Nazarov Nodirjon Namoz o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5432. 
Ilmiy rahbar: Xidirov Nodir G‘iyosalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida murabaha shartlari asosida muddati 1 yilgacha, hajmi minimum 10 mln. AQSh dollaridan maksimum 30 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan qisqa muddatli resurslarni jalb etish taklif etilgan;
islomiy moliyalashtirishda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish hamda investision loyihalarda xususiy sektor ustuvorligini ta’minlash maqsadida davlatning loyiha kapitalidagi ulushining “50-1” mexanizmini joriy etish taklif etilgan;
islomiy bank mahsulotlari mavjud tijorat banklarining rentabelligini ta’minlash maqsadida murabaha shartnomasi asosida yillik foiz ustamasi (mark-up rate)ni belgilashda transhlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini qo‘llash taklif etilgan;
bank resurslaridan samarali foydalanish, naqd pul oqimini boshqarish va tadbirkorlar uchun moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish imkonini yaratish maqsadida ajratilgan resursdan qayta foydalanish imkoniyati (“Reutilisation facility”)ni taqdim etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari borasidagi tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida murabaha shartlari asosida muddati 1 yilgacha, hajmi minimum 10 mln. AQSh dollaridan maksimum 30 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan qisqa muddatli resurslarni jalb etish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotida joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 4-iyundagi 19/02-222–son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 27-fevraldagi kelishuvga asosan Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasidan asosiy faoliyat turi xalqaro savdo bo‘lgan korxona va tashkilotlarga 2025-yil 1-choragida jami 30 mln. AQSh dollari jalb etishga erishilgan;
islomiy moliyalashtirishda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish hamda investision loyihalarda xususiy sektor ustuvorligini ta’minlash maqsadida davlatning loyiha kapitalidagi ulushining “50-1” mexanizmini joriy etish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotida joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 
4-iyundagi 19/02-222 –son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif “Turonbank” ATBni rivojlantirish Strategiyasida o‘z aksini topgan hamda loyihalarni moliyalashtirishda davlat va xususiy sektor ishtirokini ta’minlash samaradorligini oshirishga zamin yaratildi, shuningdek, kutilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risk darajasini minimallashtirishga erishilgan;
islomiy bank mahsulotlari mavjud tijorat banklarining rentabelligini ta’minlash maqsadida murabaha shartnomasi asosida yillik foiz ustamasi (mark-up rate)ni belgilashda transhlar bo'yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini qo‘llash taklifi “Turonbank” ATB amaliyotida joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 4-iyundagi 19/02-222–son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-transh uchun SOFR + 3,25 foiz + 2 foiz bank marjasini, 2-transh uchun SOFR + 3,5 foiz + 
2 foiz bank marjasini, 3-transh uchun SOFR + 3,75 foiz + 2 foiz bank marjasini belgilash orqali bugungi kunda “Turonbank” ATB o‘tgan yillarga nisbatan 2024-yil yakuniga ko‘ra o‘rtacha 15,3 foiz NPM (net profit margin)ga erishgan;
bank resurslaridan samarali foydalanish, naqd pul oqimini boshqarish va tadbirkorlar uchun moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish qulayligini yaratish maqsadida ajratilgan resursdan qayta foydalanish imkoniyati (“Reutilisation facility”)ni berish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotida joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 4-iyundagi 19/02-222 –son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 27-fevraldagi Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi va “Turonbank” ATB o‘rtasidagi kelishuvga asosan talab qilinuvchi mablag‘ning 
0,25 foiziga teng miqdorda xizmat haqi undirish sharti bilan ajratilgan resursdan qayta foydalanish imkoniyati (“Reutilisation facility”), ya’ni revolver moliyalashtirish imkoniyati 23 ta istiqbolli loyiha uchun yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish