Eshpanov Islambek Toxtarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Auditorlik dalillarni to‘plash va umumlashtirish jarayonini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3552.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Nematovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: auditorlik dalillarni to‘plash hamda umumlashtirish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
informatsion-kommunikatsion, tashkiliy-metodik va texnologik resurslarni qo‘llash orqali auditorlik dalillarni to‘plashning axborot ta’minotini takomillashtirish asoslangan;
auditorlik dalillarini to‘plashda tahliliy amallarni qo‘llash orqali aniqlangan auditorlik riski darajasiga ko‘ra tekshiruv natijalari bo‘yicha boshlang‘ich, oraliq va yakuniy auditorlik fikrini shakllantirish uslubiyotini qo‘llash taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvida to‘plangan auditorlik dalillari bo‘yicha aniqlangan muhim buzib ko‘rsatishlar riski darajasini pasaytirishda stratifikatsiyani qo‘llash taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarni tashkiliy-boshqaruv, ichki nazorat tizimi, operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlariga oid to‘plangan dalillar asosida faoliyat uzlyuksizligini baholash jarayonini takomillashtirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik dalillarni to‘plash va umumlashtirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
informatsion-kommunikatsion, tashkiliy-metodik va texnologik resurslarni qo‘llash orqali auditorlik dalillarni to‘plashning axborot ta’minotini takomillashtirish bilan bog‘liq taklifidan “Auditorlik dalillar” nomli auditorlik tashkilotlarining ichki standartini hamda aksiyadorlik jamiyatlarining “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2025 yil 14 avgustdagi №53/NK-son ma’lumotnomasi, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning 2025 yil 08 avgustdagi №05/414-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik dalillarini to‘plash jarayonining puxta rejalashtirilishiga va audit ishi sifatining oshishiga erishilgan;
auditorlik dalillarini to‘plashda tahliliy amallarni qo‘llash orqali aniqlangan auditorlik riski darajasiga ko‘ra tekshiruv natijalari bo‘yicha boshlang‘ich, oraliq va yakuniy auditorlik fikrini shakllantirish uslubiyotini takomillashtirishga oid taklifdan tahliliy amallarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2025 yil 14 avgustdagi №53/NK-son ma’lumotnomasi, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning 2025 yil 08 avgustdagi №05/414-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tekshiruvlarida dalil to‘plash jarayonida sarflanadigan xarajatlarning 10 foizga qisqarishiga erishilgan;
auditorlik tekshiruvida to‘plangan auditorlik dalillari bo‘yicha aniqlangan muhim buzib ko‘rsatishlar riski darajasini pasaytirishda stratifikatsiyani qo‘llash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklifidan “Auditorlik tanlash” nomli auditorlik tashkilotlarining ichki standartini hamda aksiyadorlik jamiyatlarining “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2025 yil 14 avgustdagi №53/NK-son ma’lumotnomasi, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning 2025 yil 08 avgustdagi №05/414-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tanlash ko‘lamining to‘g‘ri shakllanishiga va tanlash natijalarining optimal stratifikatsiya qilinishiga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarni tashkiliy-boshqaruv, ichki nazorat tizimi, operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlariga oid to‘plangan dalillar asosida faoliyat uzlyuksizligini baholash jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq taklifidan “Faoliyatning uzlyuksizligi to‘g‘risidagi faraz” nomli auditorlik tashkilotlarining ichki standartini hamda aksiyadorlik jamiyatlarining “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025 yil 14 avgustdagi №53/NK-son ma’lumotnomasi, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning 2025 yil 08 avgustdagi №05/414-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobot auditi yakuni bo‘yicha xolis auditorlik xulosasining shakllanishiga erishilgan.