Samatov Rustam Gaffarovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Logistik tamoyillar asosida avtomobil` transporti xizmatlari sifatini baholash uslubi», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T121.

Ilmiy rahbar: Sidiknazarov Kaxramon Millyabaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyar Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Kul`muxamedov Jasur Rafikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: logistik tamoyillar asosida avtomobil` transport korxonalari xizmatlari sifatini baholashning uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

avtomobil` transportining konstruktiv elementlari, xususiyatlari va xizmatlar sifati orasidagi tizimli aloqadorlikni ifodalovchi usul ishlab chiqilgan;

avtomobil` transporti tizimining xizmatlari sifatini ta’minlashda zamonaviy logistika va etkazib berishlar zanjirini boshqarish tamoyillaridan foydalanishning mohiyatini oshirish usuli ishlab chiqilgan;

xalqaro yuklarni yetkazishda avtomobil` transporti vositalari tarkibini shakllantirish va avtomobil` transporti korxonalari tanlovini amalga oshirish usuli ishlab chiqilgan;

avtomobil` transportining ekspluatatsion sifatlarini yoki avtomobil` transportining ekspluatatsion xizmatlarining sifatini ta’minlashda intellektual tizimlar va vositalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha usul ishlab chiqilgan;

avtomobil` transporti tizimining xizmatlari sifatini baholash va uning mosligini tekshirish modellari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Avtomobil` transporti tizimi xizmatlarining ekspluatatsion sifatlarini baholash uslubi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

avtomobil` transportining konstruktiv elementlari, xususiyatlari va xizmatlar sifati orasidagi tizimli aloqadorlikni ifodalovchi usul O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ)ga joriy etilgan (O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasining (AIRCUZ) 2019 yil 23 apreldagi 01/360-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiyasi elementlari og‘irlik va kompanovka, kuzov va kabina, dvigatel`, transmissiya va yurish qismi avtomobil` transportining tijorat ekspluatatsiyasi elementlari avtotransport korxonasining faoliyat ko‘rsatkichlari, avtotransport ta’minotining texnik-texnologik, ekspluatatsion va resurs imkoniyatlari, logistika, etkazib berishlar zanjirini boshqarish, unumdorlik kategoriyalari bilan o‘zaro aloqadorligi asoslab berilgan;

avtomobil` transporti tizimining xizmatlari sifatini ta’minlashda zamonaviy logistika va etkazib berishlar zanjirini boshqarish tamoyillari O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ)ga joriy etilgan (O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasining (AIRCUZ) 2019 yil 23 apreldagi 01/360-son ma’lumotnomasi). Natijada logistikani qo‘llash: zaxiralar darajasini 30–50% ga kamaytirgan, mahsulotlarning harakatlanish vaqtini 25–45% ga qisqartirgan, avtomobillarda yuklarni tashish xarajatlarini 20% gacha kamaytirish imkonini bergan;

xalqaro yuklarni yetkazishda avtomobil` transporti vositalari tarkibini shakllantirish va avtomobil` transporti korxonalari tanlovini amalga oshirish usuli O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) va “O‘rta Osiyo Trans” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasining (AIRCUZ) 2019 yil 23 apreldagi 01/360-son va “O‘rta Osiyo Trans” AJning 2019 yil 1 apreldagi BA/36-01/83-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘xshashlar bankiga kiritilgan harakat vositalaridan eng afzal bo‘lgan MAN TGS 19.4004x2BLS avtomobili tanlangan;

avtomobil` transportining ekspluatatsion sifatlarini va xizmatlarining sifatini ta`minlashda intellektual tizimlar va vositalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) va “O‘rta Osiyo Trans” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasining (AIRCUZ) 2019 yil 23 apreldagi 01/360-son va “O‘rta Osiyo Trans” AJning 2019 yil 1 apreldagi BA/36-01/83-son ma’lumotnomalari). Natijada GPS monitoring tizimini va taxograflarni ekspluatatsiya qilish transport vositalarining bosib o‘tadigan masofasini 10 foizdan 30 foizgacha kamaytirishga erishilgan; “Maks Trek” navigatsiya nazorati tizimini joriy etish natijasida bitta transport vositasi  uchun yoqilg‘i sarfining kamayishi 451200 so‘mni tashkil qilgan;

avtomobil` transporti tizimining xizmatlari sifatini baholash va uning mosligini tekshiri uchun ishlab chiqilgan modellari O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) va “O‘rta Osiyo Trans” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasining (AIRCUZ) 2019 yil 23 apreldagi 01/360-son va “O‘rta Osiyo Trans” AJning 2019 yil 1 apreldagi BA/36-01/83-son ma’lumotnomalari). Natijada ekspluatatsion sifatlarda: umumiy yuk ko‘tarish qobiliyatining ulushi 42,21% ga; naryaddagi vaqtning ulushi 19,87% ga; sutkalik o‘rtacha bosib o‘tilgan masofaning ulushi 6,16% ga oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish