Alimdjanov Nadir Xamidullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt746.
Ilmiy maslahatchi: Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizamiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Raxmonov Dilshod Alidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Tursunov Anvar Sultonovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
risklarni aniqlash va baholash mezonlariga asoslangan holda risklar tabiati, ularning ehtimollik darajasi va moliyaviy ta’sirini kompleks baholash orqali sug‘urtalovchilar hududiy filiallarining sug‘urta portfelini optimallashtirish, risklarni diversifikatsiya qilish, sug‘urta ob’ektlarini seleksiyalash imkoniyatini beruvchi anderrayterlik siyosati ishlab chiqish taklif etilgan;
sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va tartibga solish jarayonlarida sug‘urta tashkilotlari hamda ularning hududiy filiallari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash indeksi sug‘urtalanuvchilardan da’volarni qabul qilishda 20:80, hujjatlarni yig‘ish va tekshirishda 30:70, sug‘urta hodisalarini sodir bo‘lishi oqibatida ko‘rilgan zararlarni baholashda 40:60 va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda 30:70 nisbatda bo‘lishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sug‘urtalovchilar sug‘urta portfelida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hududiy dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xavf-xatarlarni samarali boshqarishni nazarda tutuvchi sug‘urta mahsulotlari ulushi 20 foizdan kam bo‘lsa, sug‘urtaning hududiy rivojlanishga ta’siri cheklanishi, 30 foizdan yuqori bo‘lishi qisqa muddatda filialning likvidligi va risk konsentratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, 25-30 foiz oralig‘ida xavf va barqarorlik o‘rtasidagi muvozanat nuqtasi bo‘lishi aniqlangan;
sug‘urta zaxiralarining kamida 10 foizini hududiy filiallar tomonidan bank depozitlariga joylashtirishga ruxsat berish orqali sug‘urta tashkilotining investisiya portfelini diversifikatsiyalash, investisiya faoliyatini hududiy iqtisodiyot bilan bog‘lash, barqaror va past riskli daromad manbaini shakllantirish, uzoq muddatli investisiya strategiyasini amalga oshirish uchun moliyaviy asos yaratish taklif etilgan.
sug‘urta tashkilotlari filiallarining iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, hududiy sug‘urta xizmatlari bozorini barqaror rivojlantirish, markazlashuv va nomarkazlashuv tamoyillari o‘rtasida sog‘lom balans yaratish, sug‘urta tashkilotlarini hududiy rivojlanishning faol ishtirokchisiga aylantirishning maqbul vositasi sifatida majburiy-ixtiyoriy sug‘urta turlarini hisobga olgan holda sug‘urta mukofotlarining kamida 60 foizini hududiy filiallar tasarrufida qoldirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
risklarni aniqlash va baholash mezonlariga asoslangan holda risklar tabiati, ularning ehtimollik darajasi va moliyaviy ta’sirini kompleks baholash orqali sug‘urtalovchilar hududiy filiallarining sug‘urta portfelini optimallashtirish, risklarni diversifikatsiya qilish, sug‘urta ob’ektlarini seleksiyalash imkoniyatini beruvchi anderrayterlik siyosati ishlab chiqish taklifi «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/1-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil yakunlari bo‘yicha «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi 2022-yilga nisbatan 4,38 mlrd.so‘mga yoki 129,2 foizga oshgan;
sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va tartibga solish jarayonlarida sug‘urta tashkilotlari hamda ularning hududiy filiallari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash indeksi sug‘urtalanuvchilardan da’volarni qabul qilishda 20:80, hujjatlarni yig‘ish va tekshirishda 30:70, sug‘urta hodisalarini sodir bo‘lishi oqibatida ko‘rilgan zararlarni baholashda 40:60 va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda 30:70 nisbatda bo‘lishining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining filiallar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom»da o‘z aksini topgan («O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/1-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi va uning filiallari o‘rtasida sug‘urta shartnomalarini tuzish hamda sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va tartibga solish bo‘yicha amaldagi hujjatlar soni 30 foizga optimallashtirilgan va sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddati 20 kundan 15 kunga qisqargan;
sug‘urtalovchilar sug‘urta portfelida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hududiy dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xavf-xatarlarni samarali boshqarishni nazarda tutuvchi sug‘urta mahsulotlari ulushi 20 foizdan kam bo‘lsa, sug‘urtaning hududiy rivojlanishga ta’siri cheklanishi, 30 foizdan yuqori bo‘lishi qisqa muddatda filialning likvidligi va risk konsentratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, 25-30 foiz oralig‘ida xavf va barqarorlik o‘rtasidagi muvozanat nuqtasi bo‘lishi bo‘yicha taklifi «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2023-yil 7- yanvarda tasdiqlangan «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi faoliyatini 2023-yilda rivojlantirish «Yo‘l xaritasi»da o‘z aksini topgan («O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/1-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil yakunlariga ko‘ra, «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi Buxoro viloyati filiali sug‘urta portfelida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududiy dasturlarini sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 2022-yildagi 0,84 mingtadan 1,2 mingtaga oshgan. Ushbu sug‘urta shartnomalari doirasida qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 76,7 mlrd.so‘mga yoki 119 foizga oshgan;
sug‘urta zaxiralarining kamida 10 foizini hududiy filiallar tomonidan bank depozitlariga joylashtirishga ruxsat berish orqali sug‘urta tashkilotining investisiya portfelini diversifikatsiyalash, investisiya faoliyatini hududiy iqtisodiyot bilan bog‘lash, barqaror va past riskli daromad manbaini shakllantirish, uzoq muddatli investisiya strategiyasini amalga oshirish uchun moliyaviy asos yaratish taklifi «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2023-yil 07-yanvarda tasdiqlangan «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi faoliyatini 2023-yilda rivojlantirish «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan («O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/1-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi Buxoro viloyati filiali tomonidan 18 mlrd.so‘m tijorat banklarining hududiy filiallariga depozit sifatida joylashtirilgan va undan 7,6 mlrd.so‘m miqdorida daromad olishiga erishilgan;
sug‘urta tashkilotlari filiallarining iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, hududiy sug‘urta xizmatlari bozorini barqaror rivojlantirish, markazlashuv va nomarkazlashuv tamoyillari o‘rtasida sog‘lom balans yaratish, sug‘urta tashkilotlarini hududiy rivojlanishning faol ishtirokchisiga aylantirishning maqbul vositasi sifatida majburiy-ixtiyoriy sug‘urta turlarini hisobga olgan holda sug‘urta mukofotlarining kamida 60 foizini hududiy filiallar tasarrufida qoldirish taklifi «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining filiallar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom»da o‘z aksini topgan («O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/1-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi Buxoro viloyati filiali ixtiyorida 1,9 mlrd.so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari qolishiga erishilgan. Filial tasarrufida qolgan pul mablag‘larining muayyan qismi ushbu filialning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mehnat faoliyatida samaradorlikka erishgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga sarflangan.