik etuklikka ega loyihalarga ortiqcha xarajatlarning oldini olingan hamda davlat va donorlik mablag‘laridan samarali foydalanishga erishilgan;
mamlakatimiz milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi tarkibidagi Business Investmens in Research and Development Program (BIRD)da arizalarni baholashning ballik mezonlarini joriy etish va grant mablag‘larining maqsadli taqsimlanish samaradorligini 20 foizga oshirish, muvaffaqiyasiz loyihalar ulushini esa 15  foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhining 2025-yil 24-iyundagi 24/462-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida loyihalarni baholashning obektiv mezoni yaratilgan, arizalarni tartiblash tizimi joriy etilgan, yuqori salohiyatli loyihalarni aniqlash mexanizmi takomillashtirilgan hamda riskli investisiyalar sonini kamaytirish va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishga erishilgan. Natijada, Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish va tijoratlashtirish (20 mln AQSh dollari), Kichik va o‘rta biznesda innovatsion faoliyatini takomillashtirish va ilm-fanga asoslangan startaplarni yaratish (20 mln AQSh dollari, IFTI sohasidagi davlat siyosati va islohotlarini qo‘llab-quvvatlash (5 million AQSh dollari) hamda Loyihani boshqarish va amalga oshirish, monitoring va baholash (5 mln AQShdollari) miqdorida mablag‘lar jalb etilgan;
davlat va xususiy sheriklar mablagʼlari hisobidan innovatsion loyihalarni qo‘shma moliyalashtirishda xususiy sheriklarning 30 foiz ulushli ishtirokini taʼminlash hamda investisiyalarni qaytarishning shaffof tuzilmasi tamoyili asosida “Matching Grans”ni qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhining 2025-yil 24-iyundagi 24/462-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat granti olish uchun startap yoki tashkilotlar loyiha summasining ma’lum ulushini (RCP uchun kamida 15foiz, BIRD uchun 25 foiz, ICP uchun 50 foiz) xususiy sheriklardan jalb qilish majburiyatini belgilash haqidagi taklif Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining “Research and Commercialization Program” (RCP), “Business Investmens in Research and Development Program” (BIRD) va “Innovation Capabilities Program” (ICP) grant dasturlari tarkibiga qabul qilingan. Davlat va xususiy sektor o‘rtasida innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha mas’uliyat taqsimoti ta’minlangan, grant oluvchilarning loyihaga shaxsiy manfaatdorligi oshirilgan, davlat mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmi yaratilgan hamda xususiy sektorning innovatsion loyihalarga investisiyalarini rag‘batlantirish tizimi joriy etilgani natijasida xalqaro moliya tashkiloti mablag‘laridan samarali foydalanish, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish bilan birga, xususiy sheriklarning muzlab yotgan 17,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘larini jalb etilishiga erishildi;
risklar, strategik ustuvorliklar va byudjetning 15 foizgacha cheklanganligini hisobga olgan holda loyihalar to‘plamini portfelli yondashuv asosida “yuqori salohiyat”, “takomillashtirishga muhtoj” va “past ustuvorlik” toifalariga ajratish hamda investisiyalarni eng yuqori qaytarimga ega loyihalar foydasiga qayta taqsimlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhining 2025-yil 24-iyundagi 24/462-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining BIRD grant dasturi doirasidagi loyihalarni monitoring qilish jarayonida sinovdan o‘tkazildi. Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirish dasturlari bo‘yicha qo‘shma moliyalashtirish miqdori 14,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan va loyihalar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirilgan, yuqori salohiyatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqilgan, maqsadsiz moliyalashtirishning oldini olish ta’minlangan hamda investisiyalarning qaytarilish darajasini oshirish va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish